Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
7.2.Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlari
Ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi: Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo‘linmalari yoki uning alohida faoliyat yo‘nalishlari, umumiy maqsadlarni, salohiyatni, dastur va harakatlarni aniqlash. Reja tuzuvchilari - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish vositalari kalkulyatorlar, kompyuter texnikasi va uning dasturli ta’minoti. Rejalarni tuzish tartibi: Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki xususiy rejalarni ketma-ketlikda o‘zaro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga birlashtirish. 109 Rejalashtirish uslublari – odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy kompyuterli maxsus dasturlar; Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o‘lchami va turiga bog‘liq bo‘ladi. Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo‘llaniladi: yuqoridan pastga; pastdan yuqoriga; aylanma usulda. Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi. Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi. So‘ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko‘rsatkichlar quyi bo‘g‘inlarga harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda bo‘linma rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Rejalarni tuzish bo‘yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo‘yicha tashkil etishda rejalashtirish ish o‘rinlari va bo‘linmalaridan boshlanib, so‘ngra umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar bo‘yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bo‘g‘inlarda ularni aniqlashtiriladi. So‘ngra rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq echimlar qo‘shib boriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling