Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
10.2. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish
Ishlab chiqarish dasturi biznes rejaning eng asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturini bilmay turib korxonaning moddiy-texnik ta’minoti rejasini tuzib bo’lmaydi, jamoaning mehnat natijasi bo’lgan daromadlarini aniqlash mumkin emas. Masalan, zaruriy materiallar, yoqili, jihoz, ishchi kuchi miqdorini aniqlash uchun qaysi turdagi mahsulotni qanday hajmda va sifatda ishlab chiqarilishi borasida ma’lumotga ega bo’lish lozim. Ishlab chiqarish dasturi - turli ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan mahsulotlar nomenklaturasi, assortimenti, sifati va miqdorini ifodalovchi reja ko’rsatkichlari tizimidir. Korxonaning ishlab chiqarish dasturi talab va taklif kabi tushunchalar bilan bevosita boliqdir. Talab xaridorning ma’lum vaqt oraliida bozor taklif etgan baholarda sotib olishga tayyor tovar miqdorini ifodalaydi. Taklif esa ma’lum vaqt oraliida ishlab chiqarib bozor baholarida sotishni istaydigan mahsulotni belgilaydi. Talab va taklifning o’zaro ta’siri ularning koordinatsiyalashuvi raqobat va baho (narx) mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ushbu o’zaro ta’sir talab va taklif o’zaro tenglashadigan narxni shakllantirishga olib keladi. Shu sababdan ishlab chiqarish dasturini tuzish talab va taklif qonuniga, shuningdek, korxonaning xo’jalik faoliyati bo’yicha erishilgan natijalariga asoslanishi lozim. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini izlab to’ish; ishlab chiqarishni samarali tashkil etish orqali; turli sabablarga ko’ra yuzaga keladigan to’xtashlarni kamaytirish; asosiy vositalar aktiv qismidan vaqt va unumdorlik bo’yicha foydalanishni yaxshilash; moddiy va energetik resurslar sarfini qisqartirish; boshqarish va rejalashtirishni takomillashtirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish zarur. Turli tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarakteri va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish dasturini tuzishga turlicha yondashiladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqish dasturi mahsulotni iste’molchiga to’shirishning 175 tasdiqlangan muddatlariga muvofiq tuzilgan grafik asosida ishlab chiqiladi. Buyumlarni jarayonga kiritish chiqarish kalendar grafigi texnologik jarayon yakunidan boshlash, ish turlari bo’yicha (yig’ish, sinash, mexanik ishlov berish) ishlab chiqarish sikli davomiyligi asosida tuziladi. Seriyali ishlab chiqarishda yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va nomenklatura o’zgarishlarini e’tiborga olgan holda rejalashtiriladi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi korxona va barcha asosiy sexlar bo’yicha bir vaqtda tuziladi. Ishlab chiqarish dasturida quyidagi ko’rsatkichlar rejalashtiriladi: 1. Mahsulot guruhlari bo’yicha qiymat ifodasidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi. 2. Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari rejalashtiriladi. 3. Mahsulot ishlab chiqarish muddatlari. 4. Tashqi tashkilotlarga koperatsiya aloqalari asosida etkazib beriladigan yarim fabrikatlar (assortimenti va sifatini e’tiborga olgan holda) hajmi. Ushbu talablar asosiy sexlar bilan bir qatorda yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sex va xizmatlarga ham tegishli. 5. Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish. Ishlab chiqarish dasturi bir yilga kvartallar va oylar bo’yicha taqsimlangan holda tuziladi. Yillik ishlab chiqarish rejasini kvartallarga taqsimlashda quyidagi tomonlarga asoslanadi: 1. Ish o’rinlarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublarini takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarni kvartallar bo’yicha konsentratsiyalash. 176 2. 4-kvartalda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reja yilining bir kvartalida ham ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu orqali ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlarini qisqartirish 3. Yangi jihozlarni kiritish kutilayotgan kvartalda mahsulot hajmining o’sishini rejalashtirish 4. Mahsulot ishlab chiqarish muddatini ularni yetkazib berish shartnomasida ko’rsatilgan muddatlar bilan uyunlashtirish 5. Kvartaldagi ish kunlarini e’tiborga olgan holda taqsimotni oshirish. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling