Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3.Marketingda kommunikatsiya.
S
v v V а а А B B sh bu yerda: B 1 va B sh – mahsulotning haqiqatdagi va shartnoma tuzilgan vaqtidagi bahosi; AVS – xom-ashyo materiallar, ish haqi va boshqa xarajatlarning mahsulot bahosidagi ulushi; a 1 va a 0 – xom-ashyo materiallarning haqiqiy va shartnoma tuzilgan davrdagi o’rtacha bahosi; v 1 va v 0 – tovarni haqiqatda sotilgan vaqtidagi va shartnoma tuzilgan paytdagi xodimlarning o’rtacha ish haqi. Narx korrektirovka qilish iste’molchilarni yo’qotib qo’yishni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. 166 8.3.Marketingda kommunikatsiya. Biznes rejani tuzuvchilar oldida mavjud kommunikatsiya kanallarini tanlash vazifasi turadi. Yaxlit holda kommunikatsiya kanallari ikki ko’rinishda bo’ladi: shaxsiy kommunikatsiya kanallari va shaxsiy bo’lmagan kommunikatsiya kanallari. SHaxsiy kommunikatsiya kanallarida bevosita bir biri bilan muomalada bo’luvchi ikki yoki undan ortik shaxslar ishtirok etishadi. SHaxsiy kommunikatsiya kanallari ishtirokchilar uchun shaxsiy murojaat qilish va teskari aloqalar o’rnatish imkonini berishi bilan samaralidir.SHaxsiy kommunikatsiya kanallarini qo’shimcha tarzda tashviqot-targ’ibot, ekspert baholash va ijtimoiy maishiy kanallarga bo’lish mumkin. Tashviqot-targ’ibot kanalida maqsadli bozorda xaridorlar bilan aloqada bo’luvchi firmaning savdo personali xodimlari ishtirok etadilar. Ekspert baholash kanalini zaruriy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan mustaqil shaxslar tashkil etadilar.Ijtimoiy-maishiy kanalning bosh harakatlantiruvchi shaxslari bo’lib, maqsadli xaridorlar bilan suhbatda bo’luvchi qo’shnilar,o’rtoqlar, oila a’zolari va hamkasblar hisoblanadi. Bu kanal sifatida ma’lum qilinadi, ko’pchilik tovar sohalarida bir muncha faolroq hisoblanadi. Qiymati yuqori bo’lgan va yuqori tavakkalchilikka ega bo’lgan tovar kategoriyalari bo’yicha xaridlarni amalga oshirishda shaxsiy ta’sir katta ahamiyat kasb etadi. Avtomobil va yirik maishiy elektr asboblarini sotib oluvchilar ommaviy axborot vositalari manbalariga murojaat qilish bilan cheklanib qolmasdan, balki shu sohani biluvchi shaxslarning fikrlarini bilishga ham intiladilar. Birinchi navbatda, ko’pchilikning nazariga tushadigan tovarlarga nisbatan, shaxsiy ta’sir muhim o’rin tutadi. SHaxsiy bo’lmagan kommunikatsiya kanallari - bu shaxsiy kontakt (o’zaro aloqa) va kayta aloka mavjud bo’lmagan sharoitda murojaatni uzatuvchi (yo’llovchi) axborotlarni tarqatish vositasidir. Reklama - ma’lum haq evaziga goya, tovar yoki xizmatlarni ma’lum homiy nomidan ilgari surish, ommaviy axborot vositasida taqdim etish shaklidir. 167 Reklama AQSH industriyasining eng katta tarmoqlaridan biridir. Amerika firmalari o’z mahsulotlarini reklama qilishga mlrd. dollarlab mablag’ sarflashadi. Reklama iste’molchiga qaratilgan va ularning iste’mol bozoridagi hatti- harakatlari hakida bir karorga kelishlariga ta’sir qilishga da’vat etilganligi sababli reklama takdim kiladigan xizmatlar bilan va uning tashkil etilishi bilan tanishish foydali bo’ladi. Reklama iste’molchilar va iqtisodchilar manfaatlariga xizmat qiladi, chunki u iste’molchilarni tovar bozoridagi narxlar, so’nggi yangiliklardan xabardor kiladi. Reklama ko’pincha narxlar pasayishiga olib keladi. Reklama ommaviy bozorni vujudga keltirib, mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi, bu esa ishlab chiqaruvchilarga xarajatlarni kamaytirishda ko’maklashadi. Bu tejamdan iste’molchi foydalanadi. Reklama raqobatni rag’batlantiradi, bundan iste’molchilar va butun jamiyat yutadi. Bir firma reklamasi orqali tarmoqdagi boshka barcha korxonalar kamida sifatning shu darajasiga intiladilar. Reklamadan tushadigan daromad jurnallar va gazetalar xarajatlarning katta qismini, tijorat radiosi va TVning butun qiymatini qoplaydi.Reklama iste’mol talabini rag’batlantirib, umuman iqtisodiyotga foyda keltiradi.Reklamaning jamiyatga ketiradigan zarari. Ko’p kishilar reklama jamiyatga fakat foyda keltiradi, degan fikrda emaslar; Reklamaning kamchiliklaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin yani, reklama ko’pincha notug’ri axborot berib, xaridorlarni chalkashtiradi.Reklama katta moliyaviy xarajatlarni talab kiladi, bu esa tovarlar narxini shiradi. Iste’molchilarda ularga uncha zarur bo’lmagan tovarlarga pul sarflash moyilligini keltirib chiqaradi. Ommaviy axborot vositalari reklama beruvchilarga qaram bo’lib qoladi, bu esa ularning erkinligini cheklaydi. Reklama strategiyasining keng tarqalgan turlari quyidagilardir: chaqirishlar (da’vatlar), aql-idrokka murojaat va his-tuyg’uga murojaat. Da’vatlar. Bu reklama ko’pincha ma’nosi kam yoki tamomila be’mano dabdabali gaplardan foydalanadi: “Agar siz biror bosma mahsulot chiqarmoqchi bo’lsangiz, “SHarq”ga murojaat qiling. “SHarq”-matbaachilar sardori!” Bu gap 168 hech kimni alday olmaydi, “SHarq” hech qanday sardor emas. Lekin bunday da’vatlar hadeb takrorlanaversa, xaridorlarga ta’sir qilmay qolmaydi, degan mo’ljalga asoslanadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling