Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Oy kunlari
Ishchilar soni 1 625 2 635 3 640 4 648 5 648 6 shanba 648 7 yakshanba 648 va hokazo ……. 31 21447 Oyning barcha kunlarida ishlovchilarni ro’yxatdagi soni yig’indisi 21447ga, oydagi kunlar soni 31 ga teng, bundan o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni: 632ni (21447:31) tashkil etadi. Oyda to’liq ishlamaydigan korxonalar (ishlab chiqarish mavsumiy bo’lgan, yangidan tashkil etilgan va hisobot oyida ish boshlagan korxonalar) uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishlovchilar soni – korxona dam olish va bayram kunlar, boshqa ish kunlarida ishlagan ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisini oydagi kalendar kunlarga bo’lib aniqlanadi. Kvartallik o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini aniqlash uchun kvartalning 3 oydagi o’rtacha ro’yxatdagi barcha ishchilar sonini 3 ga bo’lamiz. Misol, korxonaning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni : yanvar oyida 620 kishi, fevralda 640 kishi va mart oyida 690 kishi 3 oyning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisi (620+640+690) tashkil etadi, 1 – kvartalning o’rtacha ro’yxatdagi ishchilari soni esa 650 (1950:3) kishiga teng. Agar korxona kvartalda to’liq ishlamagan bo’lsa, o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini 3 ga bo’lish orqali topiladi. 218 Misol: korxona yangitdan tashkil etildi va 15-fevralda ishlarni boshladi. Ushbu korxonanig fevral oyidagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni – 280 kishi, mart oyida esa – 640 kishi. Demak, korxonaning 1 kvartaldagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni 307 kishi ((280+640):3) tashkil etadi. Agar korxona kalendar yilda to’liq ishlamagan bo’lsa, (mavsumiylik, yilning o’rtalarida korxona ishga tushgan bo’lsa) undan yilning boshidan boshlab ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni – korxona ishlagan barcha kalendar oydagi o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni yig’indisi korxona ishga tushgan oydan emas, balki yilning boshidan boshlab kalendar oylar soniga bo’lish orqali topiladi. Agar joriy yili korxona tarkibida qandaydir o’zgarishlar vujudga kelgan bo’lsa (masalan, kattalashsa, boshqa korxonalar bilan birlashsa), unda yilning boshidan boshlab o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar sonini hisoblashda oldingi oy ma’lumotlari korxonaning yangi tarkibida qaytadan hisoblanishi kerak. Ro’yxatdagi ishchilar sonidan ishga kelgan ishchilar haqiqatda kelganlarni ko’rsatadi. Haqiqiy ishchilar soni – ishga kelgan ishchilar soni bilan bir qatorda, haqiqatda ishga qabul qilingan ishchilar sonini ham ko’rsatadi. Ishga kelgan va haqiqiy ishchilar soni o’rtasidagi farq kunlik bekor turib qolishlarda (avariya, elektr-energiya, xom-ashyo uzatishda to’xtab qolishlar tufayli) bo’lgan shaxslarni ko’rsatadi. Ishchilar sonini hisoblash – korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi. Smenalik koeffitsienti – ishchilarning smenada bandligi maromiyligini ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient har bir sex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi. Smenalik koeffitsientini hisoblash uchun, barcha smenalarda ishlangan kishi kunlar sonini (yoki barcha smenalarda band bo’lgan ishchilar sonini) ishlangan kishi kunlar soniga (yoki eng katta smenadagi ishchilar soni) bo’lish kerak bo’ladi. 219 Misol. Korxonaning har bir smenasida ishlangan kishi-kunlar quyidagicha taqsimlangan: 1-smena uchun – 10000, 2-smena uchun – 9000, 3-smena uchun – 8000. Korxonada 500 ish o’rinlari bo’lib, 25 kun ishladi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra smenalik koeffitsienti 2,7 ((10000+9000+8000):10000=27000:10000) tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, korxona haqiqatda o’rtacha 2,7 smenada ishlagan demak, hamma smenalar ham (3 smenalik rejimda) yetarlicha band bo’lmagan va ish joylarining ma’lum qismi bekor turib qolgan. Agar korxonaning turli sexlarida eng ko’p ishlagan smenalar bitta emas, balki bir necha bo’lsa, unda smenalik koeffitsentini aniqlash quyidagi misol yordamida havola qilinadi. Misol. Korxonaning 2 ta sexida ishlagan vaqt quyidagicha taqsimlanadi: Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling