Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

tavakkalchilikni 
boshqarish tizimi
deb ataladi. 
Tadbirkorning 
tavakkalchilikni 
bosqarish
doirasidagi 
faoliyati o’z 
sub’ektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya 
qilishga yo’naltirilgan. 
Tavakkalchilikni oqilona boshqarish sub’ektning uzoq muddatli istiqbolda 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining 
yomonlashish xavfini bir muncha bulsada kamaytiradi. 
Tadbirkor uchun paydo bo’ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, 
lekin buning o’zi yetarli emas. Muximi, tavakkalchilikning aniq turi korxona 
faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi 
mumkinligini aniqdab, uni to’g’ri baholay bilish va shundan so’ng sub’ektining 
iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish 
bir-birini to’ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo’ladi. 
Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
uning turlari aniqdanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi 
hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko’rilishi mumkin bo’lgan 
zararlarni pasaytirish yoki sug’urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish 
usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko’rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini 


123 
tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko’riladi. 
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan 
yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining 
natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash 
imkonini yaratiladi
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Biznes rejani tuzishda tovar yoki xujjatga emas, balki tanlanga bozorga va 
haridor talabini qondirishga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan, 
iste’molchi kitob sotib olishdan qanday naf ko’radi? Bunda haridor “kitob“ tovar 
emas, balki bilim olish vositasini sotib oladi.Biznes reja aynan ana shu nuqtaga 
e’tibor qaratishi kerak. Shu bilan birga ushbu tovarni qanday ustunlikka ega 
bo’lishini ham ko’rsatib o’tishi lozim.Har qanday g’oya u qanchalik jozibador 
bo’lmasin, chuqurlashtirilgan tarzda aniqlashtirilishi lozim.
Biznes rejani ishlab chiqish katta mehnat va mablag’ talab etuvchi jarayon 
bo’lganligi sababli dastlab loyixaning texnik iqtisodiy asoslamasini tayyorlash va 
ushbu g’oyani investorlar uchun qiziqarlilik darajasini baholash lozim.
Tuzilgan rejaning asoslanganligi va ishonchliligi ko’p jihatdan foydalaniladigan 
axborotlarga bog’liq bo’ladi. Axborot-intellektual, 
ishlab 
chiqarish 
va 
tadbirkorlik faoliyatining asosiy resursi hisoblanadi. Axborotdan foydalanish 
mahsulot turini va boshqaruv strategiyasini tanlashga, faoliyatni istemolchilarning 
ma’lum bir guruhiga, potensial sotuv bozorlariga yo’naltirishga sharoit yaratadi. 
Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi. 
Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab 
chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
va bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi. 
So‘ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko‘rsatkichlar quyi bo‘g‘inlarga 
harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda 
bo‘linma rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida 
barcha mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o‘zaro 


124 
muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona 
yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Biznes-reja birinchi navbatda, nimani, 
qancha va kim uchun ishlab chiqarish vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim. 
Bu esa tabiiyki, biznes-rejani tuzish bosqichidayoq resurslar ta’minoti bilan 
mustahkamlanishi lozim.Resurslar bilan ta’minlanganlik –yangi yoki joriy ishlab 
chiqarishni tashkil etish jarayonida doimo resurslar bilan ta’minlaganlik masalasi 
yuzaga chiqadi. To’g’ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko’p jihatdan resurslar 
turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan ayni sharoitlarda ishlab chiqarish 
korxonalari faoliyati taraqqiy etib borishi bilan x’'jalik yuritishning asosini tashkil 
etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli 
faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali uslublarini bilishlari, tavakkalchilik 
chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbo’lini tanlay 
olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va 
har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi.


Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling