Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish
Download 197 Kb.
|
faxi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi k o’rsatkichlari .
Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishReja: Kirish I-bob 1.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati. 1.2. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar.1.3. Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari.1.4. Samaradorlikni baholovchi ko’rsatkichlar.1.5. Samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari.Xulosa…………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar………………… Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi har bir korxona ko`p sonli va turli muammolarga duch kelib, ulardan biri xo`jalik yuritish tizimida o`ziga munosib o`rin egallash hisoblanadi. Bu vazifani korxona (firma) o`z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish g`oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni belgilab qo`ygan holdagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga berilgan ijobiy javob korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa belgilaridan qat'i nazar, uning yaratilishi va kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishiga asos bo`la oladi. G`oyani real voqelikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Belgilangan ishlab chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati bilan ta'minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta'minlash, ya'ni sotuv kanallarini izlab topish ham muhim ahamiyat kasb etadi, korxonaning marketing strategiyasi hissasi katta bo`ladi. Biznes-reja yuqorida aytib o`tilgan va shu kabi boshqa vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. U bir tomondan korxona imkoniyatlarini aniq va to`g`ri baholashga imkon bersa, boshqa tomondan muvaffaqiyatga va rejalashtirilgan ishning daromadliligiga umid qilishga imkon beradi. Amaliyotning ko`rsatishicha, puxta ishlab chiqilgan biznes-reja raqobatbardoshlik sharoitlarida korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy jihatdan barqarorligini ta'minlab, bozordan o`ziga munosib o`rin egallashiga imkon yaratadi. Biznes-reja investitsiyalarni asoslab beruvchi umumlashtiruvchi hujjatlardan dastlabkisi bo`lib, mahsulotlarning rejalashtirilayotgan nomenklaturasi va ishlab chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning er, energetika va mehnat resurslariga ehtiyojlari kabi ko`rib chiqilayotgan loyihaning tijorat, byudjet va iqtisodiy samaradorligiga doir tushuncha beruvchi bir qator ko`rsatkichlar haqidagi yiriklashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo`ladi. Ko`rsatkichlar hisob-kitobi mamlakatimiz va xorijiy investitsiyalash talablariga moslashtiriladi. Biznes-reja intelektual mulk ob'ekti bo`lib, tijorat siri hisoblanadi va mos ravishda himoya qilinadi. Download 197 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling