Islomdagi mazhablar
Download 116.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Jalilov Shaxzod Falsafa 2
Sunniylik
Sunniylik islom dinidagi ikki asosiy yoʻnalishdan biri. Sunniylik VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII aslarda arab halifaligidagi diniy siyosiy kurashlar jarayonida islomda eng yirik yoʻnalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur’on bilan birga Sunnaga ham eʼtiqod qiladilar. Sunniylik islomdagi diniy yoʻnalish sifatida yagona markazga ega emas. VIII asr oxiri IX asr boshlarida sunniylik doirasida mistik oqim sufiylik vujudga kelgan. Hanafiya ( Imomi Aʼzam maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an- Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri boʻlib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qoʻllanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi boʻlgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yoʻnalishiga mansub boʻlgan musulmonlarning uchdan bir qismini oʻz ichiga oladi. Hanafiya Molikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onas Abu Abdulloh (721-795). Islom diniy huquq sistemasini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan. Paygʻambar Muhammad s.a.v. davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al- hadis " (hadis tarafdorlari) oqimining namoyandasi boʻlgan. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalarida ratsionalistik metodga, Yaʼni Qur’on va hadislarni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis , Jazoir , Marokash , Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musulmonlar oʻrtasida taʼsirga ega . Molikya Shofiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (767-820). Makkada yashagan, hadislar va fiqhni oʻrgangan, Yamanda qozilik lavozimini egallagan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan soʻng Misrga ketib, Malik ibn Onasning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan, 810 yildan Bogʻdodda oʻz taʼlimotini targʻib qilgan. Shofiy oʻz asarlarida islom huquqini aʼnanaviy normalar bilan bogʻlashga intilgan. U fiqh asoslariga toʻla taʼrif bergan, ijmoʻdan foydalanishga alohida eʼtibor qilgan. Shofiyning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan „Kitob al-umm“ toʻplam shakliga keltirilgan. Hozirgi vaqtda Misr , Indoneziya musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada va janubiy arab sultonliklarida Shofiy mazhabi diniy-huquq sistemasiga amal qiluvchilar bor Shofiya Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri. Uning asoschisi va imomi ibn Xanbal (780-855) mustahkam eʼtiqodli sunniylik nuqtai nazaridan halifa Maʼmun davrida davlat dini boʻlishi mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Xanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnatgagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmoʻning qoʻllanishida ham ular tanho Muhammadning safdoshlari boʻlmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Ularning rasmiyatchiligi oʻta ketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli — mazhab XII-asrgacha keng tarqalmagan. Undan keyingi asrlarda xanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo boʻlgan vahobiylar xanbaliya tarafdori boʻlib chiqqan. Vahobiylar Saudiya Arabistonda hokimiyatni qoʻlga olgach, Xanbaliya qonunlarini amalga kiritganlar. U yerda xanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. Mazkur mazhablar va ulardagi xuquqshunoslik oʻrtasida, yuqorida qayd qilib oʻtilganidek, sabr-toqat va mutaassiblik darajasi xususida bir oz tafovut mavjud boʻlib, ular islom diniy taʼlimoti doirasidan tashqariga chiqmaydi, yaʼni bu mazhablarning hammasi ortodoksal hisoblanadi. Download 116.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling