Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
IX BOB. MARKETING REJASI
Tayanch so’z va iboralar: marketing tushunchasi, marketing rejasi mazmuni, sotish bozori, raqobat, tashqi iqtisodiy aloqa, reklama, tovar taqsimoti, baho. 9.1.Marketing rejasining tarkibi Marketing rejasi biznes rejaning asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, uning asosiy maqsadini korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirish tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan tovarni tarqatishning sxemasi, narxlarni belgilash usullari kiritilgan kapitalga mukofot darajasi kabi marketing siyosatining masalalari xaqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lish lozim. Turli marketing vositalaridan samarali foydalanish va ularni uyunlashtirish tovarning hayot siklini belgilaydi. Юқорида айтиб ўтилганидек, тovarning hayot sikli quyidagi bosqichlardan iborat: 1) Bozorga kirish; 2) O’sish; 3) Yetuklik; 4) Tушкунлик. Har bir bosqichda marketing vositalaridan o’rinli foydalanish tovarning hayot sikli davomiyligini belgilaydi. Marketing tadqiqotlari bozorni baholashdan boshlanadi. Sotuv hajmini muntazam ravishda oshirishni ta’minlashga erishish uchun bozorni, ya’ni mahsulotni sotib oladigan insonlarni chuqur o’rganish kerak buning uchun esa iste’molchilarni kuzatish, nazorat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holatda ehtiyot bo’lib harakat qilish lozim hisoblanadi. Chunki bozorda paydo bo’lish va chiqish muhim strategik qaror bo’lib u chuqur mulohazani talab qiladi. Siz uchun muhimi sizning tovaringizni sizga foyda keltiruvchi bahodan zaruriy hajmda va uzoq muddat davomida sotib oladigan xaridorga ega bo’lishdir. Demak, birinchi galdagi vazifa o’z maqsadli bozoriga ega bo’lishdir. Maqsadli 153 bozorni izlash “tovar va xizmatlardan kim manfatdor?” mavzuda mantiqiy fikrlar yo’li bilan amalga oshiriladi. Ishni avvalo o’zingizning mavjud xaridorlaringizdan boshlaganingiz ma’qul. Bunda quyidagi savollarga javob berish darkor: 1. Bozoringizni qanday bo’lishini xohlaydi? 2. Ulardan qaysi birida firmangiz faoliyat ko’rsatgan? 3. Qanday tovarlar yuqori talabga ega? 4. Sizning hozirgi xaridorlaringiz kimlar? Demografik tadqiqotlar bozorda o’z o’rnini qanday topish va savdoni yaxshiroq tashkil etish imkoniyatlarini beradi. Agar siz o’z mahsulotingizning aksar qismini firmalar orqali sotsangiz, izlash chegarasi yanada kengayadi. Shuningdek, mahsulotingiznti qaysi firmaga sotish ma’qul bo’lishini aniqlang. So’ngra ushbu firma personali ichida muloqotga erishsa bo’ladigan kishilarni aniqlab ular haqidako’proq ma’lumotga ega bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozorni qanday xarakterlash mumkin? Quyida bozorni aniqlashtirishning chegaralari berilgan. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling