Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni va ahamiyatini yoritib bering? 2. Ishlab chiqarish rejasida qanday vazifalar ilgari suriladi? 3. Ishlab chiqarish dasturida qanday masalalar yoritiladi? 4. Ishlab chiqarish rejasida qnday ko’rsatkichlar rejalashtiriladi? 5. Ishlab chiqarish dasturiga qanday tashqi va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi? 6. Jixozlar mutanosibligi qnday aniqlanadi? 7. Resurslarga bo’lgan talab hajmi qanday aniqlanadi? 8.Tovar mahsulot hajmi ko’rsatkichini aniqlash tartibini izohlab bering. 9. Sotilgan mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni izohlang. 10.Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining ko’payishi korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatishini asoslab bering. Mavzuga tegishli test savollari: 1. Yalpi mahsulot tovar mahsulotidan ... bo‘yicha farq qiladi. A. Ish o‘rinlari soni bo‘yicha; B. Sotilgan mahsulot qoldig‘i bo‘yicha; C. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i bo‘yicha; D. Aylanma mablag‘lar miqdori bo‘yicha. 2. Natural ifodadagi mahsulot hajmi qaysi ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalaniladi? A. Ish haqi fondi, ishchilar soni, mahsulot tannarxi; B. Ishchilar soni, mahsulot tannarxi,foyda miqdori; C. Ish haqi fondi, mahsulot tannarxi; D. Foyda miqdori va rentabellik darajasi. 183 3. Texnik shartlarga ko‘ra to‘liq tayyorlangan, texnik nazoratdan o‘tgan va omborxonaga topshirilgan mahsulot bu... A. Tovar mahsulot; B. Tayyor mahsulot; C. Sotilgan mahsulot; D. YAlpi mahsulot. 4. Jadvalda mahsulot hajmi hamda ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlar havola etilgan. Ishlangan ish soati va soatlik unumdorlikning o‘zgarishini mahsulot hajmining ko‘payishi yoki kamayishiga ta’sirini aniqlang. № Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Hisobot yil Farqi 1. Mahsulot hajmi,tonna 429200 426000 -3200 2. Ishlangan ish soati, soat 7400 7100 -300 3. Soatlik unumdorlik, tonna 58 60 +2 A. +5600; -3200; B. -20300; +17600; C. -14200; +171400; D. -17400; +14200. 5. Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 4200 metr mato bo‘lib, jixozning soatlik unumdorligi 4,2 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 255 kunga teng bo‘lib, 2 smenali ish tartibi o‘rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash tanaffuslari vaqti 6%ni tashkil etadi. A. 226; B. 236; C. 260; D. 362. 6. Ishlab chiqarish dasturida qaysi ko‘rsatkichlar rejalashtirilmaydi? A. Mahsulot hajmi; B. Resurslar sarfi; C. Ishchilar soni; 184 D. Jihozlar soni. 7. Ishlab chiqarish rejasi mazmunini quyidagilar tashkil etadi – ? A. Korxonani mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha real imkoniyatlarini aniqlash; B. Ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash; C. Resurslar bo‘yicha sarflarni aniqlash; D. Barcha javoblvr to‘g‘ri. 8. Ishlab chiqarish dasturi bu – ? A. Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha texnologik jarayon sxemasi, mahsulot turlari miqdori va sifatini belgilovchi tizim; B. Turli ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan mahsulotlar nomenklaturasi, assortimenti, sifati va miqdorini ifodalovchi reja ko’rsatkichlari tizimidir; C. Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha material resurslar sarfini, mahsulotlar assortimentini, jixozlar sonini ifodalovchi tizim; D. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kvartallar, oylar va dekadalarda ifodalovchi tizim. 9. Yarim fabrikatlar bu – ? A. Texnologik jarayonning hamma qismidan o’tgan, yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan va xaridorga jo’natiladigan mahsulotlardir; B. Texnologik jarayonga kiritilishi lozim bo’lgan xom-ashyo va materiallardir; C. Texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan mahsulotlardir; D. Boshqa korxonalardan keltirilgan yarim tayyor mahsulotlar. 10. Tovar mahsulot tarkibi quyidagilardan iborat: A. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, sotilgan mahsulot qoldig’i, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi; B. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati kiritiladi; 185 C. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, yalpi mahsulot, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi; D. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling