27
Musulmonlarning Rumga qarshi qilgan birinchi dengiz
jangi bo‘lgan “Zotus-Savoriy”da u bosh qo‘mondon bo‘lgan
edi.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu uni Misrga voliy etib
tayinladi. Bir necha yil Misr voliysi bo‘lib turdi. Usmon
roziyallohu anhuga qarshi fitnalar kuchaygan paytda Abdulloh
ibn Sa’d fitnadan o‘zini chetga olib, voliylikni tark etdi. Ba
Falastindagi Ramla shahrida umrining oxirigacha uzlatda
yashadi.
U Allohdan xotimasini namozda qilishini ko‘p so‘rar edi.
Subh namozini ado etib, o‘ng tomonga salom bergach ikkinchi
tomonga salom bermasdan jon taslim qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: