Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish tartibi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
11.2. Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish tartibi
Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur: 1. Mahsulot nomenklaturasi va miqdori; 2. Yil davomidagi o’zgarishlarni e’tiborga olgan holdagi jihozlar soni; 3. Ishlab chiqarish maydoni borasidagi ma’lumot, chunki ba’zi ishlar hajmi ish o’rinlari joylashgan maydonga asosan hisoblanadi; 4. Jihozlar unumdorligining ilor texnik asoslangan me’yorlari a) mahsulot birligini ishlab chiqarish normasi b) jihozning unumdorligi; 5. Korxona ish tartibi. Ish tartibi uzlukli va uzluksiz bo’ladi. Jihozlarning to’xtab ishga tushirilishi uzoq vaqt talab qiladigan va resurslarning ortiqcha sarfiga olib keladigan korxonalarda uzluksiz ish tartibi qo’llaniladi. Masalan, metallurgiya, kimyoviy korxonalar. 6.Jihoz ish vaqti fondi: kalendar, nominal (rejim) va samarali. Kalendar fond-kalendar kunlar va sutkadagi soatlarga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Nominal fond-korxonada o’rnatilgan ish smenasi davomiyligi va smenalar soniga asosan belgilanadi. 189 bu yerda: D k – yildagi kalendar kunlar soni. D d – dam olish va bayram kunlari soni. T sm – smena davomiyligi. S – smenalar soni. Samarali ish vaqti fondi jihozda mahsulot ishlab chiqariladigan vaqtdan tashkil to’adi. bu yerda: – rejalashtirilgan to’xtashlar foizi; – 3,5% (1 smenali ishlab chiqarish uchun), 6% (2,3 smenali ishlab chiqarish uchun). Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashning 3 xil shaklidan foydalaniladi: 1. Uzlukli ish tartibidagi,stanok tartibidagi agregatlar quvvati hisobi; 2. Uzluksiz ishlaydigan agregatlar quvvati hisobi; 3. Maydonning o’tkazuvchanlik qobiliyatining hisobi. Stanoklar ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar zarur: stanoklar soni; rejadagi ish vaqti fondi; normani bajarish koeffitsienti; mahsulot birligi uchun stanok vaqti normasi yoki bir stanok soat uchun ishlab chiqarish normasi. Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish unumdorligi va mehnat siimi bo’yicha hisoblanadi. – mehnat sig’imi bo’yicha: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling