Islomda banklar faoliyati
Download 258.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Islomda banklar faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijor va iqtino
Murobaha— tijorat operatsiyalarini moliyalashtirish. Islom banklari opresiyalarining ushbu
turida bank muayyan tijorat operatsiyasini moliyalashtiradi va shartnomada ko‘rsatilgan foydaga ega bo‘ladi. Bunda mijoz buyurtmasiga ko‘ra tovar bank tomonidan xarid qilinadi. So‘ngra bank ushbu tovarni shartnomada ko‘rsatilgan ustama narx bilan mijozga sotadi. Ushbu ustama narx bankning foydasi hisoblanadi. 4. Ijor— Ijara operatsiyasi. Bank operatsiyasining ijor turiga asosan tadbirkor ko‘chmas mulk yoki ishlab chiqarish vositasini bankdan ijaraga oladi. Islom banklarining ushbu operatsiyasi bugungi kundagi an’anaviy banklarning lizing operatsiyalariga o‘xshash bo‘lib, u bank va tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 5. Ijor va iqtino— sotib olish huquqi bo‘lgan ijara. Bank va mijoz o‘trasida tuzilgan ushbu shartnomaga ko‘ra, bank tomonidan ijaraga berilgan ko‘chmas mulk yoki ishlab chiqarish vositasi ijara muddati tugagach mijozning mulkiga aylanadi. Albatta, bunga qadar ijara ob’ektining kelishilgan narxi belgilangan muddat ichida to‘lab bo‘lingan bo‘lishi kerak. An’anaviy banklar ham lizing operatsiyalarini amalga oshirishda mijozga ijara muddati tugagach, sotib olish huquqini beradi. 6. Zakot— Moli nisobga yetgan davlatmand musulmonlardagi kambag‘allar haqi. Bank tomonidan zakotlarni jamlash uchun Zakot uyi tashkil etiladi. O‘z navbatida bank Zakot uyiga tushgan mablag‘larni kambag‘allar turmush ahvolini yaxshilashga, ularni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishga va boshqa jamoat manfaatidagi ishlarga safarbar qiladi. Zakot uylari zakot to‘lovchilardan tashqari barcha turdagi xayriya va ehsonlarni qabul qilib, ularni aholining muhtoj qatlamlariga yetkazish uchun xizmat qiladi. 7. Al-Qard al-Hasan— foizsiz qarz. Islom banklari jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lum muddatga foizsiz qarz berishi mumkin. Ushbu qarz asosan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun (masalan, zavod, fabrika, yo‘l va ko‘priklar qurish) uchun ajratiladi. Ayrim hollarda, ma’lum ob’ektiv sabablarga ko‘ra qarzdor shaxs yoki tashkilot olingan mablag‘ni qaytara olmasa, bank uni zakot fondi hisobidan qoplab berishi mukin. Shunday qilib islom banklari o‘z mijozlariga yuqoridagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun uch xil foizsiz hisob (schot)ni taklif qiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling