Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 – chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

 
8.2 – chizma. Biznesning asosiy shakllarini qisqacha tavsifi. 
 
Biznesda yutuqga erishish uchun o’z faoliyatiga muvofiq keluvchi
imkoniyatlarini ishga soluvchi bozorni hususan, raqobatchilar tomonidan yetarli 
foydalanilmagan yoki e’tibor qaratilmagan, butun faoliyatining quyilish nuqtasi 
hisoblangan “Bozor uyasi” ni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu “uya” 
tanlangan iste’molchilarga qaratiladi. “Bozor uya” si – bu, mavjud va tan olingan 
talablar va jamiyatning to’liq tan olinmagan muammolarini hal etish va 
qondirishning noan’anaviy usullari bilan o’zaro muvofiqlashtirishdir. 
Korxona 
joylashgan 
hududning 
geografik 
va 
iqtisodiy, 
tarixiy 
ma’lumotlaridan tashqari ustav kapitalining miqdori, kapitalning ta’sischilar 
orasida taqsimlanishi bilan birgalikda quyidagilarni ham havola etish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi: 
1. Soliq to’lovchining identifikatsion raqami; 
2. Korxonaning to’liq nomi; 
3. Korxona ro’yhatga olingan sana va guvohnoma raqami; 
4. Korxonaning manzili, telefon raqami va faks; 
5. Korxona bo’ysinuvchi tashkilot; 
6. Korxonaning asosiy faoliyat turi; 
7. Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli; 


131 
8. Korxonaning mulkchilik shakli
9. O’zbekiston Respublikasining yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi 
to’g’risidagi ma’lumotnoma; 
10. Bank rekvizitlari; 
11. Korxonani nazorat qiladigan soliq ins’ektsiyasining manzili; 
12. Korxonaning tashkiliy strukturasi; 
13. Korxona rahbarlarining familiyasi va ismi, telefon raqamlari; 
14. Korxona faoliyati natijalariga ma’sul menejerlar tavsifi. 
Zaruriy ma’lumotlar quyidagi tartibda jamlanadi: 
1. 1, 2, 4, 6, 7, 8-punktlar korxonaning ta’sis hujjatlari asosida to’ldiriladi. 
2. 3-punkt korxonani ro’yhatdan o’tkazgan mahalliy Davlat organlari tomonidan 
berilgan guvohnoma asosida to’ldiriladi. 
3. 9-punkt Moliya Vazirligi tomonidan yagona Davlat reg’estriga kiritilganligi 
haqidagi ma’lumotnoma asosida to’ldiriladi. 
4. 10-punktda korxonaning bankdagi hisob raqami hamda korxonaga xizmat 
ko’rsatuvchi bank manzili keltiriladi. 
5. 12-punkt chizma ko’rinishida havola etiladi. 
6. 13-punktda korxonaning barcha rahbarlari to’g’risida to’liq ma’lumotnoma 
havola etiladi. 
Bunda quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
­ familiya va ismi; 
­ telefon raqami va faksi
­ yoshi; 
­ 
ma’lumoti va tajribasi (bazaviy ma’lumot haqida dip’lom havola etgan 
oliygoh nomi ko’rsatilishi shart); 
­ avvalgi ish joylaridagi lavozimi hamda ishlagan davri; 
­ mazkur korxonada ishlash davri.
Amaliyotda faoliyat yuritayotgan ko’pchilik korxonalarda biznes rejaning bu 
bo’limi qo’yidagi savollardan javob berishdan boshlanadi: 


132 
Biznesning qanday turi bilan shug’ullanasiz. Qanday faoliyat turi bilan 
bog’langan (savdo, sanoat, xizmat ko’rsatish) qanday tovarlar ishlab chiqarasiz
xizmatlar ko’rsatasiz? 
1. Firma qanday holatda? (Tashkil bo’lish bosqichidami, amaldagi korxonaning 
kengayishi, boshqa firma tomonidan qo’shib olinishi yoki ajrab chiqishi). 
2. Firmaning huquqiy statusi (mavqyi) - yakka xokimlik, xamkorlik korporatsiya? 
3. Nima uchun boshlangan ish yuqori foyda keltiradi deb hisoblanadi (ya’ni 
istiqbolga ega). 
4. Firma qachon faoliyatini boshlaydi? 
5. Faoliyatingiz mavsumiy xarakterga egami? Agar ega bo’lsa, ish vaqti qanday 
belgilanadi? 
Agar yangi firma tuzilayotgan bo’lsa ushbu bo’lim yana quyidagi 
masalalarni ham ko’rib o’tishi lozim. 
1. Nima uchun korxonangizning muvaffaqiyatiga ishonchingiz komil. 
2. Tadbirkorlik faoliyatida tajribaga egamisiz. Tajribangiz yo’qligi - tijorat 
muvaffaqiyatsizligining asosiy sabablaridan biridir. SHu sababdan shaxsiy ish 
boshlashdan avval, biron bir firmada ishlab tajriba ortirish maqsadga 
muvofiqdir. 
3. Biznesning 
ushbu 
turi 
bilan 
shug’ullanuvchi 
kishilar 
bilan 
maslahatlashganmisiz. 
4. Sizning korxonangizning o’ziga xos bo’lgan afzallik tomoni nimada? 
Korxonalarning birlashuvchi yoki qo’shib olinishi sharoitida ushbu bo’limga 
qo’shiladigan firma haqida qisqacha ma’lumot berilishi va quyidagi savollarga 
javob berilishi lozim. 
1. Firma qachon va kim tomonidan tashkil topgan? 
2. Nima uchun firma egasi uni sotmoqchi? 
3. Narx borasida kelishuvga qanday erishdingiz? 
4. Sotuv xajmi dinamikasi qanday? 


133 
5. Xo’jalik ko’rsatkichlari yomonlashayotgan bo’lsa, uning tabiati qanday? 4,5 
savollarga javoblar foyda va zararlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan, soliq 
deklaratsiyalari bilan asoslanishi kerak. 
6. Vaziyatni yaxshilash uchun boshqarishda qanday o’zgarishlar qilinishi kerak? 
Yakuniy bosqichda, firmaning umumiy qiymatini hisoblashda quyidagilarni 
e’tiborga olish zarur: 
1) tovar - material qiymatliklarini yoshi va qiymati; 
2) debitorlik qarzlarini to’lash muddati. 
3) asosiy ishlab chiqarish foizlari yoshi va holati. 
4) qarzlarning mavjudligi. 
1.2. Firmaning kushilishi va ajralishi sharoitida. 
Bunday sharoitda bo’limga siz birga ishlamoqchi bo’lgan firmaning 
xarakteristikasi ham kiritilishi lozim va quyidagi savollarga javob beradilar: 
1. Firma qachon, kim tomonidan tashkil etilgan? 
2. Nima uchun firma egasi uni sotmoqchi? 
3. Baxo masalasini qanday yo’l bilan xil qildingiz? 
4. Sotuv xajmi dinamikasi qanday? 
5. Agar xo’jalik ko’rsatkichlari yomonlashayotganligi kuzatilsa ularning xarakteri 
(tabiati) qanday? 4,5 savollarga javoblar foyda va zararlar to’g’risidagi 
ma’lumotlar bilan, soliq deklaratsiyalari bilan asoslanishi kerak. 
6. Vaziyatni yaxshilash uchun firmani boshqarish jarayoniga qanday o’zgarishlar 
qilinishi lozim?
Firmaning umumiy qiymatini hisoblashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: 
1) tovar - material qiymatlarining qiymati va yoshi; 
2) debitorlik qarzlarini to’langan muddatlari. 
3) asosiy foizlarining yoshi va holati. 
4) qarzlar (agar bo’lsa ularni qabul qilasizmi?). 
2. Sizning mahsulotingiz yoki xizmat turi. 


134 
Bu yerda ishlab chiqarish ko’zda tutilayotgan mahsulot haqida ma’lumot 
beriladi, chunki hech kim to’g’ridan to’g’ri har bir mahsulotni ishlab chiqish uchun 
mablag’ bermaydi. Bu yerda shu o’z mahsulotingizni xaridorgir ekanligini, uning 
zaruriy, foyda keltiruvchi mahsulot ekanligini uning xususiyatlarini isbotlab, 
investorlarnigiz mablag’ini aniq maqsadga sarflayotganligiga ishontira olishingiz 
lozim. 
Buning uchun sizdan o’rta aniqlik va quyidagi savollarga javob berishingiz 
talab etiladi: 

Sizning mahsulotingiz (xizmatingiz) qanday extiyojlarni qondirishga qaratilgan. 

Qanday o’ziga xos xususiyati nimada va nima uchun isteomolchilar uchun 
tashlashadi? 

Sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangiz qanday patent va avtorlik 
guvoxnomalari bilan ximoyalangan. 
Siz ishlab chiqarayotgan mahsulotni ko’rinishi xaridorlarni jalb qilishning 
muhim shartidir. SHuning uchun biznes rejada albatta tovarning surati berilishi 
maqsadga muvofiqdir. SHu o’rinda tovarning bahosini va unga sarflanadigan 
xarajatlar qiymatini ko’rsatish zarurdir. CHunki bu narsa foyda miqdorini 
aniqlashga yordam beradi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling