Ismailova T. S., Haydarov B


Maks Veberning byurokratik tashkilotga bergan tavsiflari


Download 1.88 Mb.
bet6/14
Sana06.12.2020
Hajmi1.88 Mb.
#161010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Menejment asoslari


Maks Veberning byurokratik tashkilotga bergan tavsiflari10

1.

Mehnat taqsimoti xodimlarning vakolatlari va javobgarligini aniq belgilab qo’yish hamda ularni qonunlashtirilgan majburiyatlarni bajarishga yo’naltirish asosida oshiriladi.

2.

Lavozimlar rasmiy vakolatlarga muvofiq iyerarxik tuzilmani tashkil etadi va bunda har bir lavozim yuqori turuvchi lavozimga bo’ysunadi.

3.

Xodimlarni tanlash va xizmat bo’yicha siljitish ularning malakalariga muvofiq amalga oshiriladi, malaka darajasi esa, imtihon qilib yoki o’qitish-o’rgatish, tajribalariga muvofiq belgilanadi.

4.

Barcha ma’muriy hujjatlar va qarorlar yozma tarzda rasmiylashtiriladi. Yozib borish uzluksizlikni ta’minlaydigan korxona xotirasi hisoblanadi.

5.

Menejerlar tashkilot mulkdorlari hisoblanmaydi.

6.

Menejerlar belgilangan qoida va tajribalarga muvofiq ishlaydilar, bu esa ularning xatti-harakatlari, xulqining ishonchli, aniq bo’lishini kafolatlaydi. Qoidalar shaxssiz bo’lib, hamma xodimlarga bir xil darajada talluqlidir.

Hozirgi zamon tashkilotlarida “byurokratiya” atamasi salbiy ma’noni bildiradi hamda cheksiz qoidalar va rasmiyatchilik, to’rachilik bilan bog’lanib ketadi. Hammamizga ham uzoq cho’zilgan navbatlarda turishga, bema’ni tuyulgan talablarni bajarishimizga to’g’ri kelgan. Ikkinchi tomondan, bu kabi barcha byurokratik qonunlar, tartiblar va talablar o’zaro munosabatlarning salbiy usulini keltirib chiqaradi, xodimlarning har biriga bir xildagi talablar qo’yiladi, ularning barchasi yagona qoidalarga amal qilishlari kerak bo’ladi. Huddi shu byuroktratiya ko’pgina tashkilotlarga g’oyat yuqori samarali faoliyatga erishish uchun yo’l ochib berdi. Maks Veberning byurokratik tashkilotga bergan tavsiflari 4 jadvalda keltirilgan.

Ma’muriy tamoyillar. Mumtoz yo’nalishning eng so’nggi sohasi ma’muriy tamoyillar sifatida keng yoyildi. Uning tarafdorlari asosiy e’tiborni alohida ishchiga emas, balki umuman tashkilotga va menejmentning rejalashtirish, tashkil etish, komanda zanjiri, ayrim ishchilarning mehnat unumdorligini muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabi vazifalariga qaratadilar. Ma’muriy tamoyillar konsepsiyasi rivojiga Anri Fayol, Meri Parker Follet va Chester Bernaru katta xissa qo’shgan.

Anri Fayolning fikricha, bu tamoyillar ichki tuzilishi qanday bo’lishidan qat’i nazar, har qanday tashkilotda qo’llanilishi lozim. Unga menejmentning asosiy funksiyalari – elementlarini tashkil etish, komanda zanjiri, muvofiqlashtirish va nazorat qilish ham kiradi, bu elementlar hozirgi zamon menejment konsepsiyalarida ham ahamiyatini saqlab kelmoqda.





Bugungi kunda ham g’oyat zamonaviy bo’lgan “O’z rejalaringiz ketidan quvmang” shiori Meri Folletga tegishlidir. Meri Follet menejerlar va tashkilotlarning o’zaro munosabatlari dinamikasini tahlil qilgan edi. U 1990 yillarda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan savollarga javob izlaydi. Bular – axloq, hokimiyat, liderlik, o’z qo’l ostidagi xodimlarning ish unumini oshirish, unga hokimiyat berish, qattiq nazorat qilish o’rniga xodimlarga ko’proq yordam berish, hokimiyat vakolatlariga bog’liq bo’lmagan holda xodimlarning huquqlari, vaziyatga qarab ishlash konsepsiyalari nazariy tadqiqotlarda yangi davrni ochib berdi. Uning ishini Chester Bernaru va boshqa tadqiqotchilar davom ettirdilar.



Chester Bernaruning menejment nazariyasiga qo’shgan yana bir ulkan hissasi – hokimiyatni tan olish nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariya iroda erkinligiga ega bo’lgan shaxslar o’zlarining boshqaruv buyruqlariga amal qilish yoki qilmasliklarini hal qilish huquqiga egadir, deb hisoblaydi.

Odatda, kishilar buyruqlarga bo’ysunadilar, chunki bu ularning o’zlariga naf keltiradi, lekin ular boshqa yo’lning borligini ham unutmasliklari kerak. Menejerlar o’z xodimlari bilan munosib tarzda muomalada bo’lishlari shart, chunki xodimlarning hokimiyatni tan olish eng ma’suliyatli vaziyatlarda tashkilot yutuqlarining qaltis omili bo’lib qolishi mumkin.

Umuman olganda, menejmentning mumtoz yo’nalishlari ustunligi davri fikrlarga boyligi bilan ajralib turadi. Boshqarishda tezda fundamental bo’lib qolgan yangi tushunchalar paydo bo’ldi, tashkilotlarning ish unumdorligi ortdi, menejment va ishchilar o’rtasidagi munosabatlar yaxshilandi. Mumtoz menejmentning ko’pgina g’oyalari Amerika tuprog’ida paydo bo’ldi va boshqa ko’p mamlakatlarda birinchi navbatda, Yaponiyada tarqaldi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling