Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2 – jadval. Tashqi bozordagi faoliyat uchun malaka matritsasi. № Bilim sohasi Bilim darajasi 1 Mezonlar
- 12.3 – jadval. Tashkiliy struktura va ish haqi hisobi. Korxona strukturasi va xodimlar toifasi Soni, kishi Oylik ish
- II. Ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi ish haqi
- Jami Mukofot, qo’shimcha to’lovlar Jami II-punkt bo’yicha Xodimlar ish haqidan ajratmalar – 25 %
206 12.1 – jadval. Ish turlari bo’yicha malaka matritsasi. № Ishlar Xodimlar Asosiy xodimlar yo’qligi 1 2 3 4 1 Marketing tadqiqotlari 2 Reklama 3 Ishlab chiqarish 4 Mahsulotni loyixalash 5 Sotuv 6 Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish 7 Moliya 8 Buxgalteriya 9 Transport 10 Ish yuritish 11 Huquqiy xizmat 12 Axborot va kommunikatsiya xizmati Tashqi bozordagi faoliyat uchun quyidagi jadval tuziladi. 12.2 – jadval. Tashqi bozordagi faoliyat uchun malaka matritsasi. № Bilim sohasi Bilim darajasi 1 Mezonlar Yetarli Malaka oshirish lozim Malaka egallashi zarur 2 Madaniyat va odatlar 3 Iqtisodiy siyosatlar va davlat boshqaruvi 4 Huquq va hisobot 5 Xalqaro bank faoliyati 6 Xalqlaro marketing 7 Transport 8 Hujjatlashtirish 9 Aloqa 10 Tajriba va muloqot Ushbu jadvalni tuzishdan ko’zlangan maqsad xodimlar malakasi va tashqi bozorga chiqishda ularga qo’yiladigan talablar orasida moslikni o’rnatish borasida ekspertiza o’tkazishdan iboratdir. So’ngra jadval ko’rinishidagi korxona tashkiliy strukturasi tuziladi. 207 12.3 – jadval. Tashkiliy struktura va ish haqi hisobi. Korxona strukturasi va xodimlar toifasi Soni, kishi Oylik ish haqi, so’m Yillik IHF, so’m I. Davr xarajatlari tarkibidagi ish haqi Administrativ boshqaruv xodimlar –direktor –direktor o’rinbosari –bosh buxgalter I-punkt buyicha jami Ajratmalar – 25 % II. Ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi ish haqi Ishlab chiqarish sexi 1 – uchastka –master –smena ishchilari 2 – uchastka –master –smena ishchilari Pardozlash uchastkasi –master –ishchilar Jami Mukofot, qo’shimcha to’lovlar Jami II-punkt bo’yicha Xodimlar ish haqidan ajratmalar – 25 % 12.2. Korxonaning kadrlar siyosati va xodimlarni boshqarish Firmaning tashkiliy tarkibini tadqiq etishda kadrlar siyosatini tahlil qilish ham g’oyat muhim ahamiyatga molik. Yirik kompaniyalar qo’llaydigan kadrlar siyosatidagi zamonaviy usullar ishlab chiqarish va savdo-sotiq samaradorligini ta’minlashda firma xizmatchilarining hal qiluvchi o’rni borligini e’tirof etishga asoslanadi va sifatli amalga oshirilgan ish uchun moddiy va ma’naviy rag’batlantirish usulini qo’llashni nazarda tutadi. Xo’jalik yuritish sharoitlarining o’zgarishi, ishlab chiharishning murakkablashuvi, axborot bazasining rivojlanishi xodimning mustaqilligini 208 kengaytirish hamda unga yuklanadigan mas’uliyat darajasini oshirishni taqozo etdi. 60-yillarning oxirida amerikalik olim Duglas Makreger boshqaruvni tashkil etishda qo’llaniladigan ikki konsepsiyani qiyoslab (ularni shartli ravishda "X nazariya" va "Y nazariya" deb atadi) chiqdi. "X nazariya"siga ko’ra, xodimlarga bevosita rahbarlik qilish tufayli ular tashabbussiz, masuliyatsiz, faqat o’zlarining moddiy ehtiyojlarini qondirishga intiladilar degan qarashlar yotadi. Shunga ko’ra ishbilarmonlar, menejerlar jami ishni qat’iy belgilab berishlari va uning ijrosini muntazam qattiq nazorat qilishlari lozim. "Uning nazariya" siga ko’ra, kishilardagi barcha qobiliyatlarni to’la yuzaga chiqarish uchun ularni tashkilot maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirishda rahbariyat xodimga ishonmog’i, imkoni boricha uni ijodiy yo’nalishdagi ishlarga jalb etmog’i kerak. Kadrlarni boshqarishning yangi usullarini birinchilardan bo’lib qabul qilgan ozchilik kompaniyalar orasida IBM ham bor edi. Uning faoliyati "Har bir kishi hurmatga sazovordir",— degan prinsip negizida qurilgan. Insonga o’zini namoyon etish imkonini beradigan yo’l ikki qismdan tashkil topadi. Birinchisi — "kompaniyaning asosiy boyligi — uning odamlaridir",— de- gan shiorga asoslanadi. Kompaniya eng qobiliyatli kishilarni o’ziga jalb etadi, ularning malakasini oshirish bo’yicha muttasil ish olib boradi, har bir kishiga kompaniya faoliyatining turli sohalarida o’z kuchini sinab ko’rish imkoniyatini beradigan gorizontal tarzda siljitish (joyini o’zgartirish) usulini amalda qo’llaydi. IBM kadrlar tayyorlashga jami savdodan tushgan mablag’ning 1% dan ko’prog’ini sarflaydi, bu esa har yili yuzlab million dollarni tashkil etadi. Kadrlar tayyorlash xodimlarni doimiy, ya’ni butun xizmat davomida muttasil o’qitish ma’nosida tushuniladi. Kadr siyosatining ikkinchi qismi mustaqillik va ishbilarmonlikni taqdirlash ruhida amalga oshiriladi. Bundam ko’zlangan asosiy maqsad — kishilarga o’z imkoniyatlarini to’laroq namoyon etishlariga qulay sharoit yaratib berishdan iboratdir. Kompaniyaning kadrlar siyosati "IBM ning yashirin quroli" deb nom olgan va u Amerikadagi eng yaxshi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 209 Keyinchalik Uilyam G. Ouchi — millati yapon bo’lgan amerika professori yapon boshqarish sistemasi va kadrlar siyosatini ko’p yil tadqiq etishi natijasida uni "Z nazariyasi",— deb atadi va uning quyidagi asosiy belgilarini ko’rsatib berdi: yirik kompaniyalarda ishchi kuchining 30% ga qadar qismini tashkil etadigan ishchi va xizmatchilarni ishga umrbod yollash va doimiy xodimlarning imtiyozli bo’lishini ta’minlash (ish bilan band qilish, daromadlarini o’stirish, ijtimoiy-madaniy ta’minot kafolati); ish staji, malaka darajasi va mehnat samaradorligiga qarab ish haqining oshib borishini ta’minlaydigan "ulug’lik" prinsipi; kadrlar tayyorlash, bu muntazam suratda majburiy malaka oshirishni nazarda tutadi va ularga lavozim bo’yicha ko’tarilishni ta’minlaydi; kadrlarni rejali tartibda bir xizmat bo’linmasidan boshqasiga ko’chirish, bunda rahbariyatkeng va har tomonlama boshqarish tajribasiga ega bo’lib, ularning bo’linmalar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni kuchaytirishlari uchun qulay sharoit tug’iladi; gorizontal muvofiqlashtirish tizimi — korporatsiyalarning har bir boshqaruv darajasida maxsus organlar (kengashlar, komitetlar) ning keng tarqalgan tarmoidan iborat; shtab organlarining maxsus o’rni — ularning vazifasi umuman firma siyosatini belgilaydigan jamlama tusdagi qarorlarni tayyorlash va ishlab chiqishdan iborat; qarorlar qabul qilish tartibi — bu tartib bir tomondan, qarorlarni amalga oshirishga aloqador bo’lgan barcha bo’linmalar ishtirokida uzoq muddatda har tomonlama pishiq tayyorlanishi bilan, va ikkinchi tomondan, qarorlar tez bajarilishi bilan ajralib turadi; ishlovchilarni "sifat to’garaklari"ga jalb etish; bu to’garaklar mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, ixtrochilikni rivojlantirish, mehnat kooperatsiyasini takomillashtirish masalalarini mustaqil tayyorlash va yechish bo’yicha ish olib boradi. 210 Shunday qilib oqilona tanlangan tashkiliy sxema va kadrlar siyosati biznes reja samaradorligini ta’minlashda xususan, korxona biznes rejada ko’zlangan maqsadlarning muvaffiqiyatini ta’minlaydi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling