"makroiqtisodiyot" fanidan mavzu: "sanoat ishlab chiqarishda investitsiyalarng samaradorligi"
Download 472 Kb.
|
SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA INVESTITSIYALARNG SAMARADORLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi
Investitsiyalar - qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
investor - investitsiya faoliyati ob‘ektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ekti; investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati; investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui; investitsiya faoliyati ishtirokchisi - investorning buyurtmalari bajarilishini ta‘minlovchi investitsiya faoliyati sub‘ekti; reinvestitsiyalar - investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar5. 1.2. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishiMamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va umuman ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha strategik va muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda saʼy-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini taʼminlanmoqda . Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor - 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda to’gridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog’lom raqobat muhitini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo’llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog’liq byurokratik to’siq va g’ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo’yicha davlat siyosatining izchilligiga bo’lgan ishonchning mustahkamligiga to’sqinlik qilmoqda . Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqilligimizning qisqa davrida investitsion faollikni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O’zbekiston davlati o’z investitsiya siyosatini olib bormoqda. Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan. Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan tarkib topib, ular o’zaro bag’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sariflashda aholi, hudud va investor manfa’tlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladiga chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eskport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llabquvvatlash hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishlarga aylandi. Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbayi bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish zarurligi va boshqalar. Download 472 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling