Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
128 VIII BOB. KORXONA VA MAHSULOT TAVSIFI Tayanch so’z va iboralar: korxona tavsifi, biznes faoliyati tavsifi, mahsulot tavsifi, mahsulotning afzalliklari va ustunligi, raqobat ustunligi. 8.1. Korxona tavsifi Har qanday tadbirkorlik loyihasining yoki biznes rejaning birinchi bo’limi biznes sohasini tavsiflashdan boshlanadi. Biznes sohasi avvalo mamlakat hududini va tarmoqni aniq bayon etishdan boshlanadi. Bu bo’lim bilan boliq ma’lumotlar asosida potentsial investor ushbu loyihaning mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va xo’jalik munosabatlari tizimiga muvofiq kelishi, hududning investitsion jozibadorligi hamda biznes sohasining istiqbolligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo’ladi. Tanlangan tarmoq va biznes sohasi bo’yicha faoliyatni amalga oshirish qarori avvalo tadbirkor uchun muhimdir. Biznes faoliyat amalga oshiriladigan mazkur soha jiddiy iqtisodiy muammolar keltirmasligiga tadbirkor ishonch hosil qilishi zarur. Tanlangan tarmoqdagi rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik tadbirkorlik loyihasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor uchun foydali hisoblanadi. Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi tavsiflarni ham o’z ichiga oladi: tarmoqning xom-ashyo manbai; korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni; potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari; ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi; asosiy fondlar va ularning tuzilmasi; 129 investitsion shart-sharoitlar. Biznes sohasining investitsion jozibadorligi tahlili 3 bosqichdan iborat: 1. Tanlangan tarmoqning rivojlanish bosqichlarini aniqlash; 2. Tarmoqning raqobatbardoshligini o’rganish; 3. Tarmoqning investitsion jozibadorligini belgilovchi omillarni o’rganish. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling