Reja Kirish Bob. Jahon psixologiyasida suitsid muammosining organilishi
Download 68.94 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Suidsidal xulq-atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi
- suitsidal maqsadlar - irodaviy komponentning qaroriga ergashish;
-suitsidal urinishlar - olim bilan yakunlanmagan ozini maqsadli ravishda hayotdan judo qilishga harakat; - suitsidlar (namoyishkorona, affektiv va haqiqiy). Ozbekistonda suitsid muammosi boyicha otkazilgan ilk tadqiqotlardan biri E.SH.Usmonov (1993) tomonidan amalga oshirilgan. Uning "Ozbek xotin-qizlari suitsidal xulqining (oz-ozini yondirish) ijtimoiy-psixologik va yosh xususiyatlari", deb nomlangan ilmiy tadqiqot ishida Ozbekistonda sodir etilayotgan suitsidal urinishlarning yosh va etnopsixologik jihatlarining tahlili berilgan bolib, Ichki ishlar xodim qizlar ortasida oz joniga qasd qilish holatlarini oldini olish borasidagi qator ilmiy mulohazalari keltirgan. A.A. Sultanov ichki ishlar xodimlar va yoshlardagi suitsidal xulq-atvor sabablarini tadqiq etish natijasida asosiy uch guruh omillarini ajratib korsatadi: - ijtimoiylashuvning bozilishi bilan bogliq bolgan dezadaptatsiya; -kopincha ichki ishlar xodim tomonidan oilada katta avlod qadriyatlari tizimini qabul qilmaslik natijasida kelib chiquvchi nizolar; -alkogol va giyohvand moddalarni istemol qilinishi, suitsidal vaziyatning yuzaga kelishi va uning tezda amalga oshirilishi uchun zamin, shart-sharoit sifatida. Psixologik tadqiqotlarda turli vaqtlarda "Suitsidentlarni psixik soglom kishilar sifatida tan olish mumkinmi?" degan masala kotarilgan. Bazi mualliflar fikricha, suitsidal harakatlar psixik bozilishlarga ega shaxslar tomonidan ham soglom kishilar tomonidan ham sodir etilishi mumkin. 3.Suidsidal xulq-atvorli mijozlar va ular bilan ishlash texnikasi Sharqning buyuk mutaffakirlaridan biri Abu Nasr Forobiy, "Inson aqli faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qarashlarni ozining maqsadlariga boysundira olishi va yonaltirishi, ozgartirishi ham mumkin", - degan edi. Har bir inson bilimlarni yaxshi egallamogi, yaxshi va barkamol tarbiya olmogi, eng yaxshi fazilatlarga ega bolmogi kerak. Tarbiya vositasi bilan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy axloqiy fazilatlar shunga qaratilmogi kerak. Z.T.Nishanova va hammualliflari tomonidan "Pedagogik psixologiya" nomli oquv qollanmada "psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment" deb atalishi takidlanadi. Ichki ishlar xodimlik davrida namoyon boluvchi suitsidal harakatlarni diagnostikasi va korreksiyasi vazifalarini amalga oshirishda, psixologik-pedagogik eksperimentning otkazilishi, korreksion tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga individual yondoshish imkonini beradi. Shu orinda psixologik diagnostika va korreksiya atamalariga toxtalib otish muhimdir. Bular ozini ozi mahkum etuvchi xulq-atvor shakllarini, eng avvalo, oz joniga qasd qilishga urinish yoki suitsidal harakatlarni oldini olishga moljallangan, ruhiy zoriqish (stress) holatlariga javob reaksiyasi bilan bogliq ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatida bolgan ichki ishlar xodimlarga yordam berishga qaratilgan psixologik metod va usullar toplamidir. Korreksiya (lot. correctio) atamasi qisman tuzatish yoki ozgartirish manosini anglatadi. Psixologik korreksiya - shaxs psixikasi va xulqida, organik tabiatga ega bolmagan yoki uning ilk bolalik davrilarida rivojlanib, turgun xususiyatlarga aylanib ulgurmagan kamchiliklarni bartaraf etishga yonaltirilgan, psixologik tasir usul va vositalari yordamida amalga oshiriladigan, chora-tadbirlar majmuasini oz ichiga oladi. Shunday qilib, psixologik korreksiyaning maqsadi: shaxs psixik korsatkichlarini meyorga keltirish, insonga jamiyat talablari asosida, psixik bozilishlarning asoratli darajaga yetmasdan oldin faoliyat korsatish uchun optimal sharoitlarni yaratishdir. Ichki ishlar xodimlar bilan otkaziladigan pedagogik - psixologik korreksiya avvalo oilada shaxsni rivojlanishi uchun maqbul bolgan psixolgik muxitni shakllantirishga erishish, oz-ozini boshqarish konikmalarini rivojlantirish, ozaro hamkorlik hamda hurmatga asoslangan jamoani jipslashtirish, oz-ozini namoyon etish imkoniyatlarini topishga yordam berish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olingan holda ijtimoiy foydali faoliyat yonalishlariga jalb etish, oz oldiga quygan maqsad, shuningdek, istiqbolli rejalarini amalga oshirish motivatsiyasini shakllantirish kabi vazifalarni qamrab oladi. Osmirlik davriga xos psixologik korreksiya kuyidagilar bilan xarakterlanadi: -psixologik yordamni orqaga surishning mumkin emasligi; -suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga olib keluvchi destruktiv psixologik ustanovkalarni aniqlash va korreksiyalashga yonalganligi; -ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik darajasini taminlovchi shuningdek, individ barqarorligi va shaxsiy yuksalishiga xizmat qiluvchi, turli korinishdagi shaxslararo nizolarni hal etishning yangicha usullarini izlab topish va treningini amalga oshirishdan iborat. Psixologik diagnostika va korreksiyaning uchta asosiy vazifani bajaradi: - psixologik qollab-kuvvatlash; - psixologik aralashuv; - ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasini oshirish. Psixologik diagnostika va korreksiyaning bir necha bosqichlari mavjud. Bular; - psixologik aloqani ornatish; - suitsidal xavf bolgan xissiyotni ochib berish; - xulq-atvor muammolarini yechish va adaptiv konikmalarini safarbar etish; - xohishga kora shartnoma tuzish. Psixologik aloqa ornatilishining asosini xayrixohlik, sabr-toqat bilan gumonsiz va tanqidsiz tinglanishi tashkil etadi. Shuningdek, amaliy psixologning oz patsiyenti tomonidan ichki ishlar xodimlik davri muammolari xususida chuqur bilimga ega, tushunuvchan, sezgir va ishonchga loyiq inson sifatida qabul qilinishi, korreksion jarayonning muvaffaqiyatini taminlaydi. Suitsidal xavfga ega hissiyotni ochib berish shaxsning sozsiz qabul qinlinishi sharoitida yuz berib, uning ozini idrok etishini oshiradi. Psixologning kishilarni xayrixohlik bilan tinglanishi, mavjud emotsiyalarga tasir korsatishni osonlashtirib, taranglikni samarali kamaytiradi. Xulq-atvor muammolarini yechish va adaptiv konikmalarini safarbar etish, antisuitsidal omillar, erishgan muvaffaqiyatlarini shaxs uchun ahamiyatli sohalarda faollashtirish, uning ozini ozi hurmat qilishini, inqirozni hal qilish uchun ozining ichki imkoniyatlariga ishonishini orttirish yoli bilan royobga chiqadi. Shartnoma tuzish, uning ichki ishlar xodim uchun tushunarli atamalarda ifdalanishi, u bilan psixologik diagnostika va korreksiya maqsadi, vazifalari, uning otkazilishi muddatlari, hamkorlikdagi faoliyat natijalari majburiyatini bolishish, ichki ishlar xodim tomonidan ozining suitsidal tensiyalarini mustaqil nazorat qilinishi shuningdek, qabul qilingan qarorlar va ularning bajarilishiga javob berish haqidagi kelishuvni nazarda tutadi. Psixologning ijtimoiy aloqalar ornatishida har shaxs uchun ahmiyatli bolgan, boshqa yaqin kishilar ortasidagi vositachiligi ham kelishiladi. Qollab-quvvatlashning asosiy vazifasi - psixologik diagnostika va korreksiyaning psixologik aralashuv bosqichida amalga oshiriladigan, suitsidal xavfli tendensiyalar faolligini pasaytiruvchi, affektiv bozilishlarda kognitiv ozgarishlarga erishilgandagina ijobiy natija hisoblanadi. Ikkinchi bosqich - psixologik aralashuv ozining maqsadi sifatida Ichki ishlar xodimning "buzilgan" mikroijtimoiy sohasini qayta qurish (rekonstruksiyalash)ni belgilaydi. Bu bosqich ham bir necha davrlardan iborat boladi: - muammoni hal etishning oziga xos yangi usullarini korib chiqish; -inqirozni hal etishning optimal usullarini tosib qoyuvchi moslashmagan psixologik ustanovkalarni aniqlash; - moslashmagan psixologik ustanovkalarni korreksiyalash; - terapevtik ustanovkalarni faollashtirish. Muammoning oziga xos usullarini korib chiqish, eng avvalo, har bir shaxsning mikroijtimoiy moslashuvchanligini yengillashtiruvchi, ota ahamiyatli munosabatlarni shakllantirishni taminlovchi emotsional yaqin shaxslarni izlab topishni kozda tutadi. Moslashmagan psixologik ustanovkalarni aniqlash va ularni reksiyalash har shaxs uchun juda muhimdir. Bunda u yoki bu qadriyatning osmirlar hayotidan ham koproq ahamiyatga egaligi haqidagi tasavvurni shakllantirish, suitsidal omillar dolzarblashtiruvchi ustuvor qadriyatni pasaytirishdan iborat. Psixologik diagnostika va korreksiyaning uchinchi, yakuniy bosqichini moslashish darajasini oshirish tashkil etib, u ham bir necha davrlardan iboratdir: -moslashmagan psixologik ustanovkalarga nisbatan ozini nazorat konikmalarini ishlab chiqish; -osmirlar va xotin-qizlar mikroijtimoiy muhitidagi ahamiyatli shaxslarni psixokorreksiya ishiga jalb qilish orqali ijtimoiy qollab-quvvatlash doirasini kengaytirish. Moslashish konikmalarini shakllantirish treningi davri-osmirning nizoga nisbatan oz pozitsiyasini ozgartirishga qaror qilishi vaqtidan boshlanadi. Ushbu bosqichda muammoni yechishning yangi usullarini sinovdan otkazish va mustahkamlash sodir boladi. Bunda haddan ziyod psixoemotsional ozaro aloqalarga bolgan ehtiyojning yetarlicha rivojlanmaganligi, frustratsiya vaziyatida uning ornini qoplash qobiliyatining pastligi kabi bir qator moslashmagan shaxsiy belgilarning korreksiyasi amalga oshiriladi. Suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan ishlashning umumiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi: - birinchi lahzadan empatik, intensiv-emotsional xayrixohlik tusi, shaxsga nisbatan norasmiy munosabatni ornatish; - shaxsning xohish- istaklari, tashvishlanishi va qorquvlaridan xalos bolishiga imkon berish; - imkoniyatlarni faollashtirish; - anonimlilik talabiga rioya etish. Osmirlar va xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan birinchi suhbat jarayonidagi asosiy vazifalarni quyidagilar tashkil etadi. Bular; - emotsional taranglikni kamaytirish; - suitsidogen hissiyotlarni "tosib koyish"; - qiyin vaziyatlarni yengib otishga safarbar qilish; - ushbu inqiroz jarayonidagi psixologik shikastlanish (jarohat) jolatlari ehtimoli va ularga adekvat javob qaytarishga tayyorlash; - osmirlarning etiborini vaziyatli muammolardan ozining ichki muammolariga qaratgan holda uning navbatdagi psixologik yordamni qabul qilish motivatsiyasini kuchaytirish. Bu jarayondagi qiyinchilik shundaki, nisbatan qisqa muddatli psixologik diagnostika va korreksiya jarayonida ichki ishlar xodim yuqori motivatsiyaga ega bolishida korinadi. Suitsidal xulq-atvorga ega ichki ishlar xodimlarda kopincha, emotsional aloqa imkoni pasaygan, motivatsiya umuman namoyon bolmagan boladi. Shuning uchun ham suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan birinchi uchrashuv va suhbat har ikki tomon, yani suitsident-psixolog diadik munosabatining qiymatini belgilaydi. Suitsident shakllangan inqirozli vaziyatdan chiqib ketishni xoxlaydi, lekin taklif etilgan yordamni "qabul qilishni istamaydi". Shu bois ham ular bilan ozaro maqbul aloqalarni tiklash va hamkorlik shuningdek, vaziyat tahlilini aniqlashga qaratilgan suhbatning psixologik tavsifi haqida soz yuritmoq joizdir. Suitsident xulq-atvorini organishga doir suhbatlar muayyan tamoyillar asosida tuzilishi kerak. Takidlash lozimki, suitsidal xulq-atvorli kishilar bilan olib boriladigan birinchi suhbat yumidagi qollanilgan psixologik usullarning barcha yonalishlari unda keyingi ozgarishlar motivatsiyasini yaratishga qaratilmogi lozim. Suhbat metodida qollaniladigan psixologik usullar quyidagilardan iborat boladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, suitsidal xulq-atvor ehtimoli bolgan shaxslar bilan ishlashda psixologik korreksiyani suitsidal xavf holati bilan ishlashning maqbul shakli sifatida qollash zarur. Psixologik korreksiya strategiyasining turli shakllari tahlili suitsidal xulq-atvorning individual psixologik korreksiyasini qollash lozimligini korsatadi. Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida suitsidal xulq-atvorli insonning shaxsiy, emotsional va motivatsion-ehtiyojli sohasining psixologik diagnostikasini amalga oshirishda zamonaviy psixologik metodlardan orinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 68.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling