Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 – chizma. Raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyasi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

 
8.3 – chizma. Raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyasi. 
Strategiyalar mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun jahon bozorlaridan biri- 
kemasozlik bozori misolida ko’rib chiqamiz. Ushbu bozorda yuqoridagi 
strategiyalar asosida 4 guruh ishlab chiqaruvchilar: Yap’oniya, Janubiy Koreya, 
Skandinaviya va Xitoy firmalari faoliyat yuritadilar. 
Yaponiya kemasozlik firmalari “O’ziga xoslik (yagonalik) va sifatda 
ustunlik” strategiyasi bo’yicha rivojlanadilar. Ushbu strategiyaga ko’ra, ular yuqori 
sifat darajasidagi kemalarni keng nomenklaturada shuningdek yangi til’dagi 
yagona o’ziga xos parametrlarga ega bo’lgan holda ishlab chiqaradilar (ma’lumki, 
aynan yap’oniya su’per takliflar ishlab chiqarish sohasida yetakchi hisoblanadi). 
Janubiy koreya kemasozlari ham keng turdagi kemalarni ishlab chiqaradilar, lekin 
ularning raqobat ko’rashidagi strategiyasi ixtisoslashuvga emas, balki past 
xarajatlarga asoslangan. Ushbu davlat kemasozlari xalqaro andozalaridagi sifat 
darajasiga ega bo’lgan va past narxdagi kemalarni ishlab chiqaradi. 
Skandinaviya kemasozlari mamlakat iqtisodiyoti ko’lamidan kelib chiqib, 
keng assortimentdagi kemalarni ishlab chiqara olmaydilar. SHu sababdan ular 2 
turdagi sayohat laynerlari va muzyorar kemalarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan(Strategiya B2).Skandinaviya kemalari yuqori jahon darajasida va 
qimmat narxlarda ishlab chiqariladi. Lekin barcha qulayliklarga ega bo’lgan 
sayohat laynerlari yoki muzda suzuvchi ishonchli kemaga talabi bo’lgan xaridor 
albatta skandinaviya kemalariga murojat qiladi. 


143 
Xitoy kemasozlari (1-strategiya) ham keng turdagi ko’p miqdordagi 
kemalarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emaslar. SHu sababdan, ushbu 
mamlakat ishlab chiqaruvchilari raqobatbardoshlikni arzon, xaridorbop’ kemalar 
hisobiga ta’minlaydilar. 
Albatta, A2 strategiya muvofiq, jahon texnik taraqqiyoti qonun 
chiqaruvchisi ro’lida harakat qilish obro’liroq hisoblanadi. Lekin, agar sizning 
tovar bozoringizga moliyaviy jihatdan imkoniyati cheklangan xaridorlar tashrif 
buyurishsa B1 strategiyada ham muvofaqiyatli faoliyat yuritish mumkin. 
Siz 
uchun 
qulay 
raqobat 
strategiyasini 
tanlash 
o’zingizning 
imkoniyatingizga bog’liq. Agar, jixozlaringiz eskirgan, xodimlar malakasi past va 
portfelda manfaatli texnik yangiliklar bo’lmasa, lekin ish haqida va boshqa ishlab 
chiqarish xarajatlari unchalik yuqori bo’lmasa, A1 yoki B1 strategiyani qabul 
qilishingiz mumkin. 
Agar xom ashyo va materiallar sizga juda qimmatga tushsa, lekin korxona 
takomillashgan jixozga, yuqori darajadagi konstruktorlik ishlanmalar yoki 
kashfiyotlarga, yuqori malakali kadrlarga ega bo’lsa, sifatli mahsulot yoki noyob 
tovarlar ishlab chiqarish hisobiga raqobatbardoshlikka erishish mumkin bo’ladi.
Tabiyki, siz dastlab tanlangan strategiyada oxirigacha qolishingiz shart 
emas. 
B 1 strategiyadan boshlab, ya’ni uncha boy bo’lmagan xaridorlar guruhiga 
mos keluvchi bir – ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirgach, yangi 
strategiyani o’zlashtirishga tayyorgarlik ko’rishni boshlash mumkin. 
Eng qimmatli hisoblangan raqobat ustunligi-firmaning obro’si hisoblanadi. 
Ushbu ustunlikka juda qiyinchilik bilan, asta sekin va katta mablag’ hisobiga 
erishiladi. Ana shu sababdan Amerika avtomobil kom’aniyalari eng kichik 
nosozlik aniqlanganda ham barcha avval sotilgan mashinalarni ushbu defektlarni 
bartaraf etish uchun qaytaradi. Bunday harakatga ularni sug’urta kom’aniyalarning 
da’volaridan qo’rqish emas, balki firma obro’sini, uning nomini saqlab qolish 
istagiundaydi. Xorijdagi yetakchi firmalar ijobiy fikrlarni shakllantirish va saqlab 


144 
qolish maqsadida “Pablik relletik” ya’ni jamoatchilik bilan aloqalarni 
mustahkamlashga intilishi ham bejis emas.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda A2 va V2 strategiyalarini 
raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan eng ishonchli strategiyalar deb hisoblash 
mumkin. Lekin, boshlang’ich davrda A1va V1 strategiyalardan ham foydalanish 
mumkin. Har qanday sharoitda ham siz u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish kerakli degan savolga javob bera olasiz. Demak, barcha imkoniyat va 
kamchiliklarni solishtirib ko’rib, siz o’z biznesingiz predmeti bo’ladigan tovarni 
tanladingiz. Endi biznes reja bilan qiziquvchilar-’otentsial investorlarni tanlovingiz 
to’g’ri ekanligiga ishontirishingiz zarur.
Buning uchun siz quyidagi savollarga aniq javob berishingiz kerak:

sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qanday talabni qondiradi; 

sizning mahsulotingiz raqobat ajratib turuvchi qanday xususiyatga ega; 

ushbu tovar qancha davr davomida bozorda yangilik bo’lib turadi? 
(sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangizning tahliliy bahosi);

sizning mahsulotingiz yoki texnologiyangiz qanday patent yoki avtorlik 
guvohnomasi bilan himoyalangan? 
Eng muhim va ko’pincha tadbirkorlar tomonidan e’tibor qaratilmaydigan 
element tovar yoki texnologiyangizda ishlab chiqarilgan mahsulotning ko’rinishi 
hisoblanadi. Xorijiy ishlab chiqaruvchilar xaridorlar yaratilgan mahsulot haq 
bo’lmaganda tajriba namunasini ko’rsatishni talab qiladilar. SHu sababdan biznes 
reja tarkibiga tovaringizning suratini kiritish u to’g’risida taasurot olish 
imkoniyatini yaratadi.
Biznes rejaning ushbu bo’limida tovarni sotish rejalashtiriladigan narx, uni 
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan harajatlar, kutilayotgan foyda miqdori kabi 
ko’rsatkichlar borasida axborot beriladi.
Tovaringizning asosiy sifat xarakteristikalari, uning dizaynidagi ustunliklar, 
xattoki tovarni sotuvga chiqarishdagi qadoqlash xususiyatlarini ifodalash 
muhimdir. Bularning barchasi Jahon bozorida sotishga mo’ljallangan tovar uchun 
muhim ahamiyat kasb etadi.


145 
Texnik jihatdan murakkab tovar ishlab chiqarishni ko’zda tutgan holatda 
servisni tashkil etish sharoitlari ham yoritiladi. Ishlab chiqaradigan mahsulot 
tanlanib, firma faoliyati yo’nalishlari shakllantirib olinganidan so’ng korxona 
intiladigan. Ishlab chiqarish darajasini ifodalaydigan maqsadlarni belgilanish talab 
etiladi.
Masalan, 3 kishi hamkorligida ta’sis etilgan uncha katta bo’lmagan reklama 
agentligi o’z faoliyati maqsadini quyidagicha belgilanadi: 
Kor’porativ ishlab chiqaruvchilar va mijozlar o’rtasida ijodiy munosabat 
(aloqalar) o’rnatishga yo’naltirilgan faoliyat turini taklif etuvchi, o’z geografik 
xududida obro’li kom’aniyaga aylanishi.
Ushbu maqsad ifodasida firmaning rivojlantirish yo’nalishlari borasida aniq 
tushuncha berilgan, uning bosh maqsadi aniqlashtirilgan: 
- obro’li kom’aniyaga aylanish ushbu kom’aniyaning o’z sohasi va mijozlari 
orasida yuqori mavqega erishishga intilishning xar’akterlaydi. Natijada uning 
faoliyatini bo’nday yuqori baholash foyda miqdoriga ham ta’sir ko’rsatadi. SHu 
bilan bir vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, hamkorlar o’z intilishlarini ifodalashda 
“pul” so’zi o’rniga “mavqe”, “obro’” tushunchalarini ishlatishni avzal 
ko’radilar.
- geografik xudud: bu ularning kompaniya o’lchamlariga bog’liq intilishlarini 
belgilaydi. Ular o’z biznesining lokal xaraktereni saqlab qolish va o’lchamini 
o’zgarishsiz qoldirishni istaydilar.Buning asosiy sababi kompaniyani mustaqil 
boshqarishga intilishdir; 
- qatiy assortiment: hamkorlarni o’zlarida o’rnatilgan reklama va jamoatchilik 
aloqalarining turini kengaytirish hamda o’z mijozlarini uchun axborot 
xizmatlarining “to’liq majmuasini” ishlab chiqish istagi haqida guvohlik 
beradi. Ularning fikricha o’z mijozlarini tushunish ijodiy yondashuv bilan 
birgalikda boshqa kommunikatsiya vositalari turlariga nisbatan muhimroqdir.
- kor’porativ ishlab chiqaruvchilar: komp’aniya e’tibor qaratgan aniq bozor 
sigmentini belgilaydi. 


146 
Ushbu kichik kom’aniya faoliyatining asosiy yo’nalishlarini shakllantirish 
ish sifatiga ajratilayotgan juda katta e’tibor ifodalovchi ko’plab elementlarini 
qamrab oladi. Agar siz o’z firmangizning rivojlanish yo’nalishlarini 
ifodalamoqchi bo’lsangiz. Biznesingizdan nimani istashingizni aniq bilishingiz 
kerak. Umumiy yuqori maqsadlarga intilmang. Faqat o’zingiz erishishni ko’zlagan 
maqsadlarni belgilang. Siz qo’yadigan maqsadlarga q-chi talablar qo’yadi: 
- miqdor jihatdan aniqlik; 
- vaqtda chegaralanganlik; 
- real va erishish mumkin bo’ladigan. 
Agar shuning maqsadingi ushbu 3 ta mezonga javob bersa, ular sizga 
yordam beradi va o’z faoliyatingizning samaradorligini baholash uchun andoza 
bo’lib, xizmat qiladi.
Yuqoridagi agentlik o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’ygan:
- yuqori mavqeni egallash. Buning uchun obro’li firmalardan manfaatdorligi 
buyurtmalar uchun raqobat kurashiga kiritishi va har yili kamida bittadan 
kommunikatsiya industriyasi sovg’asini olib borishga erishish.
- yangi kompaniyalarga ochish orqali o’z servisining har tomonlama 
yo’naltirilganligiga erishish.
- ijodini qadriga yetadigan mijozlarga xizmat ko’rsatish;
- tovar aylanishining 15%ga o’sishni ta’minlash va kamida 7.5% sof foydaga 
erishish;
- o’z ishidan qoniqish.
Bu yerda, faoliyatning asosiy yo’nalishlarining ifodasi miqdor jihatdan 
asoslangan maqsadda bor qarating. Yuqori mavqe raqobat ko’rashida sotib olingan 
buyurtmalar va kommunikatsiya industriyasida erishilgan yuqori natijalar bilan 
o’lchanadi. 
Aniq xizmat assortimenti har yili kamida bitta yangi firmaning paydo 
bo’lish bilan o’lchanadi.
Ijodni miqdor jihatdan ifodalash qiyin, shu sababdan xarakteristika 
xisobotda noaniq ko’rinadi. Siz kom’aniya maqsadlari miqdoran aniq va vaqtda 


147 
chegaralanganligiga qaramay, moliyaviy vazifalar birinchi darajali hisoblanmaydi. 
Ushbu kompaniya egalari ishdan qoniqish hosil qilishni asosiy maqsadlardan biri 
sifatida belgilaganlar va bundan xulosa qilish mumkinki moliyaviy jihatlarini 
ishlab chiqish majburiy shart hisoblanadi. Asosiy yo’nalishlarini shakllantirish 
sizga biznes maqsadini qo’yishga yordam beradi. Yo’nalishlar ham, maqsadlar 
ham siz biznesda nimaga erishmoqchi ekanligingizni ko’rsatadi. Keyingi bosqich-
qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarini va bu boradagi vazifalarni aniqlashtirish 
hisoblanadi. Strategiya-boshqaruvining asosiy funktsiyalarni umumiy tarzda 
muvofiqlashtirishni jamlaydigan xarakatlar ketma ketligidir. Siz qo’yilgan 
maqsadlar uchun bir nechta variantdagi strategiyalarni ishlab chiqishingiz zarur. 
Ushbu variantlar narxlarini shakllantirishga, mahsulotni tarqatishga, xodimlar bilan 
ishlashga moliyaviy masalalarga turlicha yondashuvlarni o’z ichiga olish darkor.
O’z biznesingiz uchun qulay strategiyani tanlash jarayonida tavakkalchilik 
darajasi minimal bo’lgan variantda to’xtashingiz mumkin. 
Strategiya murakkab va tig’iz bo’lmasligi lozim. U birgalikda qo’yilgan 
maqsadga erishish uslubini shaklantiradigan bir qator sodda vazifalardan tashkil 
topish kerak. Sizning biznes rejangizda ushbu vazifalarning barchasi bo’yicha 
umumiy xulosalar beriladi.
Lekin, agar siz qo’yilgan maqsadga to’liq erishmoqchi bo’lsangiz, ushbu 
vazifalarni yana ham maydaroq (kichikroq, xususiyroq) qismlarga bo’lib yuborish 
kerak. Chunki qaysi bir bosqichda ba’zi detallarni aniqlashtirishga zaruriyat paydo 
bo’ladi. Detallashtirishning bunday darajasi xarakat rejasi deyiladi.
Misol keltiramiz. Sport va turizm tovarlari hamda jixozlarini sotishga 
ixtisoslashgan magazinlar tarmog’i maqsadlarini qatorida quyidagi maqsad 
shakllantirgan.
Yiliga sotuv hajmini 20%ga o’stirishga erishish. 
Bundan kelib chiqib joriy yilga quyidagi vazifalar qo’yilgan: 
- Qo’qon shahrida yangi magazin ochish; 
- otda yurishga mo’ljallangan tovarlar sotishni yo’lga qo’yish; 
- har bir s’port mavsumi uchun reklama rejasini tuzish; 


148 
- joylardagi sp’ort klublari, maktablari bilan aloqalarni o’rnatish. 
Qo’yilgan vazifalarga erishish uchun xarakat rejasi quyidagi ko’rinishda 
bo’ladi. 
Yanvar: Magazin boshqaruvchilariga instruktsiyalar berish;
axborot va takliflarni yig’ish; 
Fevral: Joylardagi klublar nomi va manzili ro’yxatini tuzish xat jo’natish;
Mart: Telefon, orqali va shaxsiy aloqalarni o’rnatish.
Aprel: Real munosabatlarini shakllantirishlarni musabaqalar tashkil etish, maxsus 
chegirmalar berish va xakazolar). 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling