"makroiqtisodiyot" fanidan mavzu: "sanoat ishlab chiqarishda investitsiyalarng samaradorligi"


Download 472 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi472 Kb.
#1599659
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA INVESTITSIYALARNG SAMARADORLIGI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI

KURS ISHI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN


MAVZU: “SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA INVESTITSIYALARNG SAMARADORLIGI”
Ilmiy rahbari: Kariyeva L.S.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari”
fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
bo`yicha 2-kurs 143a-21 guruh talabasi
Alijonov Axrorbek


TOSHKENT-2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
I-BOB. MILLIY IQTISODIYOTDA INVESTITSIYALAR VA INVESTITSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLAR 5
1.1. Iqtisodiyotda investitsiyalarning tutgan o’rni. Investitsiyalarning turlari 5
1.2. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi 9
1.3. Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati 16
II-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA INVESTITSION FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI 20
2.1. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxona investitsiya faoliyatini rag’batlantirish 20
2.2. Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari 24
2.3. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati 32
XULOSA 36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROpYXATI. 38

KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yаngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘si sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi belgilangan1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan katta iqtisodiy islohatlar olib borilmoqda. Bu islohatlarni amalga oshirish, o’z navbatida, katta miqdorda moddiy, moliyaviy, intellektual investitsiyalar manbalarini izlash, shakllantirish va umuman, O’zbekiston uchun yangi va qulay bo’lgan investitsiyaviy faoliyatni yo’lga qo’yishni taqozo etadi. Davlatimiz hozirgi sharoitda ushbu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda, xususan, investitsiya faoliyatini huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Xorijdan jalb qilinadigan investorlar uchun turli kafolatlar beruvchi qonun va me‘yoriy hujjatlar yaratildi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi mustaqil O’zbekiston tarixiga jamiyatni tanada demokratlashtirish, Vatanimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, qadimiy va dono xalqimizga xos bo’lgan ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yo’naltirilgan chuqur o’ylangan islohotlar dasturi sifatida kirishi shubhasiz.
Davlatimiz rahbari “Faol investitsiya siyosati yuritayotgan mamlakatdagina milliy iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligiga erishadi2”, degan odil fikrni ilgari surdi.
Shu bois, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha belgilangan strategik ustuvor yo’nalishlar mamlakatni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini yaratish, “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturi, bank-moliya tizimini rivojlantirishga oid uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, BMT va XVF metodologiyasi bo’yicha Milliy hisoblar tizimini joriy etish, ilg’or davlat menejmenti va “aqlli boshqaruv” tamoyillariga o’tishga qaratilgan qator dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi3.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqidagi xabar keng islohotlar dasturi doirasida qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish mamlakatimizning investitsiya yo’nalishida ishonchli mamlakat ekanining asosiy kafolati hisoblangan xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qabul qilindi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o’sishining bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu sohada ro`y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan izohlanadi. Mamlakatning iqtisodiy o’sishini qo’llab-quvvatlash va jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o’ynashi kerak.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya‘ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo’q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi4» deb ta‘kidlaganlar.



Download 472 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling