Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
- Mavzuga tegishli test savollari
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Xodimlar mehnatiga haq to’lash, ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat resurslarining bahosi bo’lib hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich sarflangan mehnatning miqdori va sifati bilan belgilanadi. Lekin shu bilan birga unga sof bozor omillari bo’lgan mehnat talabi va taklifi, vujudga kelgan kon’yunktura, hududiy omillar va huquqiy me’yorlar ta’sir ko’rsatadi. Rejadagi ish xaqi fondi – korxona tomonidan ishlab chiqarish rejasiga asosan ishchilarning mehnati evaziga to’lanadigan pul mablag’lari summasidir. Ish haqi fondi ishchilarning barcha kategoriyalari bo’yicha rejalashtiriladi. Ishchilar ish haqini hisoblashda 3 xil ish haqi fondi hisoblanadi. 1) Soatli ish haqi fondi. 2) Kunlik ish xaqi fondi. 3) Oylik (yillik) ish xaqi fondi. Bu fondlar haqiqiy bajarilgan ishlar uchun to’lovlar (tarif ish haqi fondi) va ruhsat etilgan uzilishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha to’lovlardan tashkil topadi. 240 Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1) Mehnatga haq to’lash moxiyatini va uning aosiy vazifalarini izohlang. 2) Mehnatga haq to’lashning asosiy tamoyillarini izohlab bering. 3) Mehnatga haq to’lash bilan mehnat unumdorligi orasidagi bog’liqlikni izohlab bering 4) Ish haqi fondi tarkibi qanday to’lovlardan iborat bo’ladi? 5) Ish haqi fondini rejalashtirish nimani ko’zda tutadi? 6) Soatli ish haqi fondi qanday aniqlanadi? 7) Kunlik ish haqi fondi qanday aniqlanadi? 8) Oylik ish haqi fondiga qo’shimcha to’lovlar qanday aniqlanadi? 9) Yiriklashtirilgan usulda ish haqi fondini rejalashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi? 10) Ish haqining o’sishiga ta’sir etuvchi intensiv va ekstensiv omillarni keltiring. Mavzuga tegishli test savollari: 1. Ishbay ish haqi shaklida mehnatga haq to’lashga quyidagilar xosdir. A. Tayyorlangan mahsulot hajmi va ko’rsatilgan xizmatlar soni; B. Ishlangan ish soatlari; C. Lavozim okladlari va oylik maoshlar; D. A va B javoblar to’g’ri. 2. Korxonaning ish haqi fondi quyidagilardan iborat bo’ladi: A. Asosiy ish haqi va mukofotlardan; B. Asosiy va qo’shimcha ish haqidan; C. Faqat asosiy ish haqidan; D. A va B javoblar to’g’ri. 3. Qaysi ish haqi fondi kunlik ruxsat etilgan imtiyozli uzilishlar uchun qo’shimcha to’lovlarni e’tiborga oladi. A. Soatlik; B. Oylik; C. Kunlik; D. Yillik. 241 4. Soatlik ish haqi tarkibiga quyidagilar kiradi: A. To’g’ri ish haqi fondi, o’smirlarga qisqartirilgan soatlar uchun to’lov, mukofotlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird tayyorlaganlik uchun to’lov, bayram kunlari ishlaganlik uchun to’lov; B. Mehnat ta’tili uchun to’lov, to’g’ri ish haqi fondi, o’smirlarga qisqartirilgan soatlar uchun to’lov, mukofotlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird tayyorlaganlik uchun to’lov; C. Xizmat safari uchun to’lov, ishbay ish haqi fondi, vaqtbay ish haqi fondi, mukofot, tungi soatda ishlanganlik uchun to’lovlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird tayyorlaganlik uchun to’lov; D. Ishbay ish haqi fondi, vaqtbay ish haqi fondi, mukofot, tungi soatda ishlanganlik uchun to’lovlar, brigadirlik uchun to’lov, shogird tayyorlaganlik uchun to’lov, bayram kunlari ishlaganlik uchun to’lov. 5. Ishlab chiqarish uchastkasida 5 ta o’smir ishlaydi, ularning o’rtacha ta’rif stavkasi 620 so’mga teng. Yildagi ish kunlari soni 240 kun. O’smirlar uchun qo’shimcha to’lov summasini aniqlang. A. 550 000 so’m; B. 744000 so’m; C. 645000 so’m; D. 600 000 so’m. 6. O’rtacha kunlik ish haqi quyidagicha aniqlanadi: A. Ish haqining kunlik fondi jami ishlangan ish soatlariga bo’linadi; B. Ish haqining kunlik fondi jami ishlangan kishi kunlarga bo’linadi; C. Ish haqining soatlik fondi jami ishlangan ish soatlariga bo’linadi; D. Ish haqining oylik fondi ishlangan kishi soatlariga bo’linadi. 7. Korxonaning ish haqi fondini rejalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. To’g’ri tartibni belgilang. A. To’g’ri ish haqi fondi, soatlik ish haqi fondi, kunlik ish haqi fondi, oylik yoki yillik ish haqi fondi; B. Soatlik ish haqi fondi, kunlik ish haqi fondi, oylik yoki yillik ish haqi fondi; 242 C. Kunlik ish haqi fondi, oylik ish haqi fondi va yillik ish haqi fondi; D. To’g’ri ish haqi fondi, ishbay ish haqi fondi, vaqtbay ish haqi fondi va qo’shimcha to’lovlar fondi. 8. Qo’shimcha to’lovlar quyidagilarni ko’zda tutadi? A. Qo’shimcha ishlaganligi uchun to’lovlarni; B. Mehnat qonunchiligida ko’zda tutilgan imtiyozli uzulishlar uchun to’lovlarni; C. Korxona rahbariyati tomonidan ruxsat etilgan uzilishlar uchun to’lovlarni; D. Moddiy yordam uchun berilgan to’lovlarni. 9. Ishbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi: A. Rastsenka ko’paytiriladi ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga; B. Rastsenka ko’paytiriladi daromadga; C. Rastsenka ko’paytiriladi mahsulot hajmining naturadagi ifodasiga; D. Ishlangan ish soatlari ko’paytiriladi o’rtacha tarif stavkasiga. 10. O’smirlarning asosiy ish haqi, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsuloti yoki ishlagan ish soati uchun to’lanadigan asosiy ish haqi qaysi fond tarkibiga kiritiladi. A. Kunlik ish haqi fondi; B. To’g’ri ish haqi fondi; C. Oylik ish haqi fondi; D. Yillik ish haqi fondi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling