Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Korxonani tavsiflash bu korxona faoliyat ko’rsatuvchi tarmoqni, uning rivojlanish holati, investitsiyalarni jalb qilishining baholanishini tavsiflashi lozim. Tarmoqni tavsiflash undagi iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi ma’lumotlardan (mavjud kon’yunktura, kutilayotgan raqobatchilar va mahsulot iste’molchilari, iqtisodiy siyosatning o’zgarishi va hokazo) iborat bo’lishi kerak. Korxona to’g’risidagi axborot korxonaning hozirgi holati, uning kuchli va zaif tomonlari, tashkiliy-texnik darajasi, menejmenti va zamonaviy talablarga mos kelishi haqidagi ma’lumotlarni qamrab olishi lozim. Korxona tavsifi korxona to’g’risidagi axborotlardan, xususan uni yaratish tarixi, tashkiliy-huquqiy shakli, xo’jalik aloqalari, korxonaning bozordagi ulushi hamda rivojlanish tendentsiyalaridan iborat bo’ladi. Bu axborotlar korxonaning ishonchliligini mustahkamlash uchun asos bo’ladi. Biznes rejaning “Korxona mahsuloti tavsifi” bo’limida ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteristikasi uning boshqa o’xshash mahsulotlardan farq qiluvchi jihatlari yoritiladi. Mahsulot tavsifida uning boshqa raqobatchi mahsulotlardan farq qiluvchi xususiyatlariga, uning yashash davrining xar bir bosqichida qo’llaniladigan marketing elementlariga, xarakatlarga alohida urg’u beriladi. 149 Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Korxonani bozordagi holati nima maqsadlarda tavsiflanadi? 2. Biznes faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar tavsifi? 3. Tovar yoki mahsulotni tavsiflashda qaysi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi? 4. Raqobat ustunligi qaysi mezonlar bilan tavsiflanadi? 5. Korxonaning tashkiliy-texnik darajasi deganda nima tushuniladi? 6. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari qanday baholanadi? 8. SWOT- tahlilini qanday amalga oshiriladi? 9. Bozorni va asosiy raqobatchilarni tahlil qilishda qanday masalalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim? 10. Mahsulotning hayot bosqichlari deganda nimani tushunasiz? Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling