Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Sex 1 oyda ishlagan kishi-kunlar soni
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Sex
1 oyda ishlagan kishi-kunlar soni 1-smena 2-smena 3-smena Jami №1 5000 3000 2000 10000 №2 3000 3500 1500 8000 Jami 8000 6500 3500 18000 Smenalik koeffitsenti: 1-sex bo’yicha – 2,0 (10000:5000) 2-sex bo’yicha – 2,3 (8000:3500) Korxona bo’yicha – 2,12 (18000:(5000+3500)=18000:8500) Smenalik koeffitsenti tahlil qilish uchun smena rejimidan foydalanish koeffitsientidan ham foydalanadi, bu koeffitsent smenalik koeffitsientini korxonada o’rnatilgan smenalar soniga nisbati orqali hisoblanadi. Birinchi misolda smena rejimidan foydalanish koeffitsenti – 2,7:3=0,9 yoki 90% ni tashkil etdi, ya’ni ishchilar smena rejimidan 90% foydalanadilar. Xulosa qilib aytish mumkinki, o’rnatilgan smena rejim to’liq ishlatilganda mahsulot hajmi 1,11 (3,0:2,7) marta, yoki uni 11% ga ko’paytirish mumkin edi. 220 Smena rejimidan to’liq foydalanish (foydalanish koeffitsienti 1 ga teng bo’lganda), barcha ish joylari to’liq band bo’lgan degan xulosaga kelmaslik kerak. Gap shundaki, smenalarning birida ishchilar soni ish joylaridan kam bo’lishi mumkin. Shuning uchun yuqorida ko’rib chiqilgan koeffitsentlar uzluksizlik koeffitsenti bilan to’ldiriladi. Uzluksizlik koeffitsenti – eng maksimal smenada ishlagan kishi-kunlar (yoki band bo’lgan ishchilar) sonini, bir smenada ish joylaridan foydalanishda ishlanishi kerak bo’lgan kishi-kunlar soniga nisbati orqali aniqlanadi. 1-misolda 500 ta ish joylari mavjud bo’lib, 25 ish kunida va smena davomida ish joylarini to’liq band bo’lgan sharoitda umumiy ishlagan kishi-kunlar soni: 500x25=125000 ga teng bo’lishi kerak edi. Lekin bunda uzluksizlik koeffitsenti : 10000:12500= 0.8 yoki 80% ga teng. Demak, 2500 kishi-kunlar (12500-10000), ish joylari to’liq band bo’lmaganligi uchun yo’qotildi. Ma’lum bir vaqt oralig’ida uzluksizlik koeffitsenti – smenalarda eng ko’p ishlagan ishchilar sonini ish joylari soniga bo’lish orqali hisoblanadi. Ish joylari va ish smenasi bandlik darajasini hisobga olgan holda, korxonalarda ishlab chiqarishdan foydalanishni integral (umumiy) ko’rsatkichi 2 xil usulda hisoblanadi. 1. Smena rejimidan foydalanish va uzluksizlik koeffitsienti ifodasida 0,9x0,8=0,72 ya’ni 72% yoki 0,72 х0,8 9 , 0 500х25 10000 х 10000 ) 3 / 27000 ( 2. Ishlagan kishi-kunlar sonini, barcha smenalarda ish joylarida to’liq bandligiga, barcha smenalarda ishlash mumkin bo’lgan kishi-kunlar soniga bo’lish orqali: 0,72 37500 27000 12500 х2 27000 х 3 х 25 х 500 27000 Ushbu ifodadagi sur’at va maxraj smenaning to’liqsiz bandligi natijasida yo’qotilgan kishi-kunlarini ko’rsatadi. Agar korxonaning o’rtacha kunlik mehnat 221 unumdorligi yoki ishlab chiqarish hajmi 1500 so’mni tashkil etadi deb faraz qilsak, unda 10500 ishlamagan kishi-kunlari 15720 ming so’m mahsulot ishlab chiqilmaganligini ko’rishimiz mumkin. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling