Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


VII. BOB. BIZNES-REJANING ASOSLANGANLIGI VA ISHONCHLILIGI


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

VII. BOB. BIZNES-REJANING ASOSLANGANLIGI VA ISHONCHLILIGI 
Tayanch so’z va iboralar: biznes reja, axborot, ma’lumot, ishonchlilik, 
rejalashtirish ob’yekti, rejalashtirish texnologiyasi, resurs, tavakkalchilik, 
sug’urtalash. 
7.1.Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarishning zaruriyati. 
 
Biznes rejaning qiymati va ahamiyati investorni mablag’ jalb etishga 
ishontirish bilan cheklanmaydi. Biznes reja shuningdek rahbarlar uchun korxona
faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish, xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf 
etish tadbirlarini amalga oshirish vositasi hamdir. Bundan tashqari biznes reja 
korxonaning real imkoniyatlarini baholashga yordam beradi, qo’yilgan vazifalarni 
optimal yechimlarini ko’rsatadi, xatolikalarni bartaraf etadi, korxonaning 
istiqbolini ko’rsatib beradi. 
Biznes reja asosida investor yoki kreditor (beruvchi ) firma tog’risa o’z 
fikrini shakillantiradi va unga mablag’ berish borasida qaror qabul qiladi. Shu 
sababdan biznes rejani tuzishda ushbu xujjat kimga yo’naltirilganligini (kreditorga 
yoki investorga) aniq bilish muhim. Chunki bu mablag’ beruvchi guruhlarning
maqsadi turlicha va shunga ko’ra biznes rejani baholash prinsplari ham farqlanadi . 
Ma’lum muddatga qarz mablag’larini taklif qiluvchi kreditor olishiga 
ishonch xosil qilishi lozim .Uni korxona oladigan foyda miqdori kam qiziqtiradi, 
faqat qarzni to’lashga yetishini bilishi kifoya.
Investorning tavakkalchiligi yuqoriroq ko’p xolatda investor qo’ygan 
kapitalni yo’qotishi mumkin. Shu sababli bunday tavakkalchilikka borish uchun
investor yuqori foyda normasiga erishishidan manfaatdordir.
Demak, biznes rejani kreditor korxona faoliyatini ishonchliligi va 
barqarorligi nuqtai nazaridan, investor esa daromadliligi nuqtai nazaridan 
baholaydi. 


105 
Har qanday holatda ham biznes reja yengil o’qiladigan va to’g’ri 
rasmiylashtirilgan bo’lishi talab etiladi. Biznes rejani hajmi o’rtacha 40 sahifadan 
oshmasligi, agar oshib ketsa ilovani shakillantirish to’g’risida o’ylash kerak. 
Biznes rejani tuzishda tovar yoki xujjatga emas, balki tanlanga bozorga va 
haridor talabini qondirishga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan, 
iste’molchi kitob sotib olishdan qanday naf ko’radi? Bunda haridor “kitob“ tovar 
emas, balki bilim olish vositasini sotib oladi.Biznes reja aynan ana shu nuqtaga 
e’tibor qaratishi kerak. Shu bilan birga ushbu tovarni qanday ustunlikka ega 
bo’lishini ham ko’rsatib o’tishi lozim. 
Har qanday g’oya u qanchalik jozibador bo’lmasin, chuqurlashtirilgan tarzda 
aniqlashtirilishi lozim.
Biznes rejani ishlab chiqish katta mehnat va mablag’ talab etuvchi jarayon 
bo’lganligi sababli dastlab loyixaning texnik iqtisodiy asoslamasini tayyorlash va 
ushbu g’oyani investorlar uchun qiziqarlilik darajasini baholash lozim. 
Tadqiqotning asosiy maqsadi quydagi jihatlarni yoritish hisoblanadi: 
- muqobil loyihalarning mavjudligi;
- xom ashyo va material resurslarning mavjudligi, narx va talab istiqbolini har 
tomonlama tadqiq qilishga extiyojning mavjudligi. 
- tashqi muhit sharoitlarini ularni jarayoni xarakteriga muvofiqligi . 
G’oyani biznes rejaga aylantirish uchun ichki va tashqi omillarni hamda 
ularning ta’sir darajasini aniqlash talab etiladi. 
Dastlab 
korxonaning 
ichki 
imkoniyatlarini 
baholash, 
yakuniy 
muvaffaqiyatini qanday omillarga (moddiy, nomoddiy, intellektual va ma’naviy) 
bog’liqligi o’rganish lozim. 


106 
Bunda asosiy va aylanma kapital, kadrlar tarkibi, menejerlarning intellektual 
salohiyati baholanadi.
Korxonaning potensual imkoniyatlari va tashqi muhit sharoitlarini o’zaro 
muvofiqlashtirish ya’ni maqsad va vazifalarni aniqlashtirish imkoniyatini 
yaratadi. 
Aniq vaqt orasidagi bosh maqsad xo’jalik portfelini rivojlanishi strategiyasidan 
ajralgan xolda belgilanishi mumkin emas. Bu shuni ifodalaydiki, korxona o’z 
faolligini faqat ularning xajmini to’rtta yo’nalishi bo’yicha kengaytirish yo’li bilan
oshirib boradi: 
­ eski nomenklaturani eski bozorda ; 
­ eski nomenklaturani yangi bozorda; 
­ yangi nomenklaturani eski bozorda ; 
­ yangi nomenklaturani yangi bozorda. 
Shu sababli korxonada o’z maqsadlariga ega bo’lgan bir nechta bo’linmalar 
shakillanadi. 
Rejalashtirish texnologiyasi quydagi jarayonlardan tashkil topadi: 
- korxonaning asosiy maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalarni aniqlash 
va asoslash;
- qo’yilgan vazifani rasmiylashtirish; 
- vazifalarni ish turlari, xajmi va bajaruvchilar bo’yicha taqsimlash;
- rejalashtirish davri uchun harajatlar va olinadigan daromadlarning 
detallashtirilgan hisobi; 
- rejaning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish. 
Tuzilgan 
rejaning asoslanganligi va ishonchliligi ko’p jihatdan
foydalaniladigan axborotlarga bog’liq bo’ladi.


107 
Axborot-intellektual, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining asosiy 
resursi hisoblanadi. Axborotdan foydalanish mahsulot turini va boshqaruv 
strategiyasini tanlashga, faoliyatni istemolchilarning ma’lum bir guruhiga, 
potensial sotuv bozorlariga yo’naltirishga sharoit yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning asosiy vazifasi 
mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Bozor 
konyunkturasi bilan bir qatorda raqobatbardoshlik mahsulot sifati va bahosi 
bilan belgilanadi.Bunda quyidagi ilmiy axborot faoliyati turlari muhim o’rin 
tutadi: 
- axborot ma’lumotlari asosida muammolarni xal etishning konstruktiv, 
uslubiy modellariniishlab chiqishni ko’zda tutuvchi axborotli 
modellashtirish; ilmiy texnik vaziyatlarni prognozlashtirish; 
- axborot ekspertizasi, jumladan biznes rejani ishlab chiqishning barcaha 
bosqichlarida olingan ma’lumotlarni dastlabki ma’lumotlar bilan 
solishtirish; 
- ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini axborot bilan ta’minlash. 
Axborot ta’minoti amaliyotida ma’lumot va axborot tushunchasi farqlanadi. 
Ma’lumotlar – ob’ektning xolatini ifodalaydi va grafik, miqdor, termin 
shaklda ifodalanishi mumkin.
Axborot- ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida olingan bilimlardir. 
Boshqacha aytganda axborot tartibga solingan, qayta ishlangan ma’lumotlar 
tizimidir.
Foydali axborotga aylanishda ma’lumotlar uch bosqichdan o’tadi: 
- jismoniy ya’ni ma’lumotni real qabul qilish imkoniyati bilan bog’langan; 
- semantik-qabul qilingan belgi, kod, shifr, terminlar, standartlar bilan 
belgilanuvchi; 
- pragmatik-ma’lumotlarning foydaliligi va zarurligini baholovchi. 


108 
Biznes rejani ishlab chiqish jarayonida istiqbol va marketing ma’lumotlari 
bilan bir qatorda juda katta hajmdagi ichki axborotlardan ham foydalaniladi: 
Ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi,va tuzilmasi, yangi mahsulot 
ishlab chiqarish uchun jihozlarni sozlash imkoniyatining mavjudligi; 
- kadrlar, ularning soni va strukturasi; 
- moliya (o’z va qarz mablag’lari); 
- aylanma mablag’lar miqdori va ularga talab; 
- yangi ilmiy texnik ishlanmalarning tayyorlik darajasi va tuzilmasi. 
Olingan axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish rejalashtirishga 
tayyorgarlik bosqichiga tegishli. Ushbu bosqich ham rejalarning sifatli 
tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
- tayyorgarlik bosqichi quyidagilarni ko’zda tutadu: 
- resurslar va korxona salohiyatini tahlil qilish;
- korxonaning ko’zda tutilgan faoliyatiniprognozlashtirish; 
- sotish va ta’minot bozorlari marketingi 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling