Islomiyat tarixidir
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 1 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI Rahmatulloh qori Obidov PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR (Qur'oni Karimda payg'ambarlar siymosi) Birinchi kitob Toshkent "Movarounnahr" 2005 َﻌَﺑ ْﺪَﻘَﻟَو َتﻮُﻏﺎﱠﻄﻟا اﻮُﺒِﻨَﺘْﺟاَو َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِنَأ ﻻﻮُﺳَر ٍﺔﱠﻣُأ ِّﻞُآ ﻲِﻓ ﺎَﻨْﺜ Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar»,-degan vahiy bilan payg‘ambar yuborganmiz. (Nahl, 36.) ُر ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا َﻦِﻣ ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ ُﻪﱠﻠﻟا ٌﺮﻴِﺼَﺑ ٌﻊﻴِﻤَﺳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣَو ﻼُﺳ ) ٧٥ ( «Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni O’zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va ko‘ruvchidir». (Haj, 75.) َﻌْﻟا ﻰَﻠَﻋ َناَﺮْﻤِﻋ َلﺁَو َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ َلﺁَو ﺎًﺣﻮُﻧَو َمَدﺁ ﻰَﻔَﻄْﺻا َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ َﻦﻴِﻤَﻟﺎ ) ٣٣ ( «Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik uchun) tanladi». (Oli Imron, 33.) َﻚْﻴَﻠَﻋ ْﻢُﻬْﺼُﺼْﻘَﻧ ْﻢَﻟ ﻼُﺳُرَو ُﻞْﺒَﻗ ْﻦِﻣ َﻚْﻴَﻠَﻋ ْﻢُهﺎَﻨْﺼَﺼَﻗ ْﺪَﻗ ﻼُﺳُرَو «Ba’zi payg‘ambarlar haqida ilgari qissalarni bayon etgan edik. Ba’zi payg‘ambarlar qissalarini esa aytganimiz yo‘q». (Niso, 164.) MUQADDIMA Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhonahu va taolo ko‘z bilan ko‘rib turganimiz va ko‘zimizga ko‘rinmaydigan butun borliqni yaratgan qudrat sohibidir. Avval koinot yaratilib, undan so‘ng inson xalq qilingan. Azaldan yakkayu yagona Allohdan boshqa biror narsa mavjud emas edi. Alloh taolo o‘zining borligini, buyukligini, qudratini bildirish uchun oliy hikmati bilan osmonlarni, Yerni va undagi boyliklarni, o‘simliklarni Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 2 yo‘qdan bor qildi. Yolg‘iz Allohning o‘zigagina itoat va ibodat qilishga buyurilgan farishtalar, insonlar va jinlarni xalq qildi. Farishtalar ko‘zga ko‘rinmas mavjudot bo‘lib, nurdan yaratilgan, ularda nafs bo‘lmaganligi uchun taom yeyish, ichimlik ichish va shahvoniy hissiyotlarga berilishdan ozoddirlar. Farishtalarning eng go‘zali va eng ul-g‘i Jabroil farishtadir. Ular Yerda emas, balki samovotda faqat ibodat bilan mashg‘uldirlar. Alloh taolo farishtalar haqida shunday xabar beradi: َنوُﺪُﺠْﺴَﻳ ُﻪَﻟَو ُﻪَﻧﻮُﺤِّﺒَﺴُﻳَو ِﻪِﺗَدﺎَﺒِﻋ ْﻦَﻋ َنوُﺮِﺒْﻜَﺘْﺴَﻳ ﻻ َﻚِّﺑَر َﺪْﻨِﻋ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﱠنِإ ) ٢٠٦ ( «Haqiqatan, Robbingiz huzuridagi farishtalar Uning ibodatidan kibr qilmaydilar. Unga tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar». (A’rof, 206.) Alloh taolo insonlar singari farishtalarni ham turli daraja va martabada, turli vazifalarga mas’ullikda bir- biridan fazilatlik qilib yaratgan. Qur’oni karimda farishtalarning o‘z so‘zlari bilan aytgan sifatlari keltirilgan: ﻻِإ ﺎﱠﻨِﻣ ﺎَﻣَو ٌمﻮُﻠْﻌَﻣ ٌمﺎَﻘَﻣ ُﻪَﻟ ) ١٦٤ ( َنﻮﱡﻓﺎﱠﺼﻟا ُﻦْﺤَﻨَﻟ ﺎﱠﻧِإَو ) ١٦٥ ( َنﻮُﺤِّﺒَﺴُﻤْﻟا ُﻦْﺤَﻨَﻟ ﺎﱠﻧِإَو ) ١٦٦ ( «(Farishtalar dedilar): «Bizlarning har birimiz uchun osmonlarda aniqki, ma’lum bir maqom bordir. Darhaqiqat, bizlar Alloh xizmatida saf tortib turguvchilardirmiz. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz».( Vas-soffot, 164-166) Farishtalarning ba’zilari Allohning arshi va kursiysi xizmatida bo‘lsalar, ba’zilari jannat xizmatchilari, yana ba’zilari do‘zax xazanalaridir. َﻌْﻟا َنﻮُﻠِﻤْﺤَﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ِﻪِﺑ َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻳَو ْﻢِﻬِّﺑَر ِﺪْﻤَﺤِﺑ َنﻮُﺤِّﺒَﺴُﻳ ُﻪَﻟْﻮَﺣ ْﻦَﻣَو َشْﺮ «Arshni ko‘tarib turadigan va uning atrofidagi farishtalar yagona Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar...».( G’ofir, 7.) Ba’zi farishtalar yerdagi insonlarning yelkalarida doim bo‘lib, nomai a’mol kotiblari vazifasini bajaradilar: َﻦﻴِﻈِﻓﺎَﺤَﻟ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ﱠنِإَو ) ١٠ ( َﻦﻴِﺒِﺗﺎَآ ﺎًﻣاَﺮِآ ) ١١ ( َنﻮُﻠَﻌْﻔَﺗ ﺎَﻣ َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ) ١٢ ( «Holbuki, sizlarning ustingizda har bir ishingizni yod oluvchi farishtalar bor. Ular yozuvchi ulug‘ zotlardir. Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar». (Infitor, 10-12.) Ba’zilari Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasidagi elchilik vazifasidadirlar: ٌﺮﻴِﺼَﺑ ٌﻊﻴِﻤَﺳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣَو ﻼُﺳُر ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا َﻦِﻣ ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ ُﻪﱠﻠﻟا ) ٧٥ ( «Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham».( Haj, 75.) Farishtalarning yana ba’zilari esa insonlarning ruhlariga vakil qilinganlar: َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ْﻢُﻜِّﺑَر ﻰَﻟِإ ﱠﻢُﺛ ْﻢُﻜِﺑ َﻞِّآُو يِﺬﱠﻟا ِتْﻮَﻤْﻟا ُﻚَﻠَﻣ ْﻢُآﺎﱠﻓَﻮَﺘَﻳ ْﻞُﻗ ) ١١ ( «Ayting, ey Muhammad! Sizlarga vakil qilingan o‘lim farishtasi jonlaringizni olur, so‘ngra Robbingizga qaytarilursizlar». (Sajda, 11.) Ular xilqat (yaratilish) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida: ْﻤَﺤْﻟا َثﻼُﺛَو ﻰَﻨْﺜَﻣ ٍﺔَﺤِﻨْﺟَأ ﻲِﻟوُأ ﻼُﺳُر ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا ِﻞِﻋﺎَﺟ ِضْرﻷاَو ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ِﺮِﻃﺎَﻓ ِﻪﱠﻠِﻟ ُﺪ َعﺎَﺑُرَو «Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to‘rt qanotli elchilar qiluvchi Allohgadir» (Fotir, 1.)- deb marhamat qilgan. Ularning mavjudligiga imon keltirish har bir musulmonga farz qilingan: Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 3 ِﻪِﻠُﺳُرَو ِﻪِﺒُﺘُآَو ِﻪِﺘَﻜِﺋﻼَﻣَو ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ َﻦَﻣﺁ ﱞﻞُآ َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻤْﻟاَو ِﻪِّﺑَر ْﻦِﻣ ِﻪْﻴَﻟِإ َلِﺰْﻧُأ ﺎَﻤِﺑ ُلﻮُﺳﱠﺮﻟا َﻦَﻣﺁ ُﺳُر ْﻦِﻣ ٍﺪَﺣَأ َﻦْﻴَﺑ ُقِّﺮَﻔُﻧ ﻻ ِﻪِﻠ «Payg‘ambar (Muhammad) o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo‘minlar ham. Ularning har biri Allohga, farishtalarga, kitoblarga va payg‘ambarlarga birortasini ajratmasdan imon keltirdi» (Baqara, 285). Jinlar va insonlarning maskani esa Yerdir. Har ikki toifa shu yerda istiqomat qiladi, tirikchilik qiladi va Allohning buyrug‘iga ham itoat qilishga buyurilganlar: ِنوُﺪُﺒْﻌَﻴِﻟ ﻻِإ َﺲْﻧﻹاَو ﱠﻦِﺠْﻟا ُﺖْﻘَﻠَﺧ ﺎَﻣَو ) ٥٦ ( «Men jin va insni O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. (Vaz-zoriyot, 56.) Jinlar bilan insonlarning yashaydigan maskanlari Yer bo‘lsa ham, ularning yashash va taomlanish jihatlari bir-birlaridan keskin farq qiladi. Jinlar xilqati olovdan, inson xilqati esa oddiy Yer tuprog‘idandir: ِرﺎﱠﺨَﻔْﻟﺎَآ ٍلﺎَﺼْﻠَﺻ ْﻦِﻣ َنﺎَﺴْﻧﻹا َﻖَﻠَﺧ ) ١٤ ( ٍرﺎَﻧ ْﻦِﻣ ٍجِرﺎَﻣ ْﻦِﻣ ﱠنﺎَﺠْﻟا َﻖَﻠَﺧَو ) ١٥ ( «U insonni sopol yanglig‘ quruq loydan yaratdi. Jin (va shaytonlar)ni esa olovdan yaratdi». (Ar- Rohman 14-15.) Shuning uchun har bir narsa o‘z xilqatini namoyon qilganidek, jinlar bir shaklda turolmasdan, beqarorlik qiladilar, olovdek shakl va joylarini o‘zgartirib turadilar. Jinlarning yeydigan taomi ham insonlarnikidan boshqacha bo‘lib, ular hayvonlar tezagi va suyaklar bilan oziqlanadilar. Jinlar ham musulmon va kofir toifalarga bo‘linadilar. Bir zamonda insonlarga kelgan payg‘ambarlar ayni shu zamonda yashayotgan jinlarga ham payg‘ambar hisoblanadilar: َءﺎَﻘِﻟ ْﻢُﻜَﻧوُرِﺬْﻨُﻳَو ﻲِﺗﺎَﻳﺁ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ َنﻮﱡﺼُﻘَﻳ ْﻢُﻜْﻨِﻣ ٌﻞُﺳُر ْﻢُﻜِﺗْﺄَﻳ ْﻢَﻟَأ ِﺲْﻧﻹاَو ِّﻦِﺠْﻟا َﺮَﺸْﻌَﻣ ﺎَﻳ اَﺬَه ْﻢُﻜِﻣْﻮَﻳ «Ey jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga o‘zlaringdan payg‘ambarlar kelib, sizlarga oyatlarimni aytib, ushbu Kuningizga yo‘liqishingizdan ogohlantirgan emasmidilar?». (An’om, 130.) Payg‘ambarlarga munkir bo‘lgan insonlardek, jinlar orasida ham imon keltirmaydigan, payg‘ambarlarga dushmanlik kayfiyatida bo‘ladigan jinlar ham bor ekanligini quyidagi oyati karima bayon etadi: اًدَﺪِﻗ َﻖِﺋاَﺮَﻃ ﺎﱠﻨُآ َﻚِﻟَذ َنوُد ﺎﱠﻨِﻣَو َنﻮُﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا ﺎﱠﻨِﻣ ﺎﱠﻧَأَو ) ١١ ( Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek) oramizda undan berilar (yomonlar) ham bordir. Bizlar ilgari turli-tuman yo‘llarda edik. (Jin, 11.) ِﻟَﺬَآَو ِّﻦِﺠْﻟاَو ِﺲْﻧﻹا َﻦﻴِﻃﺎَﻴَﺷ اًّوُﺪَﻋ ﱟﻲِﺒَﻧ ِّﻞُﻜِﻟ ﺎَﻨْﻠَﻌَﺟ َﻚ «Shuningdek, har bir payg‘ambarga insu jin shaytonlaridan dushman qilib qo‘ydik». (An’om, 112) Ana shunday jinlar toifasi Sulaymon payg‘ambarga musaxxar qilingani, baland imoratlar quruvchi va suv ostiga tushuvchi jinlar u kishining amriga farmonbardor bo‘lganlarini Alloh oyati karimalarda shunday bayon etadi: َنﻮُﻋَزﻮُﻳ ْﻢُﻬَﻓ ِﺮْﻴﱠﻄﻟاَو ِﺲْﻧﻹاَو ِّﻦِﺠْﻟا َﻦِﻣ ُﻩُدﻮُﻨُﺟ َنﺎَﻤْﻴَﻠُﺴِﻟ َﺮِﺸُﺣَو ) ١٧ ( «Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarida turdilar». (Naml, 17) Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 4 ْﻦَﻣ ِّﻦِﺠْﻟا َﻦِﻣَو ِﺮْﻄِﻘْﻟا َﻦْﻴَﻋ ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﻠَﺳَأَو ٌﺮْﻬَﺷ ﺎَﻬُﺣاَوَرَو ٌﺮْﻬَﺷ ﺎَهﱡوُﺪُﻏ َﺢﻳِّﺮﻟا َنﺎَﻤْﻴَﻠُﺴِﻟَو ُﻬْﻨِﻣ ْغِﺰَﻳ ْﻦَﻣَو ِﻪِّﺑَر ِنْذِﺈِﺑ ِﻪْﻳَﺪَﻳ َﻦْﻴَﺑ ُﻞَﻤْﻌَﻳ ِﺮﻴِﻌﱠﺴﻟا ِباَﺬَﻋ ْﻦِﻣ ُﻪْﻗِﺬُﻧ ﺎَﻧِﺮْﻣَأ ْﻦَﻋ ْﻢ ) ١٢ ( ٍتﺎَﻴِﺳاَر ٍروُﺪُﻗَو ِباَﻮَﺠْﻟﺎَآ ٍنﺎَﻔِﺟَو َﻞﻴِﺛﺎَﻤَﺗَو َﺐﻳِرﺎَﺤَﻣ ْﻦِﻣ ُءﺎَﺸَﻳ ﺎَﻣ ُﻪَﻟ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ «Yana jinlardan ham Parvardigorining izni bilan uning (Sulaymonning) qo‘l ostida ishlaydiganlarini bo‘ysundirib qo‘ygandirmiz. Ulardan kim Bizning amrimizdan chetlasa, Biz unga o‘t azobidan tottirib qo‘yurmiz. Ular (Sulaymonga) misdan u xohlagan narsalarni-mehroblar, timsollar, hovuzlar kabi katta laganlar va o‘choqlarlarga o‘rnashuvchi qozonlarni yasab berurlar». (Saba, 12-13.) Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga ham jinlardan bir toifasi imon keltirganligi «Ahqof» va «Jin» suralarida xabar beriladi: َﻲِﻀُﻗ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ اﻮُﺘِﺼْﻧَأ اﻮُﻟﺎَﻗ ُﻩوُﺮَﻀَﺣ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ َنﺁْﺮُﻘْﻟا َنﻮُﻌِﻤَﺘْﺴَﻳ ِّﻦِﺠْﻟا َﻦِﻣ اًﺮَﻔَﻧ َﻚْﻴَﻟِإ ﺎَﻨْﻓَﺮَﺻ ْذِإَو َﻦﻳِرِﺬْﻨُﻣ ْﻢِﻬِﻣْﻮَﻗ ﻰَﻟِإ اْﻮﱠﻟَو ) ٢٩ ( ﻰَﺳﻮُﻣ ِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣ َلِﺰْﻧُأ ﺎًﺑﺎَﺘِآ ﺎَﻨْﻌِﻤَﺳ ﺎﱠﻧِإ ﺎَﻨَﻣْﻮَﻗ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ﺎًﻗِّﺪَﺼُﻣ ٍﻢﻴِﻘَﺘْﺴُﻣ ٍﻖﻳِﺮَﻃ ﻰَﻟِإَو ِّﻖَﺤْﻟا ﻰَﻟِإ يِﺪْﻬَﻳ ِﻪْﻳَﺪَﻳ َﻦْﻴَﺑ ﺎَﻤِﻟ ) ٣٠ ( َﻲِﻋاَد اﻮُﺒﻴِﺟَأ ﺎَﻨَﻣْﻮَﻗ ﺎَﻳ ٍﻢﻴِﻟَأ ٍباَﺬَﻋ ْﻦِﻣ ْﻢُآْﺮِﺠُﻳَو ْﻢُﻜِﺑﻮُﻧُذ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻟ ْﺮِﻔْﻐَﻳ ِﻪِﺑ اﻮُﻨِﻣﺁَو ِﻪﱠﻠﻟا ) ٣١ ( «Ey Muhammad, eslang, huzuringizga bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular hozir bo‘lishgach, (bir-birlariga): «Jim bo‘linglar»,- dedilar. Tilovat tugatilgach, ular o‘z qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar. Ular dedilar... 30. Ular dedilar: «Ey qavmimiz, darhaqiqat bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qilguvchi bo‘lgan, Haq (din)ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir Kitobni – Qur’onni tingladik. Ey qavmimiz, Allohning da’vatchisi Muhammadni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar. Alloh gunohlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur». (Ahqof, 29-31.) «Ar-Rahmon» surasida Alloh taolo insonlarga bergan va berayotgan ne’matlari xususida savolga tutib, shu savol asnosida jinlarga ham barobar xitob qilayotgani, taklifda ham, mukofot yoki jazoda ham insonlar va jinlar barobar mas’ul ekanliklarini ko‘rsatadi. Dunyomizning «qishr (qobig‘)» deb ataluvchi qatlamini tekshirgan geolog olimlar Yer yuzidagi hayotni to‘rt davrga bo‘lishgan. Bu olimlarning fikricha, Yer yuzidagi birinchi inson suyagi Janubiy Osiyodan topilgan. Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari o‘rtasida fikrlar, qarashlar xilma-xildir. Ammo hozirda inson zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy haqiqat holini olganki, bu narsa ko‘pchilikka sir emas. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ ﱠنِإ اﻮُﻓَرﺎَﻌَﺘِﻟ َﻞِﺋﺎَﺒَﻗَو ﺎًﺑﻮُﻌُﺷ ْﻢُآﺎَﻨْﻠَﻌَﺟَو ﻰَﺜْﻧُأَو ٍﺮَآَذ ْﻦِﻣ ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ ﺎﱠﻧِإ ُسﺎﱠﻨﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ ٌﺮﻴِﺒَﺧ ٌﻢﻴِﻠَﻋ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ْﻢُآﺎَﻘْﺗَأ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻨِﻋ ) ١٣ ( «Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir- biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz) uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir» . (Hujurot, 13) Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha, ﺎَﻬﱠﻠُآ َءﺎَﻤْﺳﻷا َمَدﺁ َﻢﱠﻠَﻋَو «Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», (Baqara, 31.) oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berilib, so‘nggi holatiga keltirilgan. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 5 Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, inson zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi. Ba’zi islom olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir necha oyatlar bilan insonning tuproqdan yaratilganligini xabar beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga bir xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabi’at quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir», - deydilar. Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqalib ketganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi. Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini boshidan kechirdi, deb hisoblanadi. Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri «vahshiylik davri bo‘lgan», degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga ularga ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqlashib, birinchi darsni unutish darajasida vahshiylashganlar. Ma’lum vaqt oradan o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir. Ilohiy payg‘ambarlarning barchalari ham Alloh huzuridan bitta din – yagona Allohga ishonch va e’tiqoddan iborat bo‘lgan Islom dinini, musulmonlikni keltirganlar. Musulmonlik haqiqatan ham insoniylik dinidir. Insonlarning eng birinchi o‘rgangan dini Allohning birligiga ishonchdan iborat edi. Ularga bu e’tiqodni o‘z oralaridan tanlab olingan ilohiy payg‘ambarlar yetkazdilar. Eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ham ayni shu e’tiqodni targ‘ib qildilar. Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchraydi. Hattoki Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga sig‘inish egalladi. Butparastlikning asosi-tabi’at kuchlarini ilohiy lashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi. Boshqa payg‘ambarlar o‘z davrlarida amalga oshirgan vazifalari singari Muhammad (s.a.v) ham davr ta’sirida o‘zgarib qolgan bu asoslarni asl holiga qaytardilar. Tabi’at kuchlariga sig‘inishni man’ etibgina qolmay, ayni paytda, bu kuchlardan foydalanishni bildirib, insoniyat sharafini yuksaltirdilar. Binobarin, Alloh taolo Yer va ko‘kdagi narsalarni, shu jumladan insonni ham shunchaki yaratgan emas, demakki, insonga berilgan aql ham bejiz emas. Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy – Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir. Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi. Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali insoniyatni hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan din Islom dinidir. Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta turadi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir. Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi. Payg‘ambarlik meros ham qolmaydi. Payg‘ambarlarni Alloh taolo bandalari orasidan o‘zi tanlaydi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday deyiladi: Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 6 ٌﺮﻴِﺼَﺑ ٌﻊﻴِﻤَﺳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِسﺎﱠﻨﻟا َﻦِﻣَو ﻼُﺳُر ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا َﻦِﻣ ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ ُﻪﱠﻠﻟا ) ٧٥ ( «Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni O’zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va ko‘ruvchidir». (Haj,75) ِءﺎَﻋﱡﺪﻟا ُﻊﻴِﻤَﺳ َﻚﱠﻧِإ ًﺔَﺒِّﻴَﻃ ًﺔﱠﻳِّرُذ َﻚْﻧُﺪَﻟ ْﻦِﻣ ﻲِﻟ ْﺐَه ِّبَر َلﺎَﻗ ُﻪﱠﺑَر ﺎﱠﻳِﺮَآَز ﺎَﻋَد َﻚِﻟﺎَﻨُه ) ٣٨ ( «Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik uchun) tanladi». (Oli Imron, 38.) Payg‘ambarlar o‘z vazifalarini bajarishda o‘zlarining aql-idroklari va zakovatlaridan foydalansalar ham, ularni bu ishga-da’vatga buyurgan narsa aql-zakovat emas, balki ilohiy vahiydir. Ular faqat Parvardigorlarining amrinigina bajaradilar: ِنﻮُﻘﱠﺗﺎَﻓ ﺎَﻧَأ ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ُﻪﱠﻧَأ اوُرِﺬْﻧَأ ْنَأ ِﻩِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُءﺎَﺸَﻳ ْﻦَﻣ ﻰَﻠَﻋ ِﻩِﺮْﻣَأ ْﻦِﻣ ِحوﱡﺮﻟﺎِﺑ َﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا ُلِّﺰَﻨُﻳ ) ٢ ( «Alloh o‘z amri bilan xohlagan bandalariga farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: («Ey payg‘ambarlarim! Insonlarni) ogohlantiringlarki, Mendan o‘zga iloh yo‘q. Bas, barchalaringiz Mendangina qo‘rqingiz!». (Nahl, 2) ْنِإ ُفﺎَﺧَأ ﻲِّﻧِإ ﱠﻲَﻟِإ ﻰَﺣﻮُﻳ ﺎَﻣ ﻻِإ ُﻊِﺒﱠﺗَأ ْنِإ ﻲِﺴْﻔَﻧ ِءﺎَﻘْﻠِﺗ ْﻦِﻣ ُﻪَﻟِّﺪَﺑُأ ْنَأ ﻲِﻟ ُنﻮُﻜَﻳ ﺎَﻣ ْﻞُﻗ َﻳ َباَﺬَﻋ ﻲِّﺑَر ُﺖْﻴَﺼَﻋ ٍﻢﻴِﻈَﻋ ٍمْﻮ «Ayting, (ey Muhammad): «Uni o‘z tomonimdan o‘zgartirish menga mumkin emas. Men faqat, menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Men, agar Rabbimga itoatsizlik qilsam, ulug‘ Kun (Qiyomat) Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling