Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Keramik plitalarni ishlab chiqarishga qaratilgan biznes reja uchun


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Keramik plitalarni ishlab chiqarishga qaratilgan biznes reja uchun 
boshlang’ich ma’lumotlar. 
1. “Bunyod”korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli –M.CH.J. 
2. Registratsiyadan o’tish sanasi- 20.10.2018 


328 
3. Registratsiya nomeri-
4. Registratsiya joyi- 
5. Manzili: 
6. Faoliyat turi: ishlab chiqarish. 
7. Ustav kapital miqdori- 50000 AQSH dollari 
8. Ishlab chiqarish maqsadi: uzoq muddatli kreditdan foydalanish asosida keramik 
plitalarni ishlab chiqarishni amalga oshirish. Yangi jihozlarni sotib olish asosida
jalb qilingan kredetni 20....-yil oxirigacha qaytarish rejalashtiriladi. Kredit foizi 7% 
9. Bank rekvizitlari: _________________________________ Mikrokredit Bank. 
10. Korxona maydoni 600 m.kv binoni ijaraga oladi.
11. Korxona bo’yicha rahbarlikni bosh rais amalga oshiradi. U korxona faoliyati 
bilan bog’liq barcha masalalarni mustaqil hal qiladi. Buxgalteriya va statistik 
xisobotlarning ishonchliligiga moddiy va ma’muriy javobgar hisoblnadi.
Rais marketing, rejalashtirish va boshqa bo’limlar boshliqlarini tayinlaydi. 
Bosh menejer keramik plitalarni ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatni boshqaradi. 
12. Rais: Axmedov A.
13. Bosh xisobchi :Solieva Z. 
14. Bosh menejer: Qudratov S. 
15. Korxona missiyasi bo’lib qurilish korxonalarning va aholining keramik plitaga 
bo’lgan extiyojlarini o’rganish va qondirish hisoblnadi. Korxonaning va raqobatchi 
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari quyidagi jadvalda havola etilgan. 
Mahsulot nomi: Keramik plitalar. 
Qo’llanish sohasi: aholi uy joylari va xizmat ko’rsatish binolarini jihozlash. 
“Bunyod” korxonasidagi qo’llaniladigan ishlab chiqarish jarayoni yakka 
tartibdagi ishlab chiqarish hisoblnadi. Bunda ishlab chiqarish jarayoni turli 
universal jihozlardan foydalangan holda amalga oshiriladi, qo’l mehnati salmog’i 
yuqori hisoblnadi. 
Korxona o’z faoliyatini asosan individual iste’molchiga qaratadi. Qurilish 
sohasiga yangi kirib kelayotgan va asosan shaxsiy uy-joy va offislar qurishga 
ixtisoslashayotgan firmalar korxona mahsulotining asosiy iste’molchilari 


329 
hisoblnadi. Hozirgi davrda 9 ta yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzilgan. Har uch 
kundan keyin sotilgan tayyor mahsulot uchun to’lov amalga oshiriladi. Xom-
ashyo va materiallar zahirasi ham 3 kunni tashkil etishi rejalashtirilgan. Tuzilgan 
shartnomalarga asosan birinchi yilda 48500 dona plita ishlab chiqariladi. 2-yilda 
sotish hajmini 5% ga, 3-yilda esa 10% ga oshirirsh ko’zda tutilgan.
Mahsulot o’zining yuqori sifatliligi va ishonchliligi hamda yuqori sifatli 
xom-ashyodan tayyorlanishi bilan ajralib turadi. 
Bir necha ko’rinishdan iborat bo’lgan keramik plitalar taqdim etiladi. 
Istiqbolda mahsulot assortimentini kengaytirish ko’zda tutiladi, ya’ni 
keramik dekorativ plitka va offis uchun fontanlar ishlab chiqarish o’zlashtiriladi. 
Sotish bozori haqida ma’lumot quyidagi jadvalda xavola etiladi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling