Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

V=(2+0.14)/1.07 
Matritsadagi ko’rsatkichlar asosida korxona har bir kvadratda joylashgan 
mahsulotlar uchun quyidagi strategik qarorlarni qabul qilishi mumkin: 
1. 
“Yovvoyi mushuklar” bo’lmish III va VI mahsulotlar ustida 
tadqiqotlarni chuqurlashtirish. III masulot turi G’arbiy Evropa uchun fotoapparatlar 
bo’lib, G’arbiy Evropa elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha 
etakchi o’rinlarni egallaydi. Shuni hisobga olgan holda ushbu mintaqa bozoriga 
eksklyuziv, sifat darajasi yuqori, nisbatan arzon narxdagi raqobatbardosh 
mahsulotni taklif etish zarur. Buning uchun o’z navbatida investitsiyalarni tadqiqot 
ishlariga yo’naltirish lozim, marketing tadqiqotlariga, reklamaga e’tibor qaratish 
zarur. 
VI - mahsulot yangi bozorga kirib kelgan va hali o’z iste’molchilariga ega 
emas. Asosiy vazifa unga bo’lgan talab darajasini oshirish, “yulduzlar” ga 
ko’tarishdir. Bunda chuqur marketing tadqiqotlari olib borish ko’zda tutiladi. 
Videokameralar asosan oilaviy marosimlarni, tadbirlarni tasvirga tushirishda 
qo’llaniladi. Shuni e’tiborga olib aholi soni, turmush darajasi o’rganilib, reklama 


291 
va narx siyosatiga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Xaridorlarni jalb qilish maqsadida 
qo’shimcha xizmatlar yoki sovg’alarni taklif etish maqsadga muvofiq. 
2. 
“Yulduzlar” ga kiruvchi II, IV, V - mahsulotlarni ushbu darajada 
yanada ko’proq ushlash chora-tadbirlarini qo’llash. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
uchun ishlab chiqarilayotgan fotoapparatlarning ustida tadqiqotlar olib borish, 
dizayn va funksiyalariga ishlov berish, marketing tadqiqotlari olib borgan holda 
yangi bozorlarni izlab topish. 
3. 
Bozordagi ulushini hisobga olgan xolda “itlar” ga kiruvchi mudofaa 
sanoati korxonalari uchun optik priborlar ishlab chiqarishni to’xtatish, ularga 
sarflanayotgan investitsiyalarni “yovvoyi mushuklar” va “yulduzlar” ga 
yo’naltirish. Meditsina uchun optik priborlar ishlab chiqarishni bozordagi 
raqobatdosh korxona bilan bir xilligini hisobga olgan holda takomillashtirib, 
tadqiqotlar olib borish yo’li bilan yana “yulduzlar” ga aylantirish.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling