Islomiyat butun insoniyardur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan iboratdur


Download 4.08 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi4.08 Kb.
#1799247
Bog'liq
ISLOMIYAT



ISLOMIYAT
Islomiyat butun insoniyardur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan iboratdur.
Islomiyatni rasuli akram sallollohu alayhi vasallam afandimizning yolg’uz o’zlari butun dunyo yuziga yaxshi xulqlari soyasida tarqatdilar.Sahobalar ham Payg’ambarimizning orqalaridan ergashu , mahkam e’tiqodlar, yaxshi axloqlari,pok qalblari, o’tkir shijoatlari Ila yer yuzini titratdilar. Kundan kun islomiyatning shavkat va quvvati ortdi. Olamga madaniyat, ma’rifat, musovot, adolat urug’lari Arabiston yarim orolidan yoyildi.
Buning sababi sahobalardagi metin e’tiqod, buzlmas ittifoq, sof qalb, yaxshi amal, xolis niyat, tuganmas g’ayrat, go’zal axloq eedi. Har narsaning ofati o’ldig’I kabi zamonlarning o’tuvi ila islomiyatning ittifoqina ko’z tegdi. Musulmonlar orasiga tafriqa tushdi. Hikmat egalari, funun sohiblati islomiyatdan quvlandi. Ilm-u hikmat xazinalari qulflandi. Jaholat, adovat hukm surdida, bo’yla o’ldi
Afsus eknzorni selob olibdur,
Dehqonni falokat bosub, uyquda qolibdur.
Musulmonlarning dilga ittifoq o’rniga nifoq, adolat o’rniga zulm, muhabbat o’rniga adovat, g’ayrat o’rniga atolat, muruvvat o’rniga g’azab, saxovat o’rniga buxl, tavozu o’rniga kibr, sadoqat o’rnigaiftiro, shafqat o’rniga hasad, hilm o’rniga hamoqat, hurmat o’rniga xusumat, qanoat o’rniga tama, sabr o’rniga g’urur, iqtisod o’rniga isrof, afv o’rniga dahshat, sa’y o’rniga safohat, g’ayrat o’rniga xurofat yerlashdi.
Download 4.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling