Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish


Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati


Download 197 Kb.
bet2/5
Sana13.12.2022
Hajmi197 Kb.
#1000931
1   2   3   4   5
Bog'liq
faxi tayyor

1.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati


Bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning oqilona yo’llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan harajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni ko’zda tutadi.


Ko’rsatib o’tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi harajatlar birligiga to’g’ri kela­digan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish harajatlarining tarkibi va hajmi yotadi. Harajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarf­langan mablag’larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsu­lot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha moddiy hara­jatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish harajatlari, mehnatga haq to’lash harajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha harajatlarini ikki guruhga: doimiy va o’zgaruvchan harajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy harajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bi­lan ham o’zgarmaydigan harajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta badallari, boshqaruv xodimlarining ish haqlari va boshqalar kiradi.
O’zgaruvchan harajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ish­lab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va so­tish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar tushuniladi. Bularga xomashyo, materiallar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va boshqa harajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish harajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir.
Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy harajatlar va ularning ayrim turlarini xo’jalik faoliyati­ning natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o’rganuvchi ularni o’zicha, u yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi ko’rsatkichlar.



Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling