Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Bozorga kirish bosqichi - tovarning bozorga chiqishi jarayonida sotuvning 
sekinlik bilan o’sish davri. Bosqich tovarning tarqatilishi va uning savdoga 
chiqarilishi bilan boshlanadi. Tovarning bozorga chiqarilish tadbiri uzok muddatni 
talab qiladi va bu davrda sotish odatda juda sekin o’sadi. 
O’sish bosqichi - tovarning bozorda tez qabul qilinishi va daromadlarning tez 


139 
o’sishi. Agar yangilik bozor qiziqishini qondirsa, sotish sezilarli darajada o’sishni 
boshlaydi. Dastlabki xaridorlar tovar sotib olishni davom ettiradilar. Oddiy 
iste’molchilar, ayniqsa tovar haqida iliq fikrlar eshitishganda, dastlabki 
xaridorlarga ergashadilar. Ochilayotgan imkoniyatlar jalb qilinishi oqibatida 
bozorda yangi raqobatchilar paydo bo’ladi. Ularning bozorga sifatli tovarlar taklif 
etishlari bozorni kengayishiga olib keladi. 
Yetuklik bossichi - aksariyat potentsial xaridorlarning tovarni qabul qilishiga 
erishishi bilan sotish sur’atlarining sustlashish davri. Ma’lum bir paytda tovar 
sotilishining o’sish sur’atlari pasayadi - ya’ni, yetuklik davri boshlanadi. 
Davomiylik nuktai nazaridan bu boskich oldingi bosqichlardan uzoqrok davom 
etib, marketingni boshqarish sohasida murakkab vazifalar quyadi. Bozordagi 
ko’pchilik tovarlar yetuklik bosqichida bo’ladi va o’z navbatida, marketingni 
boshqarish asosan “etuk”tovarlar bilan ish ko’radi. 
Tushkunlik bosqichi - sotishning keskin tushishi va daromadlarning kamayishi 
bilan tavsiflanuvchi davr. Tovarni sotish oxir-oqibat pastga ketadi. Sotish nol 
nuqtaga tushishi mumkin yoki past darajaga tushib, shu darajada uzoq vaqt 
davomida qolishi mumkin. Sotishning tushishi qator sabablar bilan ifodalanadi, 
xususan, texnologik yutuqlar, iste’molchilar didining o’zgarishi va chet ellik 
hamda ichki raqobatchilar tomonidan raqobatning kuchayishi. 
Har qanday tovar birdaniga hamma xaridorlarga yoqishi qiyin. SHuning uchun 
xaridorlarni bir nechta guruhlarga (segmentlarga) bo’lib ularga mos ravishda 
alohida tovarlar ishlab chiqiladi. 
Bozorni segmentlashning qandaydir yagona uslubi mavjud emas. Bozor 
strukturasini ko’rib chiqishga foydaliroq yondashuvni qidirib topish urinishlarida 
turli o’zgaruvchi parametrlar asosida bozorni segmentlash variantlarini, bir yoki bir 
nechtasini birdan sinab ko’rish lozim. 
Bozorni segmentlashda foydalaniladigan asosiy mezonlar sifatida quyidagilar 
belgilanadi: 
1. Geografik prinsipda: region, shahar, aholi zichligi, iqlim. 
2. Psixografik prinsipda: ijtimoiy sinf, turmush tarzi, shaxs turi. 


140 
3. Hulq-atvor prinsipida: xaridni amalga oshirish sababi, ko’zlanayotgan manfaat, 
foydalanuvchi maqomi, iste’mol intensivligi, bog’langanlik darajasi, tovarga 
munosabat. 
4. Demografik prinsipida: yoshi, jinsi, oila hajmi, daromadlar darajasi, mashg’ulot 
tipi, ma’lumoti, irqi, millati. 
Qanday qilib o’zi uchun manfaatli segmentni aniqlash amalga oshirilishi 
ko’zda tutilayotgan faoliyatning asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Bozorni segmentlash - bu asosiy uslub bulib, uning yordamida korxona (firma) 
bo’lajak mijozlar (yoki bozorni) guruhlarga yoki bozor segmentlariga bo’ladi, bu 
bozorni barkaror segmentini ajratish, tovarni shu segmentning o’ziga xos 
xususiyatlarini mo’ljallga olib yetkazib berishni tashkil qilishga imkon beradi. 
Bundan tashqari, bozorni segmentlash strategiyasi sotish uslublarini belgilashni, 
uning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olish va shuning bilan korxona eng 
katta afzalliklarga ega bo’lishi mumkin bo’lgan resurslarni jamlashni ta’minlaydi. 
Bu strategiyaning ikki yo’li mavjud,ya’ni bozor tovarlari (xizmatlar,ishlarni) 
ishlab chiqaruvchi bozor pozitsiyasini tadqiq qilish va yangi tovarlar hamda
xizmatlarning haqiqiy va bo’lajak xaridorlarini aniqlash yoki xaridorlarning u yoki 
bu segmentini ta’riflovchi o’zgarishlar haqida dastlabki tushunchani ishlab chiqish, 
masalan, ijtimoiy holat, soha va hakozo
.
Mustahkam xo’jalik aloqalariga ega bo’lmagan iqtisodiyot sharoitida 
mahalliy hom ashyo materiallarga asoslangan mahsulot va tovarlarni tanlagan 
tadbirkor muvaffaqiyat qozonadi. Lekin ushbu xo’jalik strategiyasi universal 
hisoblanmaydi. Ayniqsa jahon bozorlarida raqobatlashishni maqsad qilib mahsulot 
ishlab chiqaradigan korxonalar uchun foydali hisoblanmaydi.
Nisbatan chuqurroq yondashuv – qat’iy, barqaror raqobatbardoshlikni 
ta’minlash hisoblanadi. Lekin amalda bu nimani ifodalaydi? Raqobatbardoshlik 
nima bilan belgilanadi va qanday omillarga bog’liq bo’ladi? Gardvard universiteti 
professori Maykl Porter asarlarida rivojlantirilgan raqobatbardoshlikning 
zamonaviy nazariyasi raqobatda ustunlikning 2 turini ajratadi: 
­ nisbatan past xarajatlar


141 
­ ixtisoslashuv.
Nisbatan past xarajjatlar deganda ishlab chiqarishga xarajatlarning 
raqobatchilarga nisbatan minimal miqdori emas, balki firmaning raqobatchilarga 
nisbatan samaraliroq tarzda tovar ishlab chiqarish va sotishga erishiladigan
qobiliyati tushuniladi. Ya’ni raqobatda ustunlikka erishish uchun tovar bilan 
bog’liq barcha o’eratsiyalar (konstruktorlik loyihalashdan iste’molchiga 
sotishgacha) tsiklini qisqa muddatlarda kam xarajatlar bilan tashkil etish 
imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Haqiqatda ham, agar siz yuqori talabni keltirib 
chiqaruvchi yangilikni o’ylab to’gan bo’lsangiz,lekin ishlab chiqarishni talab 
darajasida tashkil etmasangiz xarajatlar va natijada narh ham yuqori bo’ladi va 
xaridorlar sizdan voz kechadilar. Agar siz yangi mahsulotingizni yuqori darajada 
yaratib uni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan bo’lsangiz, lekin tovaringizni 
sotadigan sotuvchilarni to’la olmasangiz ham sizni muvafaqiyatsizlik kutadi.
Bunday holatda o’quvsiz savdogarlar o’zlarining yuqori xarajatlarini qo’lash 
maqsadida yuqori savdo chegirmasini talab qiladilar yoki tovar narxini oshib 
ketishiga olib keladigan ustamalarni belgilaydilar. Bu esa mahsulotning 
konstruktsiyasini 
takomillashtirish 
va 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi 
samaradorligini oshirish xisobiga erishilgan iqtisodning yo’qotilishiga olib keladi.
Raqobat ustunligining yana bir turi ixtisoslashuv hisoblanadi. Bunda 
ixtisoslashuv deganda ma’lum bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish emas
balki xaridorlarning alohida extiyoj va talablarini qondirish va buning hisobiga 
mukofotli narh belgilash qobiliyati tushuniladi. Boshqacha aytganda, raqobatda 
ustunlikka erishish uchun, xaridorlarga yuqori sifatli bilan ajralib turuvchi yoki 
xaridorlarni qiziqtiradigan xususisiyatlarga ega bo’lgan tovarlar taklif etish orqali 
raqobatchilar orasida ajrab turish san’atini egallashingiz zarur. 
Bunda siz raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqishda raqobatda 
ustunlikning faqat bir turiga tayanishingiz mumkin. Har 2 ustunlikdan bir vaqtda 
foydalanish sizni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Raqobatbardoshlikni 
ta’minlash strategiyasini tanlashdan avval tovarlar nomenklaturasi kengligini 
ifodalovchi “raqobat diaypazoni” tushunchasini kiritish talab etiladi. Shundan 


142 
so’nggina raqobatbardoshlik strategiyasining barcha asosiy turlarini yagona 
strategiyaga birlashtirishga xizmat qiluvchi jadvalni tuzish mumkin bo’ladi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling