Islomiyat tarixidir


َنﻮُﻔِﺼَﻳ ﺎﱠﻤَﻋ ِشْﺮَﻌْﻟا ِّبَر ِﻪﱠﻠﻟا َنﺎَﺤْﺒُﺴَﻓ ﺎَﺗَﺪَﺴَﻔَﻟ ُﻪﱠﻠﻟا ﻻِإ ٌﺔَﻬِﻟﺁ ﺎَﻤِﻬﻴِﻓ َنﺎَآ ْﻮَﻟ


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana23.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#109398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir


 َنﻮُﻔِﺼَﻳ ﺎﱠﻤَﻋ ِشْﺮَﻌْﻟا ِّبَر ِﻪﱠﻠﻟا َنﺎَﺤْﺒُﺴَﻓ ﺎَﺗَﺪَﺴَﻔَﻟ ُﻪﱠﻠﻟا ﻻِإ ٌﺔَﻬِﻟﺁ ﺎَﻤِﻬﻴِﻓ َنﺎَآ ْﻮَﻟ
)
٢٢
(
 
«Agar Yer bilan osmonda Allohdan o‘zga ilohlar bo‘lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo‘lur edi. Bas, 
Arsh egasi bo‘lmish Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir»
 
,
  (Anbiyo, 22.)  - degan oyati karimasi 
bilan ko‘pxudolik e’tiqodini ham botil ekanligini, butun dunyoning egasi, yaratuvchisi va boshqaruvchisi yolg‘iz 
o‘zi ekanligini bayon qiladi. 
Dunyoda eng birinchi yaratilgan narsa qalamdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan hadislar rivoyat 
qilingan: 
1. Uboda ibn as-Somit aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Alloh yaratgan narsalarning eng 
birinchisi qalamdir. Alloh unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Shu onda hamma narsa yozildi» 
- deganlarini 
eshitdim. 
2. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qildilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: «Alloh yaratgan narsalarning eng 
birinchisi qalamdir. Unga hamma narsani yozishni buyurdi».    
3. Ato dedilar: «Men Valid ibn Uboda ibn As-Somitdan «Otanggizning o‘lim oldidan sizga qilgan vasiyatlari 
qanday bo‘ldi?» - deb so‘radim. Ato shunday javob berdi: «Otam meni yonlariga chaqirdilar va dedilar: «Ey 
o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Bilginki, yolg‘iz Allohga imon keltirmaguningcha va taqdirning yaxshisi ham, 
yomonligi ham Allohdan deb bilmaguningcha, ilm ham o‘rgana olmaysan, Allohdan ham qo‘rqmaysan.  Men 
buni Rasululloh (s.a.v)dan eshitganman. U kishi shunday deganlar: «Alloh taolo hamma narsadan avval 
Qalamni yaratdi, unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Qalam: «Yo Rabbim, nimani yozaman?» - deb so‘radi. 
Alloh unga: «Qadarni yoz!» dedi. Qalam shu onda bo‘lgan va bo‘ladigan barcha narsalarni yozdi».
  
Alloh taolo qalamni yaratib, unga hamma bo‘ladigan narsalarni yozdirib, keyin yumshoq bulutni yaratdi. 
Abu Razin Al-Uqayliy shunday rivoyat qildilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning rasuli, Yeru 
osmonlar yaratilmasdan oldin Alloh taolo qaerda edi?», - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v) shunday javob 
berdilar: 
«Alloh avval tagida ham, ustida ham havo bo‘lgan yumshoq bulut ustida edi. Keyin suv ustida 
Arshini yaratdi».
  
Ibn Abbos (r.a.)dan «Allohning Arshi suvning ustida» degan oyatning tafsirida: «Suv nimaning ustida edi?» - 
deb so‘ralganda, Ibn Abbos (r.a.): «Suvni shamol ko‘tarib turardi», - deganlar. 
Qosim ibn Hasan rivoyat qilgan hadisda Zamra shunday deydi: «Alloh taolo avval qalamni yaratdi. Keyin 
shu qalam bilan o‘zi yaratadigan narsalarni ham, bandalardan sodir bo‘ladigan ishlarni ham bir kitobga yozdi. 
Keyin ana shu kitob dunyo yaratilmasidan oldin ming yil Allohga tasbeh va tamjid aytdi. Qachonki Alloh 
dunyoni yaratishni iroda qilgandan so‘ng osmonlar va Yerni hamda undagi mavjudotni olti kunda yaratdi va bu 
kunlarning har biriga alohida - Abjad, Havvaz, Huttiy, Kalaman, Sa’fas va Qarashat, deb nom berdi». 
Zahhok va Atodan rivoyat qilingan hadisda dunyoning yaratilishi olti kun deyiladi. Vahb ibn Munabbahdan 
esa yetti kun deb rivoyat qilingan. Biroq, ikki hadisning ma’nosi bir-biriga ixtilofli emas, chunki Alloh taolo 
Qur’oni karimda ham:  
«U(Alloh) shunday zotki, osmonlar va Yerni olti kunda yaratgan» - debdunyo olti kunda yaratilganini 
aytadi. Yettinchi kun jum’a kunidir.  
Abdulloh ibn Salom va Ka’bning fikrlaricha: «Alloh taolo Yerni yakshanba va dushanba kunlari yaratgan».              
Olamning qanday yaratilgani  to‘g‘risida xabar beruvchi oyatlar Qur’onda juda ko‘p. Ularning birida shunday 
deyilgan:  
 َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ﱡبَر َﻚِﻟَذ اًداَﺪْﻧَأ ُﻪَﻟ َنﻮُﻠَﻌْﺠَﺗَو ِﻦْﻴَﻣْﻮَﻳ ﻲِﻓ َضْرﻷا َﻖَﻠَﺧ يِﺬﱠﻟﺎِﺑ َنوُﺮُﻔْﻜَﺘَﻟ ْﻢُﻜﱠﻨِﺋَأ ْﻞُﻗ
)
٩
(
َو ﺎَﻬِﻗْﻮَﻓ ْﻦِﻣ َﻲِﺳاَوَر ﺎَﻬﻴِﻓ َﻞَﻌَﺟَو
 ًءاَﻮَﺳ ٍمﺎﱠﻳَأ ِﺔَﻌَﺑْرَأ ﻲِﻓ ﺎَﻬَﺗاَﻮْﻗَأ ﺎَﻬﻴِﻓ َرﱠﺪَﻗَو ﺎَﻬﻴِﻓ َكَرﺎَﺑ
 َﻦﻴِﻠِﺋﺎﱠﺴﻠِﻟ
)
١٠
(
 ْوَأ ﺎًﻋْﻮَﻃ ﺎَﻴِﺘْﺋِا ِضْرﻸِﻟَو ﺎَﻬَﻟ َلﺎَﻘَﻓ ٌنﺎَﺧُد َﻲِهَو ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا ﻰَﻟِإ ىَﻮَﺘْﺳا ﱠﻢُﺛ

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
 َﻦﻴِﻌِﺋﺎَﻃ ﺎَﻨْﻴَﺗَأ ﺎَﺘَﻟﺎَﻗ ﺎًهْﺮَآ
)
١١
(
َﻤَﺳ َﻊْﺒَﺳ ﱠﻦُهﺎَﻀَﻘَﻓ
 ٍءﺎَﻤَﺳ ِّﻞُآ ﻲِﻓ ﻰَﺣْوَأَو ِﻦْﻴَﻣْﻮَﻳ ﻲِﻓ ٍتاَوﺎ
 ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا ُﺮﻳِﺪْﻘَﺗ َﻚِﻟَذ ﺎًﻈْﻔِﺣَو َﺢﻴِﺑﺎَﺼَﻤِﺑ ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا َءﺎَﻤﱠﺴﻟا ﺎﱠﻨﱠﻳَزَو ﺎَهَﺮْﻣَأ
)
١٢
(
 
 
«Ayting: «Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo‘lurmisizlar va o‘zgalarni 
unga tenglashtirurmisizlar?! Ana o‘sha barcha olamlarning parvardigori-ku?! U (Yerning) ustida to‘la 
to‘rt kunda tog‘larni paydo qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha yerda uning yemishlarini 
belgiladi(taqsimladi).  (Bu tafsilot) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni 
yaratishni qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!», - degan 
edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. Bas ikki kunda yetti osmonni xalq qildi va har bir 
osmonga o‘z vazifasini vahiy qildi»
 
(Fussilat, 9-12.)  
Abdulloh ibn Salom shunday deydi: «Alloh taolo olam yaratishni yakshanba kundan boshladi. Yakshanba 
va dushanba kunlarida  yerlarni yaratdi. Seshanba va chorshanba kunlari yemishlar va tog‘larni yaratdi. 
Payshanba va jum’a kunning avvalida osmonlarni yaratdi. Jum’a kunining oxirida esa Odamni yaratdi». 
Muhammad ibn Ishoq aytadi: «Ahli Tavrotlar: «Alloh yaratishni dushanba kunidan boshlagan» - deydilar. 
Ahli Injillar: «Alloh yaratishni yakshanbadan boshlagan» - deydilar. Biz, musulmonlar Rasululloh (s.a.v)ning 
so‘zlariga asoslanib: «Alloh olamni olti kunda yaratgan, boshlanishi esa shanba kunidir», - deb e’tiqod 
qilamiz». (Tarixi Tabariy. Qohira. 1939. 1-j. 30-bet.)       
1.3.  Iblisning takabburligi 
Alloh taolo obro‘ va martaba bergan maxluqlarning eng birinchisi Iblis edi. Iblis farishtalarning «jin» ismli 
qabilasidan bo‘lib, nihoyatda go‘zal, mukarram qilib yaratilgan edi. Farishtalarning bu qabilasi jannat 
nazoratchilari edilar. Alloh Iblisni dunyo osmoni va Yerga podshoh etib tayinladi. O’zini yaratgan va shunday 
ulug‘ martabalar bergan Allohga takabburlik qildi, xudolik da’vosini qilib, qo‘l ostidagilarni o‘ziga ibodat qilishga 
buyurdi va osiy bo‘ldi. Alloh uni masx qilib, Shaytonga aylantirdi, o‘z dargohidan haydadi va la’natladi. 
Qatoda (r.a.) aytadilar: 
 َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا يِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَآ َﻢﱠﻨَﻬَﺟ ِﻪﻳِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَﻓ ِﻪِﻧوُد ْﻦِﻣ ٌﻪَﻟِإ ﻲِّﻧِإ ْﻢُﻬْﻨِﻣ ْﻞُﻘَﻳ ْﻦَﻣَو
)
٢٩
(
 
«Ulardan qaysi biri: «Men ham (Alloh)dan o‘zga bir ilohman», desa, bas, Biz o‘shani jahannam bilan 
jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz», (Anbiyo, 29)
  
-
 degan oyati karima xossatan Iblis 
haqidadir». 
Ibn Abbos (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Yerda «jin» toifasini yaratgan edi. Ularning xilqati 
olovning tilidan edi. Yerda fasodni kuchaytirdilr. Bir-birlarini o‘ldirdilar. Allohga itoat qilishdan chiqib ketdilar. 
Alloh ularga qarshi Iblis boshchiligida farishtalarni yubordi. Iblis bilan jinlar orasida qattiq urush bo‘lib, jinlar 
tog‘larga va orollarga qochib ketdilar.  
G’alabadan mag‘rurlangan Iblisning dilida «Men hech kim qilmagan ishni qildim», degan kibr paydo bo‘ldi. 
Bu kibrni farishtalar sezmadilar, ammo Alloh undan xabardor edi». 
Sa’d ibn Mas’ud rivoyat qilgan ushbu xabar yanada ajibroq. Uning aytishicha, Yerda fasod qilgan jinlar bilan 
jang qilgan farishtalar yoshgina Iblisni ushlab olib, osmonga olib chiqqanlar. Iblis farishtalardan Allohga ibodat 
qilishni o‘rganib, qattiq muxlis bo‘lib, juda ko‘p ibodat qilgan va Allohning huzurida yuqori martabalarga 
erishgan. Allohning huzurida «Azozil», «Horis», «Hakam» degan nomlarga ega bo‘lgan. 
Alloh taolo Iblisning ana shunday ulug‘ martabada bo‘lib turgan, Yeru osmonning podshosi, farishtalarning 
ustozi, jannat xazanalaridan biri maqomini egallab turgan bir vaqtda Odamni yaratishni iroda qildi. 
Odam (a.s.) qissasi 
Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi 
turli shakllarda tushuntirib berilgan
 
(Baqara, 30-38.) 
Ba’zi islom olimlarining fikrlariga ko‘ra, Qur’oni karimda zikr etilgan «Odam» umuman «Inson»ni tamsil 
etadi. Demakki, «Odam (a.s.) qissasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati 
Odamninggina emas, har bir inson mohiyatiga oid ibratli hikoyadir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer 
yuziga  xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabiat quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir. (Zakoi Ko‘nrapa. 
Payg‘ambarimiz va Asharai Mubashshara. 1-t. Toshkent. 1995. 20-bet.)
 
 
Odam (a.s.) qissasining to‘la tafsiloti turli kitoblarda, jumladan, o‘zbek tilida bosilib chiqqan «Qisasi 
Rabg‘uziy»( Rabg‘uziy)da mavjud. 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Ulug‘ sahobalardan Abu Zar (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: «Payg‘ambarlarning eng avvali kim?» - deb 
so‘radilar. Rasululloh (s.a.v): 
«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal inson qilib 
yaratdi»(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)
 

Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey 
Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?»-deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): «Albatta, Odam birinchi 
bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar»
 - deb javob berdilar».(Abu Ja’far Muhammad ibn 
Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)
 
 
Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish 
(ibodat) yozilgan edi. 
Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini 
yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan. (O’sha manba va sahifa.)
 
       
Odam (a.s.)ning farzandlari otalari keltirgan shari’atni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. Odam (a.s.) 
ming yil umr ko‘rdilar(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 
105-bet.)
 

Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon)
 
dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays 
tog‘idagi g‘orda, deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Bayt ul-Muqaddasga dafn 
etilganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut.  2001. 14-bet.)
 
 
2-BOB.
 
2.1. Odamning  yaratilishi 
Odam(a.s.) qissasi Qur’oni karimda 10 suraning 78 oyatida zikr etilgan. 
 
 
№ 
 
 
Suralar 
 
 
Oyatlar raqami 
 
 
№ 
 
Suralar 
 
 
Oyatlar raqami 
 

Baqara  
30-38 

Kahf  
50-51 

Oli Imron 
33-59 

Maryam  
58-60 

Moida  
27-34 

Toha  
115-123 

A’rof  
11-27, 31, 35, 172-
173 
9 Yosin 
 
60-62 

Isro  
61-65, 70 
10 
Sod  
71-85 
 
Iblisda paydo bo‘lgan takabburlik va itoatsizlikdan farishtalarni ogoh qilish, uning saltanati, mulki va hukmi 
zavolga yuz tutganini izhor qilish maqsadida Alloh taolo Yerga yangi xalifa – Odamni yaratishni iroda qildi va 
farishtalarga bu haqda: 
«Eslang,  (ey Muhammad) Robbingiz farishtalarga: «Men Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman» - 
deya bashorat berdi. Farishtalar Allohning xos maxluqotlari bo‘lib, Yaratganga itoat va ibodat qilish uchun 
yaratilgan edilar. Ular: «Bizdan biror kamchilik yoki xatolik sodir bo‘lmadimikan», - deb o‘zlarini oqlamoqchi 
bo‘ldilar va: 
«Ey Robbimiz, u yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? 
Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz», deb 
e’tiroz bildirdilar. 
Alloh taolo ularning dillariga taskin berib:  
«Albatta, Men bilgan hikmatni sizlar bilmaysizlar» - dedi. Alloh bilgan hikmat esa, Iblisning takabburligi, 
itoatdan chiqib ketganligini farishtalarga bildirish edi. Shuning uchun ularga amr qilib: 
 ٍﻦﻴِﻃ ْﻦِﻣ اًﺮَﺸَﺑ ٌﻖِﻟﺎَﺧ ﻲِّﻧِإ ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ َﻚﱡﺑَر َلﺎَﻗ ْذِإ
)
٧١
(
ُﺖْﺨَﻔَﻧَو ُﻪُﺘْﻳﱠﻮَﺳ اَذِﺈَﻓ
 ﻲِﺣوُر ْﻦِﻣ ِﻪﻴِﻓ 
 َﻦﻳِﺪِﺟﺎَﺳ ُﻪَﻟ اﻮُﻌَﻘَﻓ
)
٧٢
(
 
 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
«Albatta, Men loydan bir odam yaratguvchidirman. Bas, qachon uni rostlab, unga o‘z ruhimdan 
puflab kirgazganimdan so‘ng unga sajda qilgan holda yiqilinglar!»
  
-(Sod, 71-72.)
 deb buyurdi. 
Keyin Jabroil (a.s.)ni tuproq olib kelish uchun Yerga yubordi. Yer Jabroilga tuproq berishdan bosh tortdi va: 
«Men Allohdan sendan najot berishini va menga nuqson yetkazishingdan saqlashini so‘rayman», - dedi. 
Jabroil (a.s.) Alloh huzuriga chiqib, tuproq ololmaganlarining uzrini aytdilar. Alloh Mikoil farishtani yubordi. 
Mikoilga ham Yer tuproq bermadi.  
Alloh taolo o‘lim farishtasi Azroilni yubordi. Yer unga ham tuproq bermay Allohdan panoh so‘radi. Azroil: 
«Men ham tuproq olmasdan va Allohning buyrug‘ini bajarmasdan qaytib ketishdan Allohdan panoh 
so‘rayman», - dedilar va Yerning bir necha rangli – qizil, oq, qora tuprog‘idan oldilar. Shu sababli insonlarning 
ranglari turlichadir. 
Azroil (a.s.) tuproqni Allohning huzuriga olib chiqdilar, unga suv qo‘shib aralashtirdilar, yopishqoq loyga 
aylandi. Shu holicha tashlab qo‘yildi, to qora balchiqqa aylandi. Shuning uchun otamizning nomlarini Odam 
deyildi, chunki bu so‘z «adim» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralash tuproq» degan ma’noni bildiradi. 
Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) dedilar: 
«Alloh taolo Odam (a.s.)ni Yerning hamma joylaridan olingan tuproqdan yaratgan. Yer turlicha 
rangda va tabiatda bo‘lgani uchun Odam farzandlari ham qizil, qora, oq yoki bu ranglar orasidagi 
ko‘rinishda, tabiatlari esa xursand, xafa, yaxshi, yomon holatda bo‘ladilar. Tuproqni ho‘llab, yopishqoq 
loyga aylantirdi, keyin uni tashlab qo‘yib, achigan balchiqqa aylantirdi, keyin uni yana bir necha 
muddat pishitib, sopol loyiga aylantirdi».(Tarixi Tabariy. Qohipa. 1939.1-j. 62-bet.)
 
 
Alloh taolo Odam (a.s.)ning jismlarini o‘z qo‘li bilan yasadi. Shunday jonsiz holatda qirq kun yotdi. Iblis 
Odam (a.s.)ning jonsiz tanasi yoniga keldi, oyog‘i bilan tepib ko‘rdi. Odamning jasadidan chinni jaranggidek 
ovoz chiqdi. Iblis Odam jasadining og‘zidan kirib, orqasidan chiqdi, yana orqasidan kirib, og‘zidan chiqdi. Uning 
ko‘ziga Odam arzimas narsa bo‘lib ko‘rindi. Iblis dedi: «Sopoldan yasalgan sen arzirli narsa emassan. Men 
senga zo‘rlik qilsam, seni halok qilaman. Sen menga zo‘rlik qilsang, senga itoat etmayman». 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa ko‘pgina sahobiylar rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Alloh 
taolo Odamga ruh ato qilmoqchi bo‘ldi va farishtalarga: «Agar men Odamga ruh ato etsam, sizlar unga sajda 
qilinglar»,- deb buyurdi. Ruh Odamning boshiga kirganda, Odam aksa urdi. Farishtalar unga: «Alhamdu lillah» 
degin, deb o‘rgatdilar. Odam: «Alhamdu lillah», - dedilar. Alloh taolo unga javoban: «Senga Robbing rahm 
qilsin!» - dedi. Ruh Odamning ikki ko‘ziga yetganda jannat mevalarini ko‘rdi. Ruh qorniga yetganda ovqatga 
ishtahasi qo‘zg‘ab, o‘rnidan turishga harakat qildi va jannat mevalariga intildi». 
Alloh Odam (a.s.)ga dunyodagi barcha maxluqot va mavjudotning ismlarini, yaratilish hikmatini o‘rgatdi. 
Odam (a.s.) ilmlari tufayli butun maxluqot ichida eng afzali va eng ulug‘iga aylandilar. Shu ilm tufayli hamma 
narsa u kishiga bo‘yin egdi. Odam zurriyotlari ham shu ilm bilan mufazzal bo‘ldi. 
Alloh taolo barcha farishtalarni chaqirib, ularga o‘zi yaratgan mavjudotlarini ko‘rsatib, nomlarini so‘radi. 
Farishtalar dedilar: 
 ُﻢﻴِﻜَﺤْﻟا ُﻢﻴِﻠَﻌْﻟا َﺖْﻧَأ َﻚﱠﻧِإ ﺎَﻨَﺘْﻤﱠﻠَﻋ ﺎَﻣ ﻻِإ ﺎَﻨَﻟ َﻢْﻠِﻋ ﻻ َﻚَﻧﺎَﺤْﺒُﺳ اﻮُﻟﺎَﻗ
)
٣٢
(
 
 
«Zoti poking haqqi, bizda O’zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir. Albatta, Sen ilm va hikmat 
egasidirsan».( Baqara, 32.)
 
 
Alloh taolo farishtalarga: «Men Yerga sizlardan xalifa qilganimda, sizlar menga itoat qildingizlar, menga 
tasbeh aytdinggizlar, meni ulug‘ladingizlar, menga osiy bo‘lmadingizlar. Sizlardan boshqani xalifa qilsam, u 
Yerni buzadimi, qonlar to‘kadimi? Sizlar doim ko‘rib, uchratib yurgan narsalaringizning nomlarini bilmaysizlar-u, 
Men yaratgan xalifa sizlardan uzoqda bo‘lib, sizlar uning ishlaridan bexabarsizlar, u sizlarni ko‘rmaydi, 
shunday bo‘lsa ham uning haqida «Yerni buzadigan va qonlar to‘kadigan» ekanini qaerdan bildingizlar? 
 َﺐْﻴَﻏ ُﻢَﻠْﻋَأ ﻲِّﻧِإ ْﻢُﻜَﻟ ْﻞُﻗَأ ْﻢَﻟَأ َلﺎَﻗ ْﻢِﻬِﺋﺎَﻤْﺳَﺄِﺑ ْﻢُهَﺄَﺒْﻧَأ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ ْﻢِﻬِﺋﺎَﻤْﺳَﺄِﺑ ْﻢُﻬْﺌِﺒْﻧَأ ُمَدﺁ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
 َنﻮُﻤُﺘْﻜَﺗ ْﻢُﺘْﻨُآ ﺎَﻣَو َنوُﺪْﺒُﺗ ﺎَﻣ ُﻢَﻠْﻋَأَو ِضْرﻷاَو ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا
)
٣٣
(
ُﻗ ْذِإَو
 اوُﺪُﺠْﺳا ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ ﺎَﻨْﻠ
 َﻦﻳِﺮِﻓﺎَﻜْﻟا َﻦِﻣ َنﺎَآَو َﺮَﺒْﻜَﺘْﺳاَو ﻰَﺑَأ َﺲﻴِﻠْﺑِإ ﻻِإ اوُﺪَﺠَﺴَﻓ َمَدﻵ
)
٣٤
(
 
 
«(Alloh) aytdi: «Ey, Odam, ularga nomlari bilan aytib ber». Ularga nomlari bilan aytib berganida, (U) 
dedi: «Men osmonlar va Yer sirlarini, sizlar oshkor qilayotgan va yashirib yurgan narsalaringizni 
bilurman, demaganmidim?». «Eslang, (ey, Muhammad,) Biz farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!», - 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, kibr qildi va kofirlardan bo‘ldi».
 
(Baqara, 33-34.)
 
 
Alloh taoloning amriga ko‘ra farishtalar Odam (a.s.)ga sajda qildilar. Ammo Iblis Parvardigorning 
ne’matlarini unutdi, takabburlik qildi, Allohning unga bergan ulug‘lik maqomi – Yeru osmonlar podshohligi 
maqomi uning ko‘zini ko‘r qildi, bepisand, dimog‘dor maxluqqa aylandi, o‘z valiyne’matining amridan yuz 
o‘girdi. Allohga isyon qilib: 
«Uni tuproqdan, meni esa olovdan yaratgansan. Men Odamdan ustunroqman»,-dedi. Shu tariqa 
Odamga sajda qilishdan bosh tortdi, unga dushman bo‘ldi, natijada Alloh taolo: «Ey mal’un, jannatdan chiq! 
Chunki sen undan quvilding va albatta, senga qiyomatgacha mening la’natim bo‘lsin!» -deb shaytoni 
la’inni haydadi.  
Bu haqda Alloh taolo A’rof surasida batafsil bayon etadi: 
 
 َﻦِﻣ ْﻦُﻜَﻳ ْﻢَﻟ َﺲﻴِﻠْﺑِإ ﻻِإ اوُﺪَﺠَﺴَﻓ َمَدﻵ اوُﺪُﺠْﺳا ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ ﺎَﻨْﻠُﻗ ﱠﻢُﺛ ْﻢُآﺎَﻧْرﱠﻮَﺻ ﱠﻢُﺛ ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ ْﺪَﻘَﻟَو
 َﻦﻳِﺪِﺟﺎﱠﺴﻟا
)
١١
(
 ٍرﺎَﻧ ْﻦِﻣ ﻲِﻨَﺘْﻘَﻠَﺧ ُﻪْﻨِﻣ ٌﺮْﻴَﺧ ﺎَﻧَأ َلﺎَﻗ َﻚُﺗْﺮَﻣَأ ْذِإ َﺪُﺠْﺴَﺗ ﻻَأ َﻚَﻌَﻨَﻣ ﺎَﻣ َلﺎَﻗ
ْﻘَﻠَﺧَو
 ٍﻦﻴِﻃ ْﻦِﻣ ُﻪَﺘ
)
١٢
(
 َﻦِﻣ َﻚﱠﻧِإ ْجُﺮْﺧﺎَﻓ ﺎَﻬﻴِﻓ َﺮﱠﺒَﻜَﺘَﺗ ْنَأ َﻚَﻟ ُنﻮُﻜَﻳ ﺎَﻤَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ ْﻂِﺒْهﺎَﻓ َلﺎَﻗ
 َﻦﻳِﺮِﻏﺎﱠﺼﻟا
)
١٣
(
 َنﻮُﺜَﻌْﺒُﻳ ِمْﻮَﻳ ﻰَﻟِإ ﻲِﻧْﺮِﻈْﻧَأ َلﺎَﻗ
)
١٤
(
 َﻦﻳِﺮَﻈْﻨُﻤْﻟا َﻦِﻣ َﻚﱠﻧِإ َلﺎَﻗ
)
١٥
(
 َلﺎَﻗ
َﻟ ﱠنَﺪُﻌْﻗﻷ ﻲِﻨَﺘْﻳَﻮْﻏَأ ﺎَﻤِﺒَﻓ
 َﻢﻴِﻘَﺘْﺴُﻤْﻟا َﻚَﻃاَﺮِﺻ ْﻢُﻬ
)
١٦
(
 ْﻦِﻣَو ْﻢِﻬﻳِﺪْﻳَأ ِﻦْﻴَﺑ ْﻦِﻣ ْﻢُﻬﱠﻨَﻴِﺗﻵ ﱠﻢُﺛ
 َﻦﻳِﺮِآﺎَﺷ ْﻢُهَﺮَﺜْآَأ ُﺪِﺠَﺗ ﻻَو ْﻢِﻬِﻠِﺋﺎَﻤَﺷ ْﻦَﻋَو ْﻢِﻬِﻧﺎَﻤْﻳَأ ْﻦَﻋَو ْﻢِﻬِﻔْﻠَﺧ
)
١٧
(
 ﺎَﻬْﻨِﻣ ْجُﺮْﺧا َلﺎَﻗ
ﱠنﻸْﻣﻷ ْﻢُﻬْﻨِﻣ َﻚَﻌِﺒَﺗ ْﻦَﻤَﻟ اًرﻮُﺣْﺪَﻣ ﺎًﻣوُءْﺬَﻣ
 َﻦﻴِﻌَﻤْﺟَأ ْﻢُﻜْﻨِﻣ َﻢﱠﻨَﻬَﺟ 
)
١٨
(
 
 
«Albatta,  (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so‘ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so‘ngra 
farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!», - dedik. Ular sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan 
bo‘lmadi.  (Alloh)  aytdi: «Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone’lik qildi?» U dedi: «Men 
undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding». Alloh aytdi: «Undan 
(jannatdan) chiq! Jannatda takabburlik qilishing senga joiz emas. Bas, chiq! Albatta, sen 
haqirlardandirsan». U (Iblis)  dedi: «Menga insonlar tiriltiriladigan kungacha muhlat ber!» Alloh dedi: 
«Albatta, sen muhlat berilganlardansan». U (Iblis alamidan) dedi: «Qasamyod etamanki, meni 
yanglishtirganing tufayli Sening to‘g‘ri yo‘ling (islom dini) uzra odamlarni chalg‘itish uchun o‘tiraman. 
So‘ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o‘ng tomonlaridan va so‘l tomonlaridan (chalg‘itish uchun) 
kelaman. Natijada ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan». (Alloh)  aytdi: «Jannatdan 
ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning 
barchangiz bilan jahannamni to‘ldirajakman».(A’rof, 11-18.) 
Shayton avvalgi maqomini o‘rtaga solib Allohdan qiyomatgacha unga muhlat berishini so‘radi. Alloh unga 
muhlat bergandan so‘ng, shayton tavba qilish o‘rniga alamzadalik bilan Odamdan o‘ch olmoqchi bo‘lib: «Ey 
Odam, sen mening xorlanishimga sabab bo‘lding, men zurriyotlaringni oldilaridan ham, orqalaridan ham, o‘ng 
taraflaridan ham, chap taraflaridan ham kelib vasvasa va ig‘vo qilaveraman, yo‘ldan ozdiraveraman, ko‘plarini 
Allohning ne’matlariga shukr aytmaydigan insonlarga aylantiraman!» deb qasam ichdi. 
Parvardigor ham insonlarni: 
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling