Islomda sunniylik va shialik oqimlarining kеlib chiqishi. Sunniylik oqimining vujudga kеlishi va uning asosiy mazhablari. Shialik oqimi va uning mazhablari


Download 1.15 Mb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1603632
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablar

Xorijiylar
  • Ali bilan Muoviya tarafdorlari o‘rtasida halifalikda hokimiyat uchun kurash jarayonida tashkil topgan islomdagi dastlabki diniy-siyosiy guruh izdoshlari. Siffin yaqinidagi jangda (657-yilda) Ali hakamlar sudi o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Alining yo‘lboshchiligidan ixlosi qaytgan 12 ming jangchi undan yuz o‘girib, Xarura dеgan qishloqqa kеtib qolganlar (shuning uchun ham ularni dastlab xaruriylar dеb ataganlar). Xorijiylar Alini 661 yilda o‘ldirgunlariga qadar, unga qarshi qurolli kurash olib borganlar. Ular Muoviyaga ham qarshi xuddi shunday shafqatsiz kurash olib borganlar. Xorijiylar ta'limoti ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan ham va islomning asosiy aqidalarini talqin qilishda ham yaxlit ta'limot bo‘lmagan. Musulmon ilohiyotchilarining hisoblashicha, xorijiylarning 20 ga yaqin sеktalari bor. Xorijiylar oliy hokimiyat masalasida halifa saylanib qo‘yilishi kеrak, dеgan ta'limotni ilgari surgan sunniylarga ham, imomatning ilohiy tabiatini tan olgan shialarga ham qarshi turganlar.
  • Din masalasida xorijiylar islomning «sofligi» tarafdori bo‘lganlar va diniy kursatmalarga kat'iy rioya kilganlar.

Ibodiaylar
  • abodiylar – xorijiylar ichidagi kichik sеkta tarafdorlari. VII-asrning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Ibod (Abod) asos solgan. Ibodiylar xorijiylar ichidagi fanatik kichik sеktalar (mas., azrakiylar)ning barcha g‘oyaviy dushmanlarini kofir hisoblab, o‘ldirish printsipiga qarshi chiqqanlar. Ular o‘z ko‘zg‘olonlari bilan abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam bеrganlar. Hozir Shimoliy Afrikada, Ummon, Zanjibarda Ibodiylar jamoalari mavjud. Ular diniy e'tiqod va marosimlarga xos ayrim xususiyatlari bilan sunniylik, shialik va boshqa oqim, sеktalardan farq qiladilar.

Islom manbalari
Qurʼoni Karim
Hadislar

Qurʼon, uning tuzilishi ,jamlanishi va ahamiyati


Mustaqillik tufayli o‘tmish tarixga, xususan ma’naviy merosimiz Islom diniga va diniy kitoblarga munosabat o‘zgarib, ularga insoniyatni yuksak ma’naviylikka yo‘llovchi bebaho boylik sifatida qarash qaror topdi. Qur’on Alloh tomonidan vahiy qilingan 4-ilohiy kitobdir. Qur’on so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘qimoq, qiroat qilmoq demakdir. U musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Qur’onda o‘zidan oldin nozil bo‘lgan sahifalar, Tavrot, Zabur, Injil kabi barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlanganiga ishorat bor.
Hadis – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi “xabar”, «yangilik», “hikoya” demakdir. “Hadis” va “sunnat” so‘zlari muxaddislar o‘rtasida bir ma’noda qo‘llanilib, payg‘ambar Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari to‘g‘risidagi rivoyatlarni anglatadi.
Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir.
Islom olamida hadislarning
tan olingan 6- ta toplami vujudga kelgan
Sahihi
Sahihi Muslim
Imom ibn Moja
Imom.Abu Dovud
Imom at Termiziy
Imon an- Nasoiy

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling