Islomova Gulnoza Ibodulla qizi p iskent tumaniga sayohat Turizm fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi


Download 1.68 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1003557
Bog'liq
Piskent tumaniga sayohat


Islomova Gulnoza Ibodulla qizi

P iskent tumaniga sayohat



Turizm fakulteti
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi
22/2-guruh

TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI


Piskent tumani-Toshkent viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan.Shimol va shimoliy-sharqdan Ohangaron va O’rta Chirchiq,g’arbdan Oqqo’rg’on,janubiy-g’arbdan Bo’ka tumanlari,janubdan Tojikiston Respublikasining Sug’d viloyati bilan chegaradosh.Maydoni 0,79 ming km.Aholisi 86.3 ming kishi(2003). Piskent tumanida 1ta shahar 6 ta qishloq fuqarolari yig’ini(Do’ngqo’rg’on, Kerovchi,Murotali,Koriz,Oqtepa,Said) bor. Tuman markazi-Piskent shahri.


TABIATI
Tuman hududi Qurama tog’ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida,Chirchiq-Ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan.Yer usti sharqdan g’arbga tomon qiya.O’rtacha balandligi 300-2500 m.Sharqiy qismi Qurama tog’lari,adirlar,cho’l,yaylovlar bilan band.Relyefi biroz past-baland eski daryo o’zanlari,jar va jilg’alar bilan parchalangan.Tumanning g’arbiy qismida sug’oriladigan yerlar joylashgan.Tuproqlari asosan tipik bo’z tuproqlar,pastqam joylarda o’tloqi,botqoq o’tloqi,allyuvial tuproqlar. Qurama tog’idan Ohangaron daryosi oqib tushadi.Shimoliy chegarasi bo’ylab Toshkent suv ombori joylashgan(Toshkent dengizi).Iqlimi mo’tadil issiq,quruq.Yillik o’rtacha harorati 13,5,eng yuqori harorati 41,1.Yillik yog’in miqdori 350 mm.Yovvoyi o’simliklardan tekisliklarda qamish,dashtda shuvoq, sho’ra, tog’ oldi yerlarida bo’tako’z,daryo va soylarning vodiylarida archa,do’lana,olma,olcha ,zarang va boshqalar o’sadi.Yovvayi hayvonlardan daryo qayirlarida bo’ri,chiyabo;ri,yumronqoziq,quyon,to’qay mushugi, o’rdak, g’oz,qirg’ovul tog’larda kaklik,bedana,maynalar yashaydi. Tumannig sharqiy qismida mis,qo’rg’oshin,rux,oltin,molibden va boshqa nodir metall rudalari,ohaktosh,shag’al,qum va boshqa turli xil qurilish mollari olinadi.Aholisi asosan o’zbeklar,shuningdek tatar,qozoq,rus va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga109.2 kishi.Shaharliklar 31.4 ming kishi,qishloq aholisi 54.9 ming kishi(2003).
XO’JALIGI
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Sanoat,transport,aloqa,qurilish korxonalari bor.Shirkat va dehqon fermer xo’jaliklari paxtachilik, bug’doychilik, g’allachilik,chorvachilik bilan shug’ullanadilar.Tumanda 66 ta davlat,1243 ta nodavlat korxonasi,1 ta qo’shma korxona,10 taaksiyadorlik jamiyati,2 ta jamoa, 8 ta shirkat xo’jaligi,970 ta fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi.Tumanning sug’oriladigan ekin maydoni 20,7 ming, shu jumladan,10 ming gektar yerga paxta,8,4 ming gektar yerga don,420 gektar yerga poliz va sabzavot ekinlari ekiladi.Piskent tumanidagi 38 ta maktbda 20,2 ming ga yaqin o’quvchi ta’lim oladi.Yordamchi internet maktabi,kasb-hunar kolleji,8 ta klub,22 ta kutubxona,madaniyat va istirohat bog’I va 8 ta stadion mavjud.Markaziy shifoxona,yuqumli kasalliklar va bolalar shifoxonalari,4 ta qishloq vrachlik punktlari,5 ta vrachlik ambulatoriyalari,markazlashgan dorixonalar hamda xususiy dorixonalar aholiga xizmat ko’rsatadi.Piskentda tuman hokimyat binosi,ma’muriy idoralar,paxta tozalash zavodi,” KANOP” Uzbekistan-Chexiya qo’shma korxonasi,g’isht ishlab chiqarish sexlari,”PISKENTSIFAT” brezent tikish korxonasi, metall quymalar tayyorlovchi “MEHNAT” aksiyadorlik jamiyati,yaxna ichimliklar sexi,non ishlab chiqarish kichik korxonasi,mebel ishlab chiqarish kichik korxonasi faoliyat ko’rsatadi.Keyingi yillarda shaharda dehqon bozori,”Saodat” tantanalar uyi,”Sog’lom avlod” tayanch punkti,150 o’rinli tug’ruqxona,yuzlab savdo do’konlari va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari qurildi.Markaziy Piskentni Toshkent, Olmaliq,Ohangaron va boshqa shahar va tumanlar bilan bog’laydi.Piskent Olmaliq shahri bilan uzviy bog’langan.Olmaliqdan Piskentga sanoat mollari,qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkaziladi.
QISHLOQ XO’JALIGI
1954-yilda tug’ilgan mashhur olim va sayyoh Mahmud ibn Valining “Bahrul asror” (“Sirlar dengizi”) nomli yeti jildli shoh asarida Piskentga quyidagicha ta’rif berilgan. “Shoshning yana bir go’zal tumanlaridan biri Piskentdir. U bag’oyat obodonlashgan ko’hna qishloq-ovullar, poyonsiz mo’l ko’l, hosildor maydonlarga ega shahardir.U yerda jannatmisol bog’-rog’lar, gulzorlar ko’p. Don ekinlaridan bug’doy, no’xat, mosh, va guruchlari ayniqsa mashhur.Yerlari hosildor bo’lib, sabzavotlari a’lo darajalidir ”. Haqiqatdan ham Piskentda yetishtirilgan shirin-shakar uzumlarning dovrug’i butun respublikaga mashhurdir. Hozirgi kungacha bog’-rog’larda bunday uzumlarning turli navlari yetishtirilmoqda. Bu bog’lardan mo’l ko’l hosil olinib, xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Ayniqsa, Toshkent chillakisi, oq chillaki, Namangan chillakisi, kishmish va uning qora, oq, sariq navlari, husayni, rizamat, qora, go’zal, buvomaxsum, yakdona surxoni, sultonib kabi navlari yetishtiriladi. Ilgari toklar ishkom holida parvarishlangan bo’lsa,hozirgi paytda deyarli hamma bog’larda uzumlar so’ri holida yetishtirilmoqda. Tuman hududida intensiv bog’lar ham tashkil etilgan. 300 gektar lalmi yer maydonini esa yana shunga o’xshash intensiv bog’lar, uzumzorlar barpo etish bo’yicha loyihalar amalga oshirish maqsadida tadbirkorlarga ajratib berildi.

TARIXI
Piskent tumani Toshkent viloyatining eng qadimiy shaharlaridan biri.V.V.Bartold va M.Ye.Masson piskentni Ohangaron daryosining chap sohilidagi yodgorlik qoldiqlari bilan bir vaqtda paydo bo’lgan deb ko’rsatadilar.Piskentning dastabki qismi Pushti Mahmud tepaligi bo’lib u VI-VII asrlarda shahar shakliga kira boshlagan.X-XII asrlarda ravnaq topgan. Shoshdan Farg’onaga o’tgan savdo yo’lining ustida qulay joylashganligi tufayli IX-X asrlarda bu yerda qadimgi tarixiy manbalarga ko’ra Biskat deb atalgan shaharcha paydo bo’lgan.XIII asr boshida mo’g’ul bosqinchilari Piskentni vayron qilganlar.XIII-asrning o’rtalarida uning g’arbiy chekkasi yana tiklangan bo’lsada shahar kichrayib qishloq darajasiga tushib qolgan.XIV-XVI asrlaeda Temuriylarva boshqa hukmdorlar mulki tarkibiga kirgan.Bir qancha tarixiy arxeologik yodgorliklar bugungi kungacha yetib kelib tarixiy manba sifatida baholaniladi.
TURIZMI
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishni o’zining asosiy maqsadi qilib oldi.Turizm bu xordiq chiqarishning samarali usuli bo’lib dam olish,sport,atrof-muhitni anglash,savdo va fan,davolanish, boshqa xalqlarning an’analari bilan yaqindan tanishishidir. Shunday bir paytda Piskent tumanida turizmni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi,lekin turizm sohasiga kam e;tabor berilgan.Biroq bu yer o’ziga xos tabiat go’zalligiga ega ekanligi,uzoq tarixiy davrlarni boshdan kechirgan,takrorlanmas, betakror arxeologik yodgorliklar va muqaddas qadamjolarni o’z ichiga olgan.2019-yil 16-fevral kuni tuman aholisi va tadbirkorlar ishtirokida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilib,turistlarga xizmat ko’rsatishni yangidan yangi obyektlar,zamon talablariga javob beradigan jami 4 ta mehmonxonalar qurilib ishga tushirilishi,agroturizmni rivojlantirish uchun mehmon uylari sonini ko’paytirish,atrof-muhitni sog’lamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini shakllantirishdagi ishlarni yanada muvofiqlashtirish maqsadida 2019-yilda Kultepa MFY hududi Bobog’oziy turk to’g’on ziyoratgohida 2 ta,Parpiota ziyoratgohi yonida 1 ta,Ko’l ota MFY da 1 ta,Saidobod MFY da 1 ta,Fayziobod MFY hududida 1 ta jami 6 ta turizm infratuzilma obyektlardagi sanitariya-gigiyena shaxobchalarini qurish rejalashtirilmoqda.Shundan bugungi kunda 2 tasi Bobog’oziy turk to’g’on ziyoratgogi atrofida, Parpiota ziyoratgohida esa 1 tashaxobcha qurib bitkazilgan.Qolgan 4 tasi 80-100 kvm maydon ajratilishi ustida bo’lajak mulkdorlar taklif kiritgan,yer ajratish va berilgan imtiyozlardan unumli foydalanish haqida so’z boradi.Turizmning ommaviy turlaridan biri bu ziyorat turizmidir. Umumjahon turistik tashkilotining ma’lumotiga ko’ra har yili 200 mlndan ko’proq kishi ziyorat qilish uchun ziyorat qilinadigan joylarga otlanadi.Ziyorat turizmi-turizmning uzoq tarixiy ildizlariga ega bo’lgan shakllaridan biridir.Piskent tumanida ham shunday muqaddas qadamjolar bo’lib,ular o’sha yerda yashovchi xalqlarning tarixidan so’zlaydi.
QIRQ QIZ ZIYORATGOHI
Toshkent viloyati Olmaliq shahridan 6 kilometrcha g’arbda Ko’l ota qishlog’i bor.Uning yuqori tomonidagi tog’ tagida 40 ta buloq qaynab yotibdi.Suvlarining mazasi har xil.Zamonaviy tibbiyot ularning turli dardlarga davo ekanini tasdiqlagan.Bu yer hozirgi paytda ziyoratgohga aylangan.Har kuni turli viloyatlardan yuzlab ziyoratchilar tashrif buyurishadi.Tashrif buyuruvchi ziyoratchilar uchun hamma sharoitlar mavjud.Ular kun bo’yi vaqtlarini maroqli o’tkazadilar.Ular uchun maxsus dam olish o’rinlari tashkil qilinib o’sha joyning o’zida taom tayyorlab iste’mol qilishadilar.
QIRQ QIZ ZIYORATGOHI


QIRQ QIZ ZIYORATGOHI TARIXI


Mahalliy aholining hikoya qilishicha VIII asrlarda bu joylarda bir podshoh hukmronlik qilgan.Uning yolg’iz qizi bo’lgan ekan.Azaldan bu yerlar turli qazilma boyliklari xususan oltin konlariga boy bo’lgani uchun bu zaminga ko’p mamlakatlar ko’z tikishgan.Bir kuni yov bostirib keladi.Yov ko’pligidan yengilishini sezgan podshoh qiziga chopar yuborib yashirinishni amr etadi.Kanizaklari bilan 40 nafar bo’lib tog’ga qochib ketayotgan shoh qizi dushman lashkarlariga duch keladi.Or-nomusini saqlab qolish uchun qizlar o’zlarini chuqurlikdagi ko’lga otib halok bo’ladilar.
Oradan yillar o’tib ko’lning quyi qismida Ko’l ota qishlog’i bunyod bo’ladi.Qishloq aholisi ko’paygani sayin suvga bo’lgan talab ham kuchayadi.Bora-bora ko’lning suvi kamlik qilib qoladi.Ular ko’l ko’zini ochganiga qaramay suv sathi yildan-yilga pasayib boraveradi.Oradan yana yuz yillar o’tib ko’lning o’rnida buloqlar hosil bo’ladi.Mahalliy aholi bu yerga kelib buloqlarni sanab ko’rishsa jami 40 ta bo’ladi.Shunda ular ota-bobolari aytgan hikoyani,ya’ni ko’lga o’zlarini tashlab halok bo’lgan 40 ta qizni eslashadi va unga “Qirq qiz buloq ” deya nom berishadi.Injener gidrogeologlar R.S.Subbotin va P.I.Nachayevichning ta’kidlashlaricha 850-1000 metr chuqurlikdagi mineral suv tarkibi shifobaxshligi jihatidan Toshkent mineral suv kabidir deyishgan.Mineral suv tarqalish zonasi janubdan Tuyabo’g’iz suv ombori, Piskent shimoliy qismi,Kerovchi qishlog’i va Olmaliq shari tomon cho’zilgan.Hududning sharqiy qismining relyefi qiyalikdan iborat bo’lib dastavval ko’p yillik daraxtlar so’ngra ularning o’rnini asta-sekinlik bilan turli o’lchamdagi katta-kichik harsang toshlar egallaydi.Ushbu ko’rinish o’ziga xos bo’lib insonga o’zgacha zavq bag’ishlaydi.Aynan hududning shu qismida qolgan daraxtlarga nisbatan ancha yoshi ulug’ va tashqi ko’rinishi nisbatan baxaybat daraxt qad rostlab turadi,dardiga shifo istab kelgan aholi tomonidan niyatlari ijobat bo’lishini so’ragan holda mato bo’lagini bog’lash qadimdan amalga oshirilib kelinayotgan odatlardan biridir.”Qirq qiz” yoki forscha “Childuxtaron” nomli joylarni O’rta Osiyoda ko’plab uchratish mumkin.


BOG’ZIYON OTA ZIYORATGOHI
Piskent-Olmaliq yo’lida joylashgan bo’lib ziyoratgoh qabriston ichida qad rostlagan.Hududning yuqori qismida ziyoratchilar uchun maxsus bino qurilgan.Ziyoratgoh joylashgan qabristonning nomlanishi Muhammad “ s.a.v.” xizmatida bo’lgan Bobo G’oziy Turk To’g’onga borib taqaladi.Ushbu hudud tuprog’i asosan qizil rangda bo’lib mahalliy aholi tomonidan rivoyat qilinishicha bunga asosiy sabab Bobo G’oziy Turk To’g’on ona diyoriga bostirib kirgan dushmanlar bilan ayovsiz olishuvida to’kilgan qoniga qorishuvidan hosil bo’lgan degan rivoyatlar bor. Toshkent viloyati Piskent tumanida Payg’ambarimiz Muhammad “s.a.v.” ga tegishli mo’y hozirda Kultepa MFY da istiqomat qiladigan Qo’ydiniso Quronova xonadonida to’rt avloddan beri saqlanib kelinmoqda. Payg’ambarimizning mo’yi kichkina shisha idishdagi suvda saqlanib kelingan.Payg’ambarimizga tegishli buyumlar, uy anjomlari hozirgi kunda dunyoning sanoqli davlatlaridagina saqlanadi.Mo’y Orif akaga bobosining akasidan meros.U to’rtinchi avlod vakili hisoblanadi.
PARPI OTA ZIYORATGOHI
Parpi ota mozori muqaddas qadamjo bo’lib mahalliy aholining ibodat joyi hisoblanadi.Imloq shaharchasidan janubga 4 km masofada (Olmotadan janubga 10-11km) joylashgan.Umuman olganda mozorning o’zi yo’q, qarorgoh qoyatosh tuynugida hosil bo’lgan alohida qoya sanalgan.ayrim olimlarning fikricha daryoga tushib ketuvchi qatlamdagi paleozologiya ohaktoshi g’ayriodatiy tusda ya’ni tuynuk shaklida yuvilib noto’g’ri shall hosil qilgan. Aynan u Parpi ota nomini olgan. Mazkur qadamjoga tashrif buyurgan kishi turli xil forih bo’ladi deb hisoblashgan xususan qutirgan hayvon tishlaganda kelib chiqqan quturish kasalligi yoki naslsizlikdan davolanganlar.

PUSHTI MAHMUD TEPALIGI
Piskentning sharqiy qismida Pushti Mahmud tepaligi joylashgan.Uning ikkinchi nomi “Bola pushta” deb ham ataladi.Aytishlaricha bu yerda afsonaviy Mahmud podshoning qal’asi bo’lgan va to’rt tomoni katta jarliklar bilan ajralib turgan.Qal’aning sharqiy tomonida mudofaa devori bo’lib unda qo’shimcha istehkom va kuzatish punkti joylashgan.Bu yerda 1906-yili arxeologik qazish ishlari olib borish natijasida xum parchalari,xum idishda esa vaqt o’tishi bilan chirib ulgurgan tariq doni qoldiqlari hamda turli davrlarga oid bir necha tangalar topilgan.1921-yilda M.E.Masson rahbarligida bu yerda arxeologik qazish ishlari olib borilganda XII asrga tegishli yaxshi holatda saqlangan yashil rangdagi chiroq, bir necha shisha idish qoldiqlari, “simob ko’zachalar”, sopol parchalari, qozon va XI-XII asrlarga oid uy ro’zg’or buyumlari topilgan.Tepalikning g’arbiy qismida vaqt o’tishi bilan ancha nurab qolgan paxsa devor qoldiqlari uchraydi.

TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANIDA MAVJUD BO’LGAN ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR

Obyektning nomi

Qurilgan vaqti

1 Qirg’iz tepa

IV-VII asrlar

2 Ko’l ota

O’rta asr

3 Ko’lkara tepa

IX-XII asrlar

4 Naus

VI-VIII asrlar

5 Oqtepa

IX-X asrlar

6 Safarboy tepa

Aniqlanmagan

7 Pushti Mahmud

VI-VIII,IX-X

8 To’rtko’l tepa

Aniqlanmagan

9 Tunaditar tepa

VI-IX asrlar

10 Kerauchi

Aniqlanmagan



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 The journal of academic research in educational sciences
2 Oxunjonova Dildora o’quv qo’llanmasi
3 Toshvil.uz sayti
4 Geografiya.uz sayti
5 Znanio.ru sayti
6 Uz.m.wikipedia sayti
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling