"makroiqtisodiyot" fanidan mavzu: "sanoat ishlab chiqarishda investitsiyalarng samaradorligi"


Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati


Download 472 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi472 Kb.
#1599659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA INVESTITSIYALARNG SAMARADORLIGI

1.3. Investitsiyalarning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qulay investitsion faoliyatni shakllantirish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish sur‘atlari va ko’lamiga faol ta‘sir ko’rsatadi, aholi salmoqli qismining bandligini ta‘minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishi va rivojlanishi ko’p hollarda investitsiya faoliyatining darajasiga bog’liq bo’ladi.


Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy kapitallarni yaratish hamda amalda faoliyat yurituvchilarini qo’llash uchun yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarining ancha qismi investitsiya sohasi orqali o’tishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlab o’tganidek: «Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlarimiz strategiyasining juda muhim shartidir. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo’nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi6».
Ivestitsiya siyosati – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasiin ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo’naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o’zaro bog’liq tadbirlar majmuidir7.
Investitsiya siyosati har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki shu siyosat orqali mamlakat ishlab chiqarish quvvatining yuqori darajada o’sishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va sifatining ortishi, moddiy va ma‘naviy ehtiyoj qondirilishi, butun davlat infratuzilmasining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. Hozirgi zamon investitsiya siyosati iqtisodiy tuzilmani o’zgartirishni amalga oshiruvchi asosiy dastak bo’lib, qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirish, tabiiy resurs va hududlarni o’zlashtirish, aholini ish bilan ta‘minlash, fan-texnikani rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabilarni hal etishga qaratilishi kerak.
Investitsiya sohasi hozirgi sharoitda bozor iqtisodiyotining milliy va jahon darajasisiz mavjud bo’lishi mumkin emas. Horijiy investitsiyalardan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va tadbirkorlikning erkin tarmoqlariga kapitalning oqib o’tishi tizimi bilan shartlashgan ob‘ektiv zarurat hisoblanadi8. Yana shuni alohida qayd etish muhimki, investitsiya siyosiy, iqtisodiy huquqiy kafolatlangan sharoitdagina samarali natija berishi mumkin. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda davlat investitsiya jarayonining bosh tashkilotchisi bo’lish va uning asosiy vazifasi bo’lgan ijtimoiy siyosat nuqtainazaridan bosh investor bo’lishi zarur.
B.Tursunov tomonidan «Investitsiyalar (nem. Investition, lot. investio) – bu sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va xo’jalikning boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli qo’yilma shaklida amalga oshiriluvchi sarf-xarajatlarning yig’indisidir9»deb, investitsiya mablag’lari kiritiluvchi sohalar tarmoq nuqtai nazaridan alohida ta‘kidlab o’tiladi.
D.Tojiboeva investitsiyalarni quyidagicha ta‘riflaydi: «Investitsiya deganda kelajakdagi natija uchun: ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga mo’ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi10». Bundan ko’rinadiki, muallif mazkur ta‘rifda investitsion faoliyat yo’nalishlariga urg’u berib o’tadi.
Shuningdek, ba‘zi manbalarda «Investitsiyalar – xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichida va uning chegarasidan tashqrida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qimmatli qog’ozlarga kapitalning uzoq muddatli qo’yilmasi11» sifatida qaralib, oldingi ta‘riflardan farqli o’laroq, portfelli (ya‘ni, qimmatli qog’ozlarga joylashtirilgan) investitsiyalar ham ko’rsatib o’tiladi.
Ba‘zi manbalarda investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy maqsadini ochib berishga harakat qilingan ta‘riflar ham uchraydi. Jumladan, «Investitsiyalar (lot.Investire kiyintirmoq; ingl.investment) – qo’shimcha foyda olish yoki obro’- e‘tiborga ega bo’lish maqsadida, yoki mablag’larni bunday tarzda qo’yish bu sohada o’z operatsiyalarini olib borishga qaraganda ancha foydaliligi sababli kapitalni qandaydir huquqiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxonalarga uzoq (bir yildan kam bo’lmagan) muddatga joylashtirish12» deb qaralishi bunga yaqqol misoldir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyatining maqsadi bo’lib tadbirkorlik daromadi yoki foizni olish hisoblanadi. Investitsiyalar ularning qaysi soha yoki ob‘ektga qo’yilishi hamda kapitalning ishlab chiqarishdagi ishtirokidan kelib chiqqan holda moliyaviy va real investitsiyalarga bo’linadi.
Moliyaviy investitsiyalar davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, shuningdek, tezevratsiya ob‘ektlari, bank depozitlariga uzoq muddatli qo’yilmalarni ifodalaydi. Shuningdek, ba‘zi manbalarda moliyaviy investitsiyani qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro moliya-kredit faoliyati sifatida ko‗rsatiladi. Fikrimizcha, bu jarayonga faqat xalqaro darajadagi faoliyat sifatida qaralishi noto’g’ri hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiyadan farqli o’laroq, real investitsiyalar asosiy kapital hamda material ishlab chiqarish zahiralarining o’sishiga qo’yilmani aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning aksariyat qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Iqtisodiyotning davlat sektorida kapital real investitsiyalar orqali, shuningdek, kredit, subsidiyalar berish yo’li bilan iqtisodiy tartibga solish siyosati asosida qo’yiladi. Davlat investitsiyalari eng avval infratuzilma tarmoqlariga yo’naltiriladi. Investitsiyalarning samaradorligi, odatda, faol elementlarning ulushi o’sishi bilan oshib boradi.
Keng ma‘nodagi tushuncha sifatida tadbirkorlik ob‘ektlariga va faoliyatning boshqa ko’rinishlariga qo’yiluvchi mol-mulk va intellektual qiymatliklarning barcha turlari investitsiya bo’lib hisoblanib, ularning natijasida foyda olinadi yoki ijtimoiy samara qo’lga kiritiladi. «Investitsiya» so’zining bunday talqin etilishida, samara keltiruvchi qiymatliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- pul mablag’lari, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;
- harakatlanuvchi va ko’chmas mulklar (bino, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy qiymatliklar);
- mualliflik huquqidan kelib chiquvchi mulkiy huquq, «nou-xou» va boshqa intellektual boyliklar;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulkiy huquqlar va boshqalar13.
Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha barcha amaliy hatti-harakatlarining yig’indisi investitsiya faoliyatini tashkil etadi. Xususan, qarzga olingan va jalb etilgan mulkiy va intellektual boyliklarni investitsiyalashning u yoki bu ob‘ektlariga qo’yish to’g’risidagi qarorini investitsiya faoliyatining sub‘ektlari (investorlar) qabul qiladilar. Investitsiya faoliyatining sub‘ekti bo’lib investor yoki bir necha investorlar – tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat ishtirokchilari hisoblanishi mumkin14 .

II-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONA INVESTITSION FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI




2.1. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxona investitsiya faoliyatini rag’batlantirish


Mamlakat iqtisodiyotidagi investitsiya faoliyatining rivojlanish darajasi shu mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati va uning natijasi qanday samara berayotganligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratilishi tabiiydir. Bu maqsad o`zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solishdan iborat bo`lgan vazifasini xam mujassam etadi.


Mamlakatimizda istiqlol yillarida qulay investitsiya faoliyati yo`lga qo’yildi. Bu Prezidentimiz tashabbusi va rahbarligida sohada olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Shu o`rinda yurtboshimiz tomonidan ta‘kidlangan quyidagi fikrlarni keltirib o`tish joiz: "Iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish soxasida belgilangan yo`nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o`tkazish bilangina ro`yobga chiqadi. Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning saloxiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda xal qiluvchi axamiyat kasb etadigan navbatdagi muxim ustuvor yo `nalish bu asosiy yetakchi soxalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratgan strategik axamiyatga molik loyixalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat".
Agar tarixga nazar tashlasak, sobiq sho`rolar davridagi markazlashgan rejali tizimda "kapital qo`yilma" tushunchasi qo`llanilgan. Ayni paytda ishlatilayotgan "investitsiya" so`zi ilgarigi "kapital qo`yilma" iborasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Zero, "investitsiya" o`zida aniq va shu bilan birga portfel investitsiyalarini hamda boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli bo`lgan qimmatli qog`ozlar va aktivlar (pay, ulush, xissa kabilar)ni qamrab oladi15.
Demak, "investitsiya" tushunchasining mohiyati haqida so`zlaganda, uni jamg’arish, qo`yish va daromad olishdan iborat tadrijiy jarayon sifatida qarash lozim. Zero, O`zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi qonuniga ko`ra "Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq xarakatlar majmui" sifatida tushuniladi. Darhaqiqat, investitsiya faoliyati yuridik shaxslar, davlat va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish buyicha jami amaliy xarakatlar yig`indisidir.
Ushbu qonun me‘yorlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, investitsiya faoliyatini resurslarni jamg’arish jarayoni bilan birga olib qaramoq lozim. Bu uning mohiyatini to`liqroq namoyon etadi. Chunki zahiralarni investitsiya qilishdan oldin ularni jamg`arish zarur. Shuningdek, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo`jalik sub‘ektlari o`rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo`jalik sub‘ektining resurslarni jamgarishi boshqalari uchun investitsiya qo`yishdan iborat bo`ladi. Masalan, xo`jaliklar ko`p xollarda investitsiya qo`yish uchun o`z mablag`lari yetmaganda qimmat baho qog`ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmat baho qog`ozlarni sotib oluvchilar uchun esa investitsiya qo`yishdir. Bu holat investitsiya faoliyatiga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo`yish bilan bog`liq harakatlari majmuasi deb qarashga asos bo’ladi.
Ma‘lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste‘mol va boshqa investitsiyalarning xamma turlari bilan bog`liq bulib, odatda, soliqlarning fiskal va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta‘minlashda investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish orqali qo`shma korxonalarni barpo etish xamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralishi kerak.
Investitsiyalarning jalb etilishi milliy iqtisodiyotdagi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda o`z samarasini beradi.
Jumladan:
• ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilgor texnologiyalar bilan jizohlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshirish;
• ishlab chiqarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat)larning sifatini takomillashtirish va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash;
• aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ta‘minlash, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda iqtisodiy daromadlarini ko`paytirish;
• eksport hajmini oshirish orqali valyuta tushumlarini ko`paytirish;
• byudjetga to`laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to`lovlar hisobiga byudjet daromadlarini shakllantirish va hokazolar.
Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilishda, albatta, ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi ham muhim o`rin tutadi.
Shu boisdan ham bunday faoliyatni va tashkil etiladigan korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki xar bir investor o`z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e‘tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi xamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir.
Bu tadbirlarni to`laqonli amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga aloxida e‘tibor qaratilganligini ta‘kidlash lozim:
• soliq imtiyozlari samarali qo`llanilishiga aks ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olish;
• investitsiya faolligini kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;
• qo`shma korxonalarni rag`batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini cheklab qo`yishning va raqobat muhiti buzilishining oldini olish;
• qo`shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma‘lum yengilliklar berish;
• soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim.
Qo`shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar davlat byudjetining daromadlar xajmiga sezilarli ta‘sir qilishi tabiiy. Ammo bunday imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablaglardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatni rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta‘minlash ko`zda tutiladi.
Iqtisodiy o`sishga erishish uchun nafaqat investitsiya hajmini ko`paytirish, balki ular yo`nalishini va tuzilmasini to`g`ri tanlash xam muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chikarish turlari va korxonalarni tanlash zarurki, ular tezda o`zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olsinlar. Bunday holatda investitsiyaning tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muxim axamiyat kasb etadi. Bu investitsiya jarayonini jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash uchun afzal tarmoqlar va xo`jalik yuritish sub‘ektlarini tanlashga imkoniyat yaratishi mumkin. Sarmoya kiritishni rag`batlantirish odatda soliq stavkalari miqdorini o`zgartirish, imtiyozlar va sanksiyalar qo`llash, soliq kreditlari berish, to`lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo`llar bilan amalga oshiriladi.
Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanadi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini boshqarish soliq tizimini soddalashtirish, amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, kredit siyosatini yuritish, yer xamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash va boshqalarni xam o`z ichiga oladi.
O`zbekistonda bugungi kunda davlat investitsiya siyosati quyidagi o`ziga xos ikki yo`nalishga tayanadi:
• soliq yukini yengillashtirish, mablag`larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;
• mablag`larni davlat byudjeti orqali to`plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.
O`zbekistonda investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo`lgan tashkilot O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir. Aynan ushbu vazirlik boshqa davlat tashkilotlari, organlari, banklar va kompaniyalar bilan hamkorlikda davlat investitsiya siyosatini amalga oshiradi va boshqarib boradi.


2.2. Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari


O’zbekistonda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari asosida mamlakatimiz investitsion jozibadorligi uchun keng ko’lamda ishlar bajarilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investorlarni jalb etish uchun qulay shart sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorga xom-ashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda.


Aytish kerakki, O’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator qulayliklarga ega. O’zbekiston jahon xamjamiyati oldida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo haritasidagi geografik joylashishi, tabiy resurslarning tarkibi va zahirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshqalar bilan muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi kunda O’zbekistonning investitsion salohiyatini oshirish masalasiga iqtisodiy o’sishni ta‘minlash nuqtai nazaridan katta e‘tibor qaratilmoqda. Investitsiyalarning mavjudligi va yetarli darajadaligi – iqtisodiyot rivojlanishini asosiy shartidir. O’zbekistonning kelajakda rivojlanishining asosiy omillaridan biri – bu jalb etilgan va samarali o’zlashtirilgan investitsion resurslar miqdori hisoblanadi. Mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oqilona foydalanishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmini shakllantirish, hamda investitsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish – bu davlatimizning eng asosiy strategik vazifalaridan biridir.
O’zbekistonda mustaqillik yillari davrida olib borilgan iqtisodiy islohatlar tufayli qulay investitsion sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda kapital investitsiyalarning kengayishiga katta e‘tibor berilmoqda, ya‘ni asosiy kapitalni qaytadan ishlab chiqarishga yo’naltirishdir.
Bugungi investitsion siyosat kredit qo’yilmalarni jalb etishni ko’paytirishga qaratilgan bo’lib qolmay, balki to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarga qaratilgandir. Ular xususiy sektor faotiyatini aktivlashtiradilar, tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradilar, yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalanishni yengillashtiradilar.
O’zbekiston bozoriga to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalarni yanada jalb etish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy o’rganib chiqish;
- to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlarni amalga oshirish;
- qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasining ishonchliligini oshirish;
- yirik ishlab chiqarish korxonalari qimmabaho qog’ozlarini birlashmalar, investitsion fondlar, kompaniyalar, banklar ishtirokida xalqaro fond bozorlarida joylashtirish va hokazo.
Shu bilan birga O’zbekistonda banklar faoliyat yuritish tartibini qayta ishlab chiqish kerak va banklarga investitsion faoliyatni kengaytirish bo’yicha masalalarni yuklash zarur. Birinchi navbatda investitsion loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilish va ekspertiza qilish bilan shug’ullanadigan tijorat banklarining maxsus bo’limlarini kuchaytirish kerak. Tijorat banklari rahbarlari investitsion siyosat olib borish mexanizmini yanada chuqur o’rganishlari zarur. Banklar investitsion jarayonlarining yanada faolroq ishtirikchilari bo’lib qolishlari kerak.
Investitsion siyosatni jadal olib borilishi nafaqat iqtisodiy o’sish va tizimni isloh qilishning muhim omillari, balki sherikchilik aloqalarini o’rnatish, ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qilish, turli moliyaviy institutlar bilan aloqalar o’rnatish va davlatlararo aloqalar samaradorligini oshirishga erishishdir. Biz bilamizki, investitsiya iqtisodiy o’sish omili sifatida moliyaviy – iqtisodiy rivojlanish uchun muhim dastaklardan biri bo’lib hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, O’zbekistonda investitsiya kiritish jarayonlari tezlashishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. O’zbekiston iqtisodiyoti yanada kuchliroq, barqarorlashgan, jahon bozorida o’z mustahkam o’rniga ega bo’lmoqda, buning asosi esa doimiy dinamik o’sishdir.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi deganda investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti tushuniladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimla o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, professor D.G‘. G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.16
Professor N.H.Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir”. 17
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning “Investitsiyalash asoslari” (M.: “Delo” nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi:
Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
Investitsiyalarni moliyaviy investitsiyalar va real investitsiyalar ko‘rinishidagi ikkita katta guruhga ajratish mumkin. Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar o‘z navbatida moddiy va nomoddiy turlariga bo‘linadi. Yuqoridagi qonunga asosan real investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi.
Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
Real investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni amalga oshirishning asosiy shakli kapital qo‘yilmalar hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida, investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi.
Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.”18
Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning mohiyatini noto‘g‘ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar tushunchasi, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o‘z o‘rnini topmoqda. Shu bilan birga, “kapital qo‘yilmalar” atamasining o‘z izohlari ham mavjud.
Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.
Kapital qo‘yilmalardan foydalanishning asosiy shakllari (yo‘nalishlari) quyidagilar hisoblanadi:
 yangi qurilish;
 korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
 ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
 harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir. Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sehlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha choratadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va yer tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda kapital qo‘yilmalarning eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni ham ko‘zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko‘rsatish mumkin.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish kuchlarini va iqtisodiyotni tubdan modernizatsiyalashni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun faqatgina miqdoriy emas, balki sifat jihatidan ham qaralishi muhimdir. Bugungi kunda biz faqatgina qancha miqdordagi investitsiyaga ega ekanligimiz emas, balki undan qanday foydalanayotganimiz, ularning qoplanishi qanday ekanligi muhimdir.
Investitsiyalarning qoplanishi ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning tuzilmasiga, ya’ni kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidagi alohida harajatlarning ulushiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar:
 Texnologik tuzilma
 Takror ishlab chiqarish tuzilmasi
Tarmoqlararo tuzilma
 Hududiy tuzilma
 Mulk shakliga ko‘ra tuzilma
Investitsiyaning texnologik tuzilmasi – bu qurilish-montaj ishlarini bajarish, asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga harajatlarning ulushi kamayib boradi va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan harajatlar qismi nisbatan tezroq o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari - 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%, loyiha (qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%)
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish harajatlari orasidagi shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi.
Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan harajatlarini ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy – texnika taraqqiyotiga va raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish qiyin.
Tarmoqlararo tuzilma iqtisodiyot tarmoqlarining asosiy tarmoqlari o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi.
Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidan mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan ulushlari – bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.
Hududiy tuzilma. Investitsiyani xududiy tuzilmasi kapital qo‘yilmalarni viloyatlar, shaharlar va respublikaning rayonlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatadi. U oddatda budjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish kuchlarini va rayonlarini istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda davlatning investitsion siyosati bilan aniqlanadi. Xududlarning ixtisoslashuvi xarakteri, uning mehnat bilan bandlilik darajasi va boshqa iqtisodiy omillar bu yerda katta o‘rin egallaydi.
Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi - bu, investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara va boshqa turdagi jamoa korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo‘yilmalardan foydalanish, shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kapital qo‘yilmalarning samarali tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir.
Iqtisodiyotning hamma tarmoqlarini proporsional rivojlanishini ta’minlash va yetakchi tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish hamda xududlar iqtisodiyotini
yaxshilash va aholini yashash darajasini oshirish maqsadida investitsiyaviy ustunlik ba’zasida va to‘liq rivojlanishini iqtisodiy investitsiyani optimal tuzilmasi va
taqsimlanishini maksimal darajada maqsadga muvofiqligiga erishish zarur.


2.3. O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


O’zbekiston respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmibi barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlati orasida yetakchi hisoblanadi.
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
- mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.
Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:
- Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish;
- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi:
- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;
- Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.
“O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.


Download 472 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling