Islomiyat tarixidir


«Shayton sizlarga ochiq bir dushmandir», -


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana23.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#109398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir


«Shayton sizlarga ochiq bir dushmandir», - deya ogohlantirdi va shaytonga qarata: «Seni va senga 
ergashgan kishilarni Men ham do‘zax azobida yondiraman!» - deb ahd qildi. 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalardan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Alloh taolo Iblisni 
jannatdan quvganidan keyin uni osmonda uchib yuradigan va jannatga qayta tushmaydigan qildi. Odamni esa 
jannatda makon qildirdi. Odam (a.s.) jannatda yashasalarda, yolg‘izlikdan hadiksirar va qalblari taskin topmas 
edi. Bir kuni uyqudan uyg‘onsalar, bosh tomonlarida bir ayol kishi o‘tiribdi. Undan: «Sen nima uchun 
yaratilding?», - deb so‘radilar. Ayol: «Men bilan qalbinggiz taskin topsin uchun», - dedi. Odam (a.s.) ayolni 
«Havvo» deb nomladilar. 
Alloh taolo Odam (a.s.)ni Havvoga uylantirdi va ularga: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
 ﻼُآَو َﺔﱠﻨَﺠْﻟا َﻚُﺟْوَزَو َﺖْﻧَأ ْﻦُﻜْﺳا ُمَدﺁ ﺎَﻳ ﺎَﻨْﻠُﻗَو
 ِﻩِﺬَه ﺎَﺑَﺮْﻘَﺗ ﻻَو ﺎَﻤُﺘْﺌِﺷ ُﺚْﻴَﺣ اًﺪَﻏَر ﺎَﻬْﻨِﻣ
 َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا َﻦِﻣ ﺎَﻧﻮُﻜَﺘَﻓ َةَﺮَﺠﱠﺸﻟا
)
٣٥
(
 
 
«Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va u yerda yenglar, ichinglar, ammo mana bu 
daraxt mevasidan yemanglar, zolimlarga aylanasizlar»,(Baqara, 35.)
 
- deb buyurdi. 
Odam va Havvo jannatda uzoq vaqt farog‘atda yashadilar. Ularning farog‘atiga hasad qilgan, o‘zi esa 
bunday ne’matdan mahrum bo‘lgan Iblis g‘arazli maqsadini amalga oshirishga kirishdi. 
Alloh taolo Odam va Havvoga Iblisdan ehtiyot bo‘lishni, uning vasvasasiga uchmaslikni ta’yinladi: 
 ﻰَﻘْﺸَﺘَﻓ ِﺔﱠﻨَﺠْﻟا َﻦِﻣ ﺎَﻤُﻜﱠﻨَﺟِﺮْﺨُﻳ ﻼَﻓ َﻚِﺟْوَﺰِﻟَو َﻚَﻟ ﱞوُﺪَﻋ اَﺬَه ﱠنِإ ُمَدﺁ ﺎَﻳ ﺎَﻨْﻠُﻘَﻓ
)
١١٧
(
 ﻻَأ َﻚَﻟ ﱠنِإ
 ىَﺮْﻌَﺗ ﻻَو ﺎَﻬﻴِﻓ َعﻮُﺠَﺗ
)
١١٨
(
 ﻰَﺤْﻀَﺗ ﻻَو ﺎَﻬﻴِﻓ ُﺄَﻤْﻈَﺗ ﻻ َﻚﱠﻧَأَو
)
١١٩
(
 
 
«Bas, aytdik: «Ey, Odam, aniqki, bu iblis senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u 
ikkovinggizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo‘lib qolursan. Shubhasiz, sen u yerda 
(jannatda) och va yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham 
qolmaysan».(Toha, 117-119.) 
Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalarning rivoyat qilishlaricha, Iblis yana jannatga, Odam 
va Havvoning yonlariga kirmoqchi bo‘ldi. Jannat xazanalari uni kiritishmadi.  
Jannatning go‘zal maxluqlari orasida ilon ham bor edi. Uning tanasi benihoya chiroyli bo‘lib, tuya singari to‘rt 
oyoqda yurardi.  
Iblis ilonning yoniga keldi va uning og‘ziga kirib, jannatga o‘tib olish uchun izn so‘radi. Iblisni og‘ziga solib 
olgan ilon xazanalar oldidan jannatga kirib ketdi, ular Iblisni ko‘rmay qoldilar.  
Iblis Odamning yoniga borib, uni vasvasa qildi:  
 ﻰَﻠْﺒَﻳ ﻻ ٍﻚْﻠُﻣَو ِﺪْﻠُﺨْﻟا ِةَﺮَﺠَﺷ ﻰَﻠَﻋ َﻚﱡﻟُدَأ ْﻞَه ُمَدﺁ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ِﻪْﻴَﻟِإ َسَﻮْﺳَﻮَﻓ
)
١٢٠
(
 
 
«Ey  Odam, men seni abadiyat daraxti va chirimas (yo‘q bo‘lmas) mulkka boshlab boraymi?» - 
dedi».(Toha, 120.) 
ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ﺎَﻤُﻬَﻟ َسَﻮْﺳَﻮَﻓ
 ﺎَﻤُآﺎَﻬَﻧ ﺎَﻣ َلﺎَﻗَو ﺎَﻤِﻬِﺗﺁْﻮَﺳ ْﻦِﻣ ﺎَﻤُﻬْﻨَﻋ َيِروُو ﺎَﻣ ﺎَﻤُﻬَﻟ َيِﺪْﺒُﻴِﻟ 
 َﻦﻳِﺪِﻟﺎَﺨْﻟا َﻦِﻣ ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ ْوَأ ِﻦْﻴَﻜَﻠَﻣ ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ ْنَأ ﻻِإ ِةَﺮَﺠﱠﺸﻟا ِﻩِﺬَه ْﻦَﻋ ﺎَﻤُﻜﱡﺑَر
)
٢٠
(
 
«Alloh ikkovingizni bu daraxt mevasini yeyishdan bekorga man’ etmadi. Agar bundan iste’mol 
qilsalaringiz ikkovingiz ham farishtaga aylanasizlar yoki jannatda abadiy qolib ketasizlar».(A’rof, 20.)
 
 
Iblis Odam va Havvoning jinsiy avratlari bor ekanligini, bu avratlarni jannat liboslari bilan bekitib yurishlarini 
farishtalardan eshitgan edi. Ularning libosi tirnoq singari silliq va yaltiroq bo‘lib, tana a’zolarini to‘la yopib 
turardi. Iblis Odam va Havvoning avratlarini ochib tashlab, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi. U ilonning yordami 
bilan jannatga kirdi, u yerda bir daraxt bo‘lib, uni «Shajarat-ul-xuld» (abadiyat daraxti) deyilardi, tanasi 
nihoyatda go‘zal, yaproqlari xushbo‘y, mevasi esa beqiyos lazzatli edi. Undan faqat farishtalar iste’mol 
qilardilar.        
Vahb ibn Munabbahdan: «Farishtalar taom yemas edilarku, bu daraxt mevasidan iste’mol qilardilar, 
deyapsiz», - deb so‘ralganda, u kishi: «Alloh xohlaganini qilishi mumkin», - deb javob bergan.  
Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Alloh man etgan daraxt bug‘doy boshog‘i edi.        
Iblis uning juda xushbo‘yligini, xushxo‘rligini  maqtadi, o‘zi mevasidan yedi va avval Havvoni keyin Odamni 
qistadi. Odam va Havvoda sabr-toqat qolmadi, Allohning man’ etgani yodlaridan ko‘tarildi va shu daraxt 
mevasidan yedilar. Shu ondayoq ularning ustidagi jannatiylik libosi sidirilib tushdi, ulug‘liklari yo‘qoldi, qip-
yalang‘och bo‘lib, sharmanda bo‘ldilar. Odam sharmandalikdan qochib, jannat daraxtlaridan birining yaprog‘lari 
orasiga kirib berkindi. Alloh taolo: «Ey Odam, qaerdasan?», -deb xitob qildi. Odam: «Yo Alloh, men bu 
yerdaman» - dedi. Allohning «Chiqmaysanmi?» - degan savoliga, «Men sendan uyalaman» - deb javob berdi. 
Alloh ularga qahr bilan: 
«Ikkovingizni bu daraxtdan qaytarmaganmidim va ikkovingizga, Iblis sizlarga ochiq  dushmandir 
demaganmidim?!»,- deb xitob qildi.  

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Keyin har bir aybdorning aybiga munosib jazoga hukm qildi. Odam sharmandalikdan qochib yaproqlari 
orasiga berkingan «Talh» va «Sidr» daraxtlari jannat daraxtlari bo‘lib, nihoyatda chiroyli va ko‘rkam edi. Uni 
hatto mevasigacha tikonli qilib, odamlar bu daraxtlardan nafratlanadigan holga keltirdi. 
Shaytonning jannatga kirishiga yordam bergan ilon jannatdan quvilib, oyoqlari kesildi va qorni bilan sudralib 
yuruvchiga aylantirildi. Dunyoda insonlarning nafratiga uchrab, bir-birlariga dushman bo‘lib qoldilar. 
Havvo jannat daraxtining mevasidan uzgan vaqtida, meva o‘rnidan qonga o‘xshash suyuqlik oqqan edi. 
Alloh taolo Havvoni har oyning boshida hayz ko‘rish, homilador bo‘lganda va farzandini tug‘ayotgan vaqtda 
esa, bir necha bor o‘lim bilan yuzma-yuz olishish azobiga giriftor qildi.     
Odam va Havvoning bu itoatsizliklari uchun:  
 ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ٌعﺎَﺘَﻣَو ﱞﺮَﻘَﺘْﺴُﻣ ِضْرﻷا ﻲِﻓ ْﻢُﻜَﻟَو ﱞوُﺪَﻋ ٍﺾْﻌَﺒِﻟ ْﻢُﻜُﻀْﻌَﺑ اﻮُﻄِﺒْها َلﺎَﻗ
)
٢٤
(
 
 
«Ey (Odam va shayton), bir-biringizga dushman bo‘lgan holda yerga tushinglar, sizlar uchun yerda 
yashaydigan joy va kerakli narsalar mavjuddir»(A’rof, 24.)
 
, - deb jannatdan chiqardi. 
Odam (a.s.)ning jannatda yaratilishi va Yerga tushirilishi muddatida ulamolarning turlicha fikrlari mavjud.  
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: 
«Oftob chiqib turadigan kunlarning eng yaxshisi jum’a kunidir, chunki shu kunda Odam yaratilgan, 
shu kunda Odam jannatda yashagan, shu kunda jannatdan Yerga tushirilgan, shu kunda qiyomat 
boshlanadi, shu kunda bir soat borki, o‘sha soatda qaysi bir banda Allohdan yaxshilik so‘rasa, albatta 
beriladi».(Tarixi Tabariy, 1-j. 78-bet.) 
Mujohid (r.a.) «Inson shoshiluvchi (etib) yaratilgan» degan oyati karimaning tafsirida Odamning gapini 
rivoyat qiladi: «Alloh taolo barcha maxluqotni yaratib bo‘lgan kunning oxirida Odamning jismiga ruh kiritdi. Ruh 
uning ikki ko‘zi, tili va boshini tiriltirganida, hali boshqa a’zolariga ruh yetib bormay turib: «Ey rabbim, kun botib 
qolmasdan meni tezroq tiriltirgin» - deb xitob qildi».  
Osmondagi hisob-kitob, Qur’onning shohidlik berishicha, bir kuni bizning hisobimizdagi ming yilga teng 
bo‘lsa, Odamning shakli yasalgan holda 40 yil turgan, keyin jannatda Havvo bilan yashagan va xato sodir 
bo‘lgandan keyin Yerga tushirilgan muddat 45 yil bo‘lib, Odamning jannatda turgan muddati 85 yil ekanligi 
ma’lum bo‘ladi. 
Haq taolo Odam (a.s.)ni Hindistonga, Havvoni esa Jiddaga tushirdi. Ular ko‘p yillar bir-birlaridan ayriliqda 
yashadilar. Ikkovlari qattiq pushaymon bo‘lib, Allohga iltijo bilan tovba qilib yolbordilar: 
 َﻦﻳِﺮِﺳﺎَﺨْﻟا َﻦِﻣ ﱠﻦَﻧﻮُﻜَﻨَﻟ ﺎَﻨْﻤَﺣْﺮَﺗَو ﺎَﻨَﻟ ْﺮِﻔْﻐَﺗ ْﻢَﻟ ْنِإَو ﺎَﻨَﺴُﻔْﻧَأ ﺎَﻨْﻤَﻠَﻇ ﺎَﻨﱠﺑَر ﻻﺎَﻗ
)
٢٣
(
 
 
«Parvardigor, bizlar o‘z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni rahm va mag‘firat qilmasang, 
shubhasiz, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz!»(A’rof, 23.)
 
 - degan duoni Alloh ularning diliga soldi va 
shu duo bilan qilgan tavbalarini ham qabul qildi. Ikkovlari ayriliq azobidan qutuldilar, Makkada uchrashdilar. 
Ular bugungi Baytullohga asos solib, uni tavof qildilar. 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Odam Hindistonga, Havvo esa Jiddaga tushirildi. Odam Havvoni qidirib, 
Arafotda topishdilar, Muzdalifada tunashdilar. Odamning Hindistondagi tushgan joyi «Buz» deb ataluvchi 
tog‘ning yoni edi». 
Odam (a.s.) va Havvoni Makka bilan Toif shaharlari orasidagi Dajan nomli joyga tushganlari ham Ibn Abbos 
(r.a.)dan rivoyat qilingan. Ba’zi olimlar: «Odam (a.s.) Safo tog‘iga, Havvo esa Marva tog‘iga tushganlar», - 
deydilar. 
Imom Tabaroniy va Abu Na’im «Al-Hulya» kitobida rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Odam 
(a.s.) Hindistonga tushganlar», -
 deganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001.)
 
 
Ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlarning rivoyatlaricha, Odamning tushirilgan joyi Hindistonning Ad-Dahnaj va 
Al-Mandal shaharlari orasidagi Bahyal vodiysining Vosim tog‘idadir».(Tarixi Tabariy, 1-j. 81-bet.)
 
 
Odam farishtalarni ko‘rishdan, ularning suhbatini eshitishdan mahrum bo‘lganlaridan keyin, yuraklariga 
g‘ulg‘ula tushib, zerika boshladilar va bu holatlaridan Allohga namoz va du’olarida shikoyat qildilar. Alloh taolo 
Odamni Makkaga borishga buyurdi. Odam (a.s.) Makkaga borar ekanlar, qadamlari yetgan joy keyinchalik 
obod qishloq va shaharlarga aylandi. 
Odam (a.s.) Makkaga yetganlarida Alloh jannatdan bir qizil yoqut chiqarib, hozirgi Ka’ba o‘rniga qo‘ydi. 
Odam (a.s.) uni tavof qilib yurdilar. Allohning To‘foni boshlangach, yoqut yana osmonga olib chiqib ketildi. 
Qachonki, Ibrohim payg‘ambar kelib, Ka’bani qurishga taraddud ko‘rdilar, Alloh o‘z payg‘ambariga Ka’baning 
o‘rnini ko‘rsatib berdi:  

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
 َﻦﻴِﻤِﺋﺎَﻘْﻟاَو َﻦﻴِﻔِﺋﺎﱠﻄﻠِﻟ َﻲِﺘْﻴَﺑ ْﺮِّﻬَﻃَو ﺎًﺌْﻴَﺷ ﻲِﺑ ْكِﺮْﺸُﺗ ﻻ ْنَأ ِﺖْﻴَﺒْﻟا َنﺎَﻜَﻣ َﻢﻴِهاَﺮْﺑﻹ ﺎَﻧْأﱠﻮَﺑ ْذِإَو
 ِدﻮُﺠﱡﺴﻟا ِﻊﱠآﱡﺮﻟاَو
)
٢٦
(
 
 
«(Ey Muhammad,) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh o‘rnini belgilab berib, (unga shunday dedik)
«Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof qiluvchilar, namozda tikka turuvchilar, 
ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni, hojilar va namozxonlar) uchun poklagin!»(Haj, 26.)
 
 
Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni jannatdan chiqarishni iroda qilganda, u kishiga 
bu dunyoda tirikchilik uchun qilishi lozim bo‘lgan kasb-hunar, dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi, jannat ne’matlari va 
mevalaridan o‘ttiz turini ozuqa tariqasida tayyorlab berdi. Ularning o‘ntasi po‘stlik mevalar, o‘ntasi danakli 
mevalar, qolgan o‘ntasi esa danagi ham, po‘sti ham yo‘q bo‘lgan mevalar edi. Mana shu dunyoda yeyiladigan 
barcha mevalar jannatdan chiqqan, ammo jannatdagisi aynimaydi, dunyodagisi esa ayniydi. Odam (a.s.) 
o‘zlari bilan jannatning xushbo‘yini olib chiqqan edilar. Shuning uchun, Hindistonda o‘sadigan barcha daraxtlar 
va butalar xushbo‘ydir». 
Odam (a.s.) Yerga tushganlaridan keyin ko‘ngillari biroz ovqat tusadi, Jabroil (a.s.) jannatdan bir xalta olib 
chiqib, uni Odamga berdilar. Odam (a.s.) hayron bo‘lib: «Bu nima?» - deb so‘radilar. Jabroil (a.s.): «Sizni 
jannatdan chiqishingizga sabab bo‘lgan narsa shu» - deb, xaltadagi bug‘doyni ko‘rsatdilar. Uning vazni yuz 
ming sakkiz yuz dirham og‘irligida edi. Odam (a.s.): «Buni men nima qilaman?» - deb so‘radilar. Jabroil donni 
Yerga sepishni buyurdilar. Odam (a.s.) uni Yerga sepishlari bilan Alloh uni o‘sishga, don tugishga amr etdi. 
Bug‘doy shu ondayoq o‘sib, boshog‘i pishdi. Odam (a.s.) uni Allohning amri bilan o‘rib oldilar. Donini qo‘llari 
bilan boshoqdan ajratgandan keyin, ikki tosh olib bug‘doyni yanchdilar va unga aylantirdilar. Undan xamir 
qorib, Jabroil temir bilan toshdan chiqargan uchqun bilan olov yoqdilar va non pishirdilar. Dunyoda birinchi bor 
dehqonchilik, tegirmonchilik va novvoylik qilgan kishi Odam (a.s.)dirlar. 
Ibn Abbos(r.a.) aytadilar: «Hajar-ul-asvad ham Odam bilan birga jannatdan chiqqan va Musoning 
hassasidan ham, oppoq qordan ham oqroq edi. Odam (a.s.) uchun jannatdan bolta ham tushirildi».  
Shunday qilib, Odam va Havvoning oldida, kelajakdagi zurriyotlari oldida endi rohatbaxsh jannat emas
balki ikki yo‘l paydo qilindi. Yo zalolat, yo hidoyat! Yo imon, yo kufr! Yo najot, yo ofat! 
Alloh taolo Odam (a.s.)ni o‘z farzandlarini tarbiyalash va ularga Haq yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambar qilib 
yubordi.  
Abu Zar al-G’iforiy aytadilar: «Men masjidga kirdim. Rasululloh (s.a.v) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Yonlariga borib 
o‘tirdim. Rasululloh (s.a.v) menga:  
«Ey Abu Zar, har bir masjidning  salomi bor, u ikki rakat nafl namoz o‘qimoqdir. Bor, ikki rakat 
namoz o‘qib ol!» 
- dedilar. Men namozni o‘qib, yana Rasulullohning yonlariga o‘tirib so‘radim: «Ey Allohning 
Rasuli, siz meni namozga buyurdingiz, namozning o‘zi nima?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: 
«Oz o‘qisang ham, ko‘p o‘qisang ham eng yaxshi mavzu’ namozdir».  
Shu yerda men Rasulullohdan so‘radim: «Payg‘ambarlarning soni nechta?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Bir 
yuz yigirma to‘rt ming».
 «Qanchasi mursal payg‘ambarlar?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Uch yuz o‘n 
uchtasi».
 «Eng avvali kim?». Rasululloh (s.a.v): 
«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal 
inson qilib yaratdi».
 
Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey 
Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): 
«Albatta, Odam birinchi bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar» - deb javob 
berdilar».(Tarixi Tabariy, 1-j. 102-bet.)
 
 
Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish 
(ibodat) yozilgan edi. 
«Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini 
yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan».(O’sha manba va sahifa.)
 
       
Odam (a.s.)ning farzandlari buni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. 
Odam (a.s.) ming yil umr ko‘rdilar. Imom Ahmad Ibn Abbos (r.a.)dan, Imom Termiziy Abu Hurayra (r.a.), Ibn 
Xuzayma(r.a.) va Ibn Habbondan rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Odam (a.s.) zurriyotlarining ruhlari 
ko‘rsatildi. Odam (a.s.) ularning orasidagi chiroyli ruhni ko‘rib: «Ey Rabbim, bu kim?» - deb so‘radilar. Alloh 
taolo: «Bu o‘g‘ling Dovuddir» - dedi. Odam (a.s.) uning umrini so‘radilar. Alloh taolo: «Oltmish yil» - deb javob 
berdi. Odam (a.s.) uning umrini ziyoda qilishni Allohdan so‘radilar. Alloh taolo: «Uning umri faqat sizning 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
umringiz hisobiga ziyoda bo‘lishi mumkin» - dedi. Odam (a.s.)ning umrlari ming yil edi. Undan qirq yilini olib, 
Dovudga berildi. 
Odam (a.s.)ning vafotlari yaqinlashganda, yana qirq yil umrlari bor ekanligini aytdilar. Uni Dovudga 
berganlarini unutdilar. Shundan so‘ng, Allohning karami bilan Odamning umrlari ming yil, Dovudning umrlari 
esa yuz yil komil bo‘ldi. 
Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon)
 
dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays tog‘idagi g‘orda, 
deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Baytul muqaddasga dafn etilganlar. (Doktor Shavqiy Abu Xalil. 
Atlas-ul Qur’on. Bayrut.  2001. 14-bet.) 
Odam (a.s.) qissasidan dars va ibratlar 
Odamning yaratilishi va unga barcha farishtalar hurmat bajo keltirib sajda qilgan holda, Iblis Odamni 
mensimasdan takabburlik bilan sajdadan bosh tortgani haqidagi qissa Qur’oni karimning turli suralarida qayta-
qayta zikr etiladi. Sababi bu qissada musulmonlar uchun bir qator dars va ibratlar mavjud. 
1. Insoniyatning boshqa maxluqot va mavjudotlardan ulug‘ligi. 
Avvalo, bu qissa orqali Alloh taolo Odamning Yer yuziga xalifa, ya’ni Yer yuzining egasi, xo‘jayini qilib 
yaratgani xabarini bermoqda.(Baqara, 30.) 
Alloh taolo Odamni boshqa maxluqotlarga, hatto farishtalarga ham nasib etmagan moddiy dunyoni bilish va 
tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni ilm bilan ziynatladi, unga kelajakda foydalanish va barchasiga egalik qilish 
uchun jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi. Mufassir olimlarning fikrlaricha,  
 ﺎَﻬﱠﻠُآ َءﺎَﻤْﺳﻷا َمَدﺁ َﻢﱠﻠَﻋَو
 
 
«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi»,(Baqara, 31.)
   
- oyati karimasida insonga 
berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani 
tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim 
darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda.  
Bunday bilim sohibi bo‘lgan Odamning ulug‘ligini bildirish uchun farishtalarni unga sajda qilishga buyurdi. 
Bu martaba faqat Odam otaning o‘zinigina emas, balki uning barcha zurriyotlarining ham martabalaridir. 
Bunga quyidagi oyati karima dalolat qiladi: 
 ﻰَﻠَﻋ ْﻢُهﺎَﻨْﻠﱠﻀَﻓَو ِتﺎَﺒِّﻴﱠﻄﻟا َﻦِﻣ ْﻢُهﺎَﻨْﻗَزَرَو ِﺮْﺤَﺒْﻟاَو ِّﺮَﺒْﻟا ﻲِﻓ ْﻢُهﺎَﻨْﻠَﻤَﺣَو َمَدﺁ ﻲِﻨَﺑ ﺎَﻨْﻣﱠﺮَآ ْﺪَﻘَﻟَو
 ﻼﻴِﻀْﻔَﺗ ﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ ْﻦﱠﻤِﻣ ٍﺮﻴِﺜَآ
)
٧٠
(
 
«Darhaqiqat,  (Biz) Odam farzandlarini aziz va mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-
ulov, kemaga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O’zimiz yaratgan 
ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik».(Isro, 70.)
 
 
Odam farzandlari, ya’ni insoniyat Yer yuzining qaerida bo‘lmasin, millati, jinsi, rangi, tili va dinidan qat’iy 
nazar teng va mukarramdirlar. 
Yer yuzidagi barcha mavjudotlar, maxluqotlar odamzodning tasarrufida bo‘lib, uning uchun xizmat qiladi: 
 ٍتاَوﺎَﻤَﺳ َﻊْﺒَﺳ ﱠﻦُهاﱠﻮَﺴَﻓ ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا ﻰَﻟِإ ىَﻮَﺘْﺳا ﱠﻢُﺛ ﺎًﻌﻴِﻤَﺟ ِضْرﻷا ﻲِﻓ ﺎَﻣ ْﻢُﻜَﻟ َﻖَﻠَﺧ يِﺬﱠﻟا َﻮُه
 ٌﻢﻴِﻠَﻋ ٍءْﻲَﺷ ِّﻞُﻜِﺑ َﻮُهَو
)
٢٩
(
 
 
«U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi».(Baqara, 29.)
 
 
2. Takabburlikning yomonligi. Insoniyat yaratilishdan boshlab aqlli, go‘zal qaddi-qomatli, ilmli, dunyoga 
egalik qiladigan darajada fahm-farosatli, barcha maxluqot, hatto farishtalar ham sajda qilib ulug‘lagan martaba 
sohibidir. Ammo inson bunday ulug‘ martabaga noil etilgan ekan, bundan g‘ururlanib, kibru havoga berilib 
ketsa, katta xatoga yo‘l qo‘yadi.  
Alloh uni shu xatardan qaytarish uchun, uning o‘ziga berilgan hayvoniy nafs tuzog‘iga tushib, Iblisdek kibr-
havoga berilmasligi, uni yaratgan, ne’mat bergan zot – Allohni unutmasligi uchun, aslini tuproqdan, qora 
balchiqdan ajratib olingan yopishqoq loydan yasaganligini takror-takror oyatlarda eslatiladi. Iblisning 
takabburligi, manmanligi uning o‘ziga qanchalik qimmatga tushgani, Allohning dargohidan va farishtalarning 
orasidan haydalganini bayon etish bilan Alloh taolo insoniyatni shunday manfur illatdan saqlanishga amr etadi. 
Chunki, Alloh taolo manmanlikni yoqtirmaydi: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
 ٍرﻮُﺨَﻓ ٍلﺎَﺘْﺨُﻣ ﱠﻞُآ ﱡﺐِﺤُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ
 
«Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymaydi».(Luqmon, 18.)
 
Iblis farishtalar orasidagi hurmati va mavqe’idan g‘ururlanib, o‘zini ulardan ham katta olgan edi, uning bu 
manmanligi yaratganga ham itoatsizlik qilishiga sabab bo‘ldi va natijada Allohning dargohidan quvildi: 
 َﻦﻳِﺮِﻏﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﻚﱠﻧِإ ْجُﺮْﺧﺎَﻓ ﺎَﻬﻴِﻓ َﺮﱠﺒَﻜَﺘَﺗ ْنَأ َﻚَﻟ ُنﻮُﻜَﻳ ﺎَﻤَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ ْﻂِﺒْهﺎَﻓ َلﺎَﻗ
)
١٣
(
 
 
(Alloh) aytdi: «Undan (jannatdan) chiq! U yerda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! 
Albatta, sen haqirlardandirsan».( A’rof, 13.)
78 
 
Kibrning yomonligini, oqibati xorlikka olib borishini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta’riflaganlar: 
«Kimki, Alloh uchun kamtarlik qilsa, Alloh uni ko‘taradi. Kimki, takabburlik qilsa, Alloh uni 
tushiradi». 
3. Ma’naviy poklik zarurati. Alloh taolo o‘z kitobida Odamni oddiy tuproqdan yaratganligini eslatib turib, 
unga o‘zining ruhidan puflab, jon ato etganini bayon qiladi: 
 ٍﻦﻴِﻃ ْﻦِﻣ اًﺮَﺸَﺑ ٌﻖِﻟﺎَﺧ ﻲِّﻧِإ ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ َﻚﱡﺑَر َلﺎَﻗ ْذِإ
)
٧١
(
 ﻲِﺣوُر ْﻦِﻣ ِﻪﻴِﻓ ُﺖْﺨَﻔَﻧَو ُﻪُﺘْﻳﱠﻮَﺳ اَذِﺈَﻓ
 َﻦﻳِﺪِﺟﺎَﺳ ُﻪَﻟ اﻮُﻌَﻘَﻓ
)
٧٢
(
 
 
«Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: «Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman. Bas, 
qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan hollaringizda 
yiqilinglar!».(Sod, 71-72.)
 
  
Ruh haqida olimlar juda ko‘p kitoblar yozganlar, fikrlar aytganlar.(Ibn Qayyim al-Javziy. «Ar-ruh».  Dorul-fikr. 
1986. 336-bet. Ushbu ktob bu sohada yozilgan mukammal asarlarning biridir.)
 
 Shunga qaramasdan uning 
mohiyati haqida inson to‘liq tasavvurga ega emas. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qilgan: 
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling