Reja Kirish Bob. Jahon psixologiyasida suitsid muammosining organilishi
Download 68.94 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati Kirish
Suidsidal xulq-atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi Reja Kirish 1.Bob.Jahon psixologiyasida suitsid muammosining organilishi 2.Ozbekistonda oz joniga qasd qilish muammosining psixologik tahlili 3.Suidsidal xulq-atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar royxati Kirish Zamonaviy shaxs oz rivojlanishi mohiyatiga kora murakkab dunyoda yashamoqda. Shaxsining dinamik rivojlanishiga tasir etuvchi ijtimoiy strukturalar tizimi jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalar va ijtimoiy institutlarda ham keskin ozgarishlar roy bermoqda. Shuningdek, bazan ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan malumotlar ham shaxslarning emotsional-irodaviy jabhalari hamda qiziqishlar tizimiga tasir etib, ularning hulq-atvorlari va psixikasida turli buzilishlarga sabab bolmoqda. Shunday buzilishdan biri suitsidal holatlarga urinish, oz joniga qasd qilish bolib, tan olish kerakki, to hozirga qadar mazkur muammoning mohiyati munozaralidir. Uni kayfiyat tasnifi yoki sindromi sifatida yoinki alohida bir kasallik tarzida tushuniladi. Uning asosiy sababi birinchidan, depressiv simptomatika bolib, u turli yoshga oid psixologik xususiyatlarni namoyon qiladi va ikkinchidan tashqi ifodalnishida niqoblanganlik xarakteriga ega boladi. Shaxsning suitsidal holatlarga urinishi va uning keltirib chiqaruvchi omillar murakkab tuzilishga ega bolib, u: a) mehnat faoliyatini ozlashtira olmaslik; b) ozga insonlar jamoasiga moslasha olmaslik; v) oziga xos psixologik muhofaza reaksiyasini ozida mujassamlashtiradi. Ayrim olimlar uning kelib chiqishida stressogen omillarga urgu berib, oziga xos sivilizatsiya kasalligi deb ataydilar. Olimlardan B.S.Polojiy (1996) fikricha, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy chuqur ozgarishlar shaxsda jiddiy buzilishlarga sabab boladi yoki madaniy hamda ijtimoiy ozgarishlarga moslashaolmaslik muammosi shular jumlasidandir. Download 68.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling