Xullas, dunyoda hammaning bir-biriga ishi tushadi. Misol uchun, bir kishi yolg‘iz o‘zi qanday qilib dehqonchilikni uddalay oladi? Unga ish quroli va asbob-anjom kerak. Ish quroli va asboblarni yasash uchun temirchi va duradgor zarur. Qorni ochib qolganda ovqatlanib olish uchun oshpaz va novvoylar kerak. SHuning uchun inson bir o‘zi yashay olmaydi, ular jamoalarga bo‘lingan holda hayot kechiradilar - Xullas, dunyoda hammaning bir-biriga ishi tushadi. Misol uchun, bir kishi yolg‘iz o‘zi qanday qilib dehqonchilikni uddalay oladi? Unga ish quroli va asbob-anjom kerak. Ish quroli va asboblarni yasash uchun temirchi va duradgor zarur. Qorni ochib qolganda ovqatlanib olish uchun oshpaz va novvoylar kerak. SHuning uchun inson bir o‘zi yashay olmaydi, ular jamoalarga bo‘lingan holda hayot kechiradilar
- Kasbga muhabbat
- Inson o‘z rizqiga sabab bo‘layotgan kasbiga mehr qo‘yadi va unga vafodor bo‘ladi. Tajriba inson o‘z kasbiga mehr qo‘ymaguncha, biror yaxshi natijaga erishmasligini takror-takror ko‘rsatgan. Aksincha, kasb-hunariga mehr qo‘ygan va uni o‘ziga lozim tutganlar barakaga sazovor bo‘lganlarini ham ko‘pchilik yaxshi biladi. Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qachon Alloh biringizga biror tarafdan rizq joriy qilib qo‘ysa, uning o‘zi o‘zgarmagunicha, o‘sha narsani tark qilmasin”, dedilar» (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).
- Bundan o‘zga rizq topish uchun sabab bo‘lib turgan narsani to u foyda bermaydigan bo‘lib qolmaguncha tark qilmaslik kerakligi anglanadi. Nofe’ aytadi: «Men SHom va Misrga tijorat moli yuborar edim. Alloh menga ko‘p yaxshilikni rizq qilib berardi. Bir gal Iroqqa (mol) yubordim. Sarmoyam ham qaytmadi. Oysha (roziyallohu anho)ning huzuriga kirgan edim: “Hoy bolam, tijoratingni lozim tut. Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning “Biringizga bir eshikdan rizq ochilsa, o‘shani lozim tutsin”, deganlarini eshitganman” dedi». Ha, musulmon kishi rizqi kelib turgan eshikni yopib, o‘zini boshqa eshikka urishga shoshilmasligi kerak. Sir emas. SHunday ekan, buyuk ajdodlarimiz merosini yoshlar ongiga singdirish juda muhimdir. Zero, bu merosda insonni vatanparvarlik, ona zaminga muhabbat va ular hayotlarining asosi bo‘lgan kasb- hunar egasi bo‘lish kabi yuksak insoniy qadriyat va fazilatlarga keragicha e’tibor berilgan. SHu bilan birga bugun farzandlarni jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan, zamon talablariga javob beradigan innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq qiladigan kadrlar etib tarbiyalashga ehtiyoj kuchaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |