Mavzu: Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Download 29.85 Kb.
|
pkb seminar.Pardayeva Durdona.BILM-60
- Bu sahifa navigatsiya:
- To ’ lovliliktamoyili .
- 2.Foiz stavkalar va ularni o’lchash
- 3. Kreditning bahosi tushunchasi
- 4.Nominal foiz stavkasi Real foiz stavkasi
- 6. Oddiy foizlar. Murakkab foizlar hisoblash usulitushuntiring
BILM-60 guruh talabasi Pardayeva Durdona Mavzu: Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar 1.Kreditning to’lovlilik tamoyili? To’lovliliktamoyili. Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lovligi uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi. (foizsiz imtiyozli kreditlarbundanmustasno). Kreditning to’lovligi nafaqat banklar xo’jalik hisobi statusiga, shu bilan birga korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi normasini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi: huquqiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining taqsimlanishi; ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanishi; iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul mablag’larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar. Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit resurslarining bahosi sifatida namoyonbo’ladi. Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli o’laroq kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning nisbatini o’zida aks ettiradi va u bir qator omillarga bog’liq bo’ladi: bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi ( inqiroz davrida ssuda foizi o’sadi va aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi); inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya o’sish sur’atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin); tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy bank orqali davlat kreditini tartibga solishning samaradorligi; xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit bo’yicha foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining oqib kelishiga olib keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko’rsatadi.); jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg’armalarining dinamikasi (ularning hajmi qisqargan holda ssuda foizi o’sadi); potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi; ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar mavsum davrida kreditlar bo’yicha foizlarni oshiradilar); davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan davlatning ichki qarzlari o’rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o’sishi bilan birga o’sibboradi). 2.Foiz stavkalar va ularni o’lchash? Korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovnio’tkazadilar. Kreditning to’lash uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shubilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’zmablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’niqarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundanmustasno). Kreditning to’lovi nafaqat banklar xo’jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchio’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi.Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi. Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir. Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari quyidagilardan iborat: 1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foizsiyosatida anik belgilab kuyilgan bo’lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiymaksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi,boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi. 2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan xolatlar: bunday xolatlar odatdakredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozorstavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiyboshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esako’proq kredit riskiga limitlar o’rnatish uslubidan foydalanadilar. 4. Foiz stavkalarini o’stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish 3. Kreditning bahosi tushunchasi? Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalgaoshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan,demak, o’zining manfaatini xam amalga oshirgan bo’ladi. Banklar foiz siyosatini amalgaoshirishda omonatlar bo’yicha to’lanadigan foizni ularning o’zlari takdim etadigan ssudalaruchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarningsummalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me’yorini xisoblaganda quyidagilare’tiborga olinadi:
ta’minlangan ssudalar bo’yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun qo’shimcha to’lov. Foiz stavkasi jalb qilgan mablag’lar bo’yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablag’larni jalb qilish turlari qancha ko’p bo’lsa ularni foiz stavkasi turlari hamham shuncha ko’p bo’ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarzpul uchun mazkur zayom bo’yicha foiz stavkasi to’laydi, bu o’z navbatida qo’yilganmablag’(nakd, mulk va boshqalar) bo’yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadanushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo’yicha foiz stvkasideyiladi.Foizlarni hisoblashda tartib bo’yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda hamhisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Arim hollar da har kunlikhisoblash qo’llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlargama’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o’zluksiz hisoblash usuli qo’llaniladi. Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko’payishquroli ko’rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag’larni bir egasidan boshqasigaoqib o’tish va ko’payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilikdarajasini o’lchash uchun joriy etiladi
Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa: r = i + x, bu erda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi. Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdimetiladigan kreditlar bo’yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagitaklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar birinchi darajali banklar evrovalyutalaridaushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo’yichaamalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) Londonbanklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi,balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat11.00 holatiga pul-kredit bozorining kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo’yicha o’rtacha arifmetik miqdor sifatidahisoblangan o’rtacha stavka tushuniladi. FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar. Agarda Siz 1100dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha bo’ladi? Ikkinchi yil davomida Siz 1100 dollarli summaga yillik10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolargateng bo’ladi.Demakikkinchi yilning oxiriga kelib Siz 1210 dollarning egasi bo’lasiz. 6. Oddiy foizlar. Murakkab foizlar hisoblash usulitushuntiring? Murakkab foizlarning tabiati to’g’risida aniq bir tasavvurga ega bo’lish uchun bizistiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga bo’lamiz. Birinchi qism dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism bo’lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi. Omonatningasosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest)debataladiEndi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan bo’lib,birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga hisoblangan. To’langanfoizlarga hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarningumumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10dollar)dan iborat. FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar. Uch yildan so’ng ushbu summa FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar. Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling