Islomda meros masalasi
eros kimlarga va qanday taqsimlanadi?
Download 23.23 Kb.
|
Islomda meros
eros kimlarga va qanday taqsimlanadi?Savol: Shariatga ko‘ra, vafot etgan kishining merosi kimlar o‘rtasida va qay miqdordataqsimlanadi? Javob: Dunyodan o‘tgan kishi qoldirgan mol avvalo uning kafaniga, qabrini tayyorlashga isrof va kam qilinmay sarflanadi. So‘ngra qarzi bo‘lsa, uziladi. Bulardan ortib qolgan molining uchdan biridan vasiyat ado etiladi. Shundan keyin Qur'oni karim va sunnati nabaviyyada bayon qilinganidek, belgilangan merosxo‘rlari o‘rtasida taqsim qilinadi. Merosdagi ulushlari Qur'oni karimda zikr etilgan kishilar ashobul-faroiz, deyiladi. Ashobul-faroiz o‘n ikki toifa bo‘lib, ularning to‘rttasi er, sakkiztasi ayollardir. Erlardan: ota, katta ota (otaning otasi), ona biru ota boshqa aka-uka, er - ashobul-faroizdir. Ayollardan: xotin, qiz, o‘g‘ilning qizi, tug‘ishgan opa-singil, ota biru ona boshqa opa-singil, ona, katta ona (onaning onasi) - ashobul-faroizdir. Yuqorida o‘n ikki toifaning merosdan qancha va qaysi holda olishlari aniq belgilab qo‘yilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING QARORI SUDLAR TOMONIDAN MEROS HUQUQIGA OID QONUNCHILIKNING QO‘LLANILISHI TO‘G‘RISIDA Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llash amaliyoti sudlar vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni asosan to‘g‘ri hal etishayotganliklarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sudlar faoliyatida mazkur qonunchilikni qo‘llashda xatoliklar ham mavjud. Meros huquqiga oid qonunchilikning sudlar tomonidan to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishi mulk daxlsizligi va meros huquqi qo‘riqlanishiga doir konstitutsiyaviy kafolatlar (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasi) ta’minlanishining o‘ta muhim vositasi hisoblanadi. 2. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 257-I sonli Qaroriga muvofiq Fuqarolik kodeksi 1112 — 1157-moddalari qoidalari Kodeks amalga kiritilgunga qadar ochilgan bo‘lib, biroq 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi bo‘yicha davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazilmagan merosga nisbatan ham tatbiq etiladi. Meros 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan biri tomonidan qabul qilib olingan yoki davlatning yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazilgan hollarda kelib chiqqan nizolar 1963-yilgi Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiq hal etiladi. 3. Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga muvofiq meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulk, ashyolar, shu jumladan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga bo‘lgan huquq, dehqon xo‘jaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi), yer uchastkasini ijaraga olish huquqi (“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi) va h.k. lar kiradi. Qonunga ko‘ra (FK 1113-moddasi ikkinchi qismi), meros tarkibiga meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan quyidagi huquq va majburiyatlar kirmaydi: Yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa; Hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi; Aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar; Mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi; Mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar (FK sakkizinchi bobi). 4. Meros tarkibiga faqat meros qoldiruvchiga qonuniy asoslarda tegishli bo‘lgan mulk kirishi tufayli, o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan imoratlar meros tarkibiga faqat marhumning mazkur imoratlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda e’tirof etilgan holda kiritiladi. Meros qoldiruvchi tomonidan tuzilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va shu kabi bitimlar uning o‘limidan so‘ng haqiqiy emas deb topilganda, qaytarilgan mulk ham meros tarkibiga kiritiladi. Birgalikdagi umumiy mulk ishtirokchisi vafot etgan taqdirda meros uning hissasiga to‘g‘ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan, mol-mulkni natura holida bo‘lishning iloji bo‘lmaganda esa, bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi. 5. Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga muvofiq vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi. Vasiyat va qonun bo‘yicha vorislar sifatida, jumladan, meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan shaxslar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotligi paytida homila holida bo‘lib, meros ochilgandan so‘ng tirik tug‘ilgan bolalari bo‘lishi mumkin. 6. Fuqarolik kodeksi 1119-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, noloyiq merosxo‘r deb topilishi mumkin bo‘lgan shaxslarning vorisligiga oid nizolarni ko‘rishda shuni nazarda tutish lozimki, ularning qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangan, vorislikka chaqirilishga imkon yaratgan qonunga xilof harakatlari, faqat bu harakatlar qasddan sodir etilgandagina merosdan mahrum etish uchun asos bo‘ladi. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxsga nisbatan FK 1119-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan qoida qo‘llanilmaydi. Merosxo‘r faqat sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra va faqat merosdan chetlatish o‘zi uchun vorislik bilan bog‘liq mulkiy oqibatlar tug‘diradigan shaxsning da’vosi bo‘yicha noloyiq deb topilishi va merosdan chetlatilishi mumkin. 7. Vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda, unda merosxo‘r tariqasida ko‘rsatilgan, biroq tegishli navbatdagi qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradigan shaxs umumiy asoslarda qonun bo‘yicha vorislik huquqidan mahrum etilmaydi. Bunday hollarda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan vasiyatnomaga ko‘ra merosdan mahrum etilgan qonun bo‘yicha merosxo‘r ham umumiy asoslarda vorislik huquqiga ega bo‘ladi (FK 1130-moddasi to‘rtinchi qismi). 8. Sudlarga tushuntirilsinki, vasiyatnoma qonunda belgilangan tartibda tuzilgan va vasiyat qiluvchining vafotidan so‘ng muayyan oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutuvchi bir tomonlama bitim hisoblanadi. Qonunga binoan vasiyat qiluvchi o‘z mulkini to‘liq yoki qisman har qanday shaxs yoxud bir necha shaxsga, shuningdek yuridik shaxslarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoxud davlatga vasiyat qilishi, yoinki bir, bir necha yoki barcha qonun bo‘yicha merosxo‘rlarni merosdan mahrum qilishi mumkin. Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topishga oid da’volarni ko‘rishda, sudlar Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asoslarni nazarda tutuvchi normalariga amal qilishlari lozim (FK 113 — 128-moddalari). 9. Meros qoldiruvchi tomonidan zimmasiga biror bir majburiyat bajarilishi yuklatilgan vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi o‘rtasidagi nizolarni ko‘rishda, sudlar FK 1132-moddasi talablariga rioya etishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, merosxo‘rning meros mulkidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoji (masalan, turar joyga nisbatan shaxsiy ehtiyoji), shuningdek mulk huquqining merosxo‘rdan boshqa shaxsga o‘tishi, bunday o‘tish asoslaridan (sotish, hadya, ayirboshlash va h.k.) qat’iy nazar, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi huquqlariga ta’sir etmaydi, chunki bunday huquqlar hajmi meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomani tuzish paytida belgilanib, uning merosxo‘rlari tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas. Oldingi tahrirga qarang. 10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, vasiyatnoma va uning asosida berilgan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma faqat sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday talablar bo‘yicha sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanishiga, u qonunga zid bo‘lishi tufayli (FPK 169-moddasining birinchi qismi) yo‘l qo‘yilmaydi. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda) 11. Fuqarolik kodeksi 1112-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq qonun bo‘yicha vorislik faqat vasiyatnoma mavjud bo‘lmagan yoki meros taqdirini to‘la belgilamagan, shuningdek Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda kelib chiqadi. Qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga FK 1135 — 1141-moddalarida ko‘rsatilgan va navbat tartibida vorislikka chaqiriladigan shaxslar kiradi. Qonunda (FK 1138-moddasi) to‘rtinchi navbatda vorislikka chaqiriluvchi shaxslar doirasi aniq ko‘rsatilmaganligi sababli, sudlar to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi darajadagi qarindoshlarga kiruvchi merosxo‘rlarni aniqlashda Oila kodeksi 57-moddasiga rioya etishlari lozim. FK 1142-moddasiga muvofiq vasiyat qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz (shu jumladan, farzandlikka olingan) bolalari, uning mehnatga qobiliyatsiz eri(xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) ham qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘ladilar. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish lozimki, taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosxo‘rlar, meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, ikkinchi va undan keyingi navbatdagi vorislar majburiy ulush olish huquqiga ega emas. 12. Tushuntirilsinki, majburiy ulush miqdori qonunda belgilanganligi sababli vasiyat qiluvchi merosxo‘rlarning bu ulushga nisbatan huquqlarini o‘zgartirishga yoki boshqacha tarzda unga ta’sir etishga haqli emas. Majburiy ulush belgilashda qonun bo‘yicha vorislikka chaqirilishi mumkin bo‘lgan barcha merosxo‘rlar inobatga olinishi va meros tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkdan kelib chiqilishi lozim. Merosxo‘rga majburiy ulush tayinlashda u meros tariqasida biron-bir asosga ko‘ra olayotgan barcha narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va ro‘zg‘or buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxo‘r foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham inobatga olinadi (FK 1142-moddasi). 13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, quyidagi hollarda ham qonun bo‘yicha vorislik mavjud bo‘ladi: Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik (FK 1140-moddasi); Meros transmissiyasi tartibida vorislik (FK 11401-moddasi); Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari tomonidan vorislik (FK 1141-moddasi). 14. Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi. Bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo‘yicha merosxo‘r bilan birdek darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Masalan, agar o‘g‘il (qiz) otasi yoki onasidan oldin vafot etgan bo‘lsa, uning bolalari bobosi yoki buvisining vafotidan so‘ng qolgan merosga nisbatan taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosxo‘r bo‘ladi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun bo‘yicha marhum merosxo‘rning eri(xotini) taqdim qilish huquqi bo‘yicha voris bo‘la olmaydi. 15. Meros transmissiyasi tartibida vorislik vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha vorislikka chaqirilgan merosxo‘r (transmittent) meros ochilganidan keyin, lekin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan hollarda amalga oshiriladi. Bunday hollarda unga tegishi kerak bo‘lgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan bo‘lsa, uning vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga (transmissarlariga) o‘tadi. Meros transmissiyasi quyidagi shartlarda vujudga keladi: Meros ochilgan paytda vorislik huquqiga ega bo‘lgan vasiyat yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rning borligi; Vasiyat yoki qonun bo‘yicha merosxo‘r merosni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etganligi sababli uning merosdagi ulushi taqdirini hal qilish zarurati paydo bo‘lganligi; Vafot etgan merosxo‘r uning merosxo‘rlari bilan almashtirilishi mumkinligi. 16. Fuqarolik kodeksi 1141-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarni qonun bo‘yicha merosxo‘r deb topish uchun bir vaqtning o‘zida ikki holatning mavjud bo‘lishi, ya’ni bunday shaxslarning bir yildan kam bo‘lmagan muddat ichida meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lishi va meros qoldiruvchi bilan uning vafotiga qadar bir yildan kam bo‘lmagan muddat ichida birga yashagan bo‘lishi talab etiladi. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi navbatdagi qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiruvchi mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga kelganda esa, ular vorislikka chaqirilishi uchun faqat ularning meros qoldiruvchi vafotiga qadar uning qaramog‘ida bir yildan kam bo‘lmagan muddat ichida bo‘lganligini aniqlashning o‘zi kifoya. Meros qoldiruvchining qaramog‘ida bir yildan kam muddat ichida bo‘lgan va u bilan bir yildan kam muddat ichida birga yashagan yoki u bilan birga yashamagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar FK 1139-moddasiga muvofiq beshinchi navbatda vorislikka chaqiriladilar. 17. Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi qoidalariga ko‘ra, vorislik amalga oshirilganda, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi: Meros ochilgan kunga kelib 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar; Meros ochilgan kunga kelib belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar; Meros ochilgan kunga kelib 16 yoshga to‘lmagan o‘smirlar, 18 yoshga to‘lmagan o‘quvchilar. Mehnatga qobiliyatsiz shaxsni meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan deb topish uchun bunday shaxs meros qoldiruvchining to‘liq ta’minotida bo‘lganligi yoki undan olib turilgan moddiy yordam uning hayot kechirishi uchun asosiy va doimiy manba bo‘lganligi fakti aniqlanishi lozim. Meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik fakti fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, ish (xizmat) joyi ma’muriyati, ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan berilgan hujjatlar, shuningdek guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlanishi mumkin. 18. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma, vorislik vasiyat yoki qonun bo‘yicha ekanligidan qat’iy nazar, meros ochilgan kundan boshlab olti oy o‘tgandan so‘ng meros ochilgan joydagi notarius tomonidan beriladi, FK 1146-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olish merosxo‘rning majburiyati emas, balki huquqi bo‘lganligi sababli, qonunda merosxo‘r bunday guvohnoma berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi shart bo‘lgan muddat belgilanmagan. Oldingi tahrirga qarang. Notariusning merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berishni rad etishi ustidan merosxo‘r tomonidan sudga shikoyat berilishi mumkin bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ish ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. (18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda) Agar notarius tomonidan rad etilishi boshqa shaxsga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi yoki meros mulki FK 1157-moddasiga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki davlatga o‘tkazilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ariza da’vo ishi yuritish tartibida ko‘riladi. 19. Vasiyat va qonun bo‘yicha vorislikda merosxo‘r meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish yo‘li bilan merosdan voz kechishga haqli. Qonunda meros ochilgandan keyin bunday ariza bilan murojaat qilish mumkin bo‘lgan vaqt chegaralanmagan. Merosning bir qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar yoki shart bilan voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, FK 1148-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Merosdan voz kechish to‘g‘risida ariza bergan merosxo‘r keyinchalik uni bekor qilishi yoki qaytarib olishi mumkin emas. Bunday voz kechish faqat sudning hal qiluv qarori bilan va qonunda bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun belgilangan asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin (FK 113 — 128-moddalari). 20. Fuqarolik kodeksi 1150-moddasiga muvofiq, merosxo‘rlar o‘rtasida merosni taqsimlash, undan ulush ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda, taqsimot ulardan istalgan birining talabi bo‘yicha sud tartibida amalga oshiriladi. Bunday nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxo‘rlar meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va ro‘zg‘or buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar (FK 1153-moddasi). Meros qoldiruvchi bilan umumiy mulk huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlar ham meros tarkibidan mol-mulkni asl holida (natura shaklida) olishda imtiyozli huquqdan foydalanadilar. Imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida ishtirok etayotgan boshqa merosxo‘rlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi shart. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni tashkil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxo‘rlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli bo‘lmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxo‘r ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini to‘lashi lozim. 21. Merosxo‘rlar o‘rtasida vorislik huquqini belgilash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, sud qonun talabidan kelib chiqqan holda har bir merosxo‘rning ulushini belgilashi lozim bo‘lganligi sababli, ish bo‘yicha hal qiluv qarorida mazkur ulushlar foiz ko‘rinishida emas, balki kasr ko‘rinishida (masalan, ¼, 1/3, ½ va h.k.) ifodalanishi kerak. 22. Qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmagan yoki merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmagan yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan hollarda meros mol-mulk sudning hal qiluv qaroriga asosan egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tganidan keyin, egasiz deb topiladi. Uni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketgan hollarda ushbu muddat o‘tishidan oldin ham egasiz deb topilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Meros mol-mulkni egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi talabiga ko‘ra, FPK 327 — 330-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida ko‘riladi. (22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda) Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkdorligiga, mazkur organ mol-mulkdan voz kechganda esa, davlat mulkdorligiga o‘tadi. Bunday ishlar yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorining xulosa qismi egasiz mol-mulk tarkibi va u kimning mulkdorligiga o‘tishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Meros mol-mulkni egasiz deb topish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan marhumning merosxo‘ri tomonidan umumiy tartibda shikoyat berilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 23. Sudlar vorislikka oid ishlarni ko‘rishda merosni rasmiylashtirish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qonunchilik buzilishi faktlariga nisbatan xususiy ajrim (FPK 275-moddasi) chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishlari kerak. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda) 24. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 22-dekabrdagi “Meros huquqiga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 33-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV Toshkent sh., 2011-yil 20-iyul, 05-son Download 23.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling