Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Biznes rejada tavakkalchilik


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

7.4. Biznes rejada tavakkalchilik. 
Jahon iqtisodiyotida ro’y berayotgan global siljishlar dunyo mamlakatlari 
iqtisodiyotiga turlicha ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta qurollantirish orkali ishlab chiqarish korxonalari faoliyati 
tubdan isloh qilib borilmoqda. Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan ayni 
sharoitlarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati taraqqiy etib borishi bilan 
x’'jalik yuritishning asosini tashkil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib 
bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun 
tadbirkorlar samarali uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay 
olishlari, mavjud variantlardan eng maqbo’lini tanlay olishlari kerak. Bu esa 
tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir 
tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. 
Tavakkalchilik
- kelgusidagi vaziyat noaniq bo’lgan sharoitda pirovard natija 
yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, mol-mulk yoki foydadan maxrum bo’lish (to’liq 
yoki qisman) xavfini o’z zimmasiga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik 
faoliyatidir. 
Tadbirkorlik sub’ektining faoliyati bilan bog’liq tavakkalchilik turlarining 
mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko’ra quyidagicha turkumlash mumkin 
(7.2-jadval): 
­ tabiiy jarayonlar bilan bog’liq tavakkalchilik; 
­ ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik; 
­ mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog’liq tavakkalchilik; 
­ tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik; 
­ moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik; 
­ siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatdagi tavakkalchilik. Tavakkalchilikni 


115 
tug’diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo’lib, 
ularning ba’zi birlari sub’ektning o’z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa
ikkinchi turlari unga bog’lik bo’lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga 
keladi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling