Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
10.3. Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o’lchovlardan foydalaniladi: natural, shartli natural, qiymat va mehnat. Natural o’lchovlar bir turdagi mahsulotlar hajmi va o’zgarishini baholash imkonini beradi. Quvvati, o’lchami bilan farqlanuvchi bir turdosh mahsulot ishlab chiqarishda shartli yoki shartli-natural o’lchovlardan foydalaniladi. Ushbu o’lchovlar barcha turdagi mahsulotlarni baza qilib olingan bir turga keltirib olish imkonini beradi. Bunda mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imi asosida hisoblanadigan o’tkazish koeffitsienti qo’llaniladi. Ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda umumiy mahsulot hajmini natural o’lchovlarda ifodalash mumkin emas, shu sababdan ushbu maqsadda qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi. Mehnat o’lchovlari yordamida ishlab chiqarish dasturining umumiy mehnat siimi aniqlanadi. Mehnat o’lchovlari korxona, sex va uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkich ishlab chiqariladigan mahsulot soni borasida ma’lumot bermaganligi sababli asosiy ko’rsatkich bo’la olmaydi. Asosiy qiymat ko’rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar mahsulot, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot hajmi ko’rsatkichlari kiradi. Yalpi aylanish korxona asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sexlarda yaratilgan mahsulotlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Yalpi aylanishga korxona ichida iste’mol qilishga yo’naltirilgan, tashqariga sotiladigan mahsulotlar kiritiladi. 177 Ushbu ko’rsatkich korxona ichida mahsulotni takror hisobga olishni ko’zda tutadi. Yalpi aylanish korxona faoliyatini tahlil qilishda ishlab chiqarish strukturasi o’zgarganda (ya’ni sexlar ishga tushirilganda, sexlar kengaytirilganda) reja ko’rsatkichlarini asoslashda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ichki aylanish korxona ichida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol qilinadigan mahsulot qiymatini ifodalaydi. Korxona ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlarga tayyor mahsulot uchun o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlarni qayta ishlash; o’zida ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan havo, buni iste’mol qilish; o’zida ishlab chiqarilgan bino, inshoot, jihozlarni joriy ta’mirlashda iste’mol qilinadigan detallar kiritiladi. Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot zavod usulida aniqlanadi ya’ni rejalashtirilgan tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar hajmidan korxona ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi. Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim. Tayyor mahsulot standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga to’shirilgan buyumlardir. Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan mahsulotlardir. Tugallanmagan ishlab chiqarish sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik nazoratda turgan mahsulotlardir. Tovar mahsulot hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan mahsulotlardir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. Tovar mahsulot hajmini quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling