Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
X BOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
X BOB. ISHLAB CHIQARISH REJASI
Tayanch so’z va iboralar: ishlab chiqarish rejasining mazmuni, reja tarkibi, ishlab chiqarish dasturi, natural ifodadagi mahsulot hajmi, qiymat ifodasidagi mahsulot hajmi, mehnat sarfi o’lchovidagi mahsulot hajmi, resurslar sarfi, jihozlar soni, jixozlar orasidagi mutanosiblik. 10.1. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni, tarkibi, vazifasi 1. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va tarkibi. Ishlab chiqarish rejasi korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.Ushbu rejaning asosiy vazifasi bo’lib korxonaning real imkoniyatlarini asoslash hisoblanadi. Ishlab chiqarish rejasining mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirish, korxona yillik rejasining asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va bajarish jarayonini bayon etish tashkil etadi.U quyidagilarni ko’zda tutadi: asoslangan mahsulot, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari; korxona, sex va uchastkalar, ishlab chiqarish quvvatlarining hisobi. Ushbu hisoblar ishlab chiqarish quvvatlarining yillik ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi, talab va taklifning mutanosibligini tasdiqlashi lozim. korxona va uning bo’linmalari yillik ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun resurslarga ehtiyojni aniqlash, yarim fabrikatlar va komplektlovchi mahsulotlar balansini hisoblash; rejalashtirilayotgan ishlarni asosiy sexlar – bozor buyurtmalarini bajaruvchilar, tayyorlash muddatlari va bozorga etkazish muddatlari bo’yicha taqsimlash; rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish vositalari va usullarini tanlash, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish quvvatlari ta’minlanish koeffitsientlarini hisoblash; rejalashtirilgan tovarlar, xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarishni tashkil etish rejalarini bajarilishini nazorat qilish usul va shakllarini asoslash. 173 Yuqoridagilardan ko’rinadiki mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik, tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish asosida erishishga yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi va ichki omillarning o’zaro ta’sir tizimini ko’zda tutadi. Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim yo’nalishlarini tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o’rnatish, iqtisodiy resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va boshlanich reja ko’rsatkichlarini korrektirovka qilishni ko’zda tutadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana biri ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli (ommaviy, seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish texnologik zanjiri, ishlab chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi. Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa buni biznes rejada alohida qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi. Biznes rejada sub’udratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi. Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab chiqarish harajatlari smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling