Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
15.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish
Xarajatlarni iqtisodiy-ijtimoiy elementlar bo’yicha guruhlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Xom ashyo va yordamchi materiallar; 2. Yoqilg’i va elektroenergiya xarajatlari; 3. Asosiy va qo’shimcha ish haqi; 4. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 5. Amortizatsiya ajratmalari; 6. Boshqa xarajatlar. Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlash mohiyati – iqtisodiy jihatdan bir xil mazmunga ega bo’lgan xarajatlarni guruhlash tashkil etib, bu xarajatlar asosiy yoki yordamchi ishlab chiqarishda ishlatilishidan qat’iy nazar barcha mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan jami xarajatlarning umumiy miqdorini ifodalaydi. Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlash xarajatlar smetasini tuzish uchun zarurdir. Xarajatlar smetasi esa moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun asos bo’lib hizmat qiladi. 253 Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha guruhlashda quyidagi moddalar shakllanantiriladi: xom ashyo; yordamchi materiallar; texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i sarfi; asosiy va yordamchi ish haqi; texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya sarfi; transport xarajatlari; ijtimoiy sug’urta ajratmalari; jihozlarni saqlash va ekspluatatsiya xarajatlari; amortizatsiya; boshqa xarajatlari. Kalkulyatsiya – mahsulot birligi uchun sarflar bo’lib, u har bir mahsulot turi uchun alohida alohida hisoblanib, mahsulot narxini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Umumiy kalkulyatsiya va tur kalkulyatsiyasi farqlanadi. Umumiy kalkulyatsiya – ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlaridan qat’iy nazar, korxonadagi mahsulot uchun sarflanadigan o’rtacha xarajatlarni hisob-kitob qilishni ko’zda tutadi. Tur kalkulyatsiyasi esa har bir mahsulot uchun alohida kalkulyatsiyani hisoblashni ko’zda tutadi. Xarajatlarni rejalashtirish yiriklashtirilgan va detallashtirilgan usulda amalga oshiriladi: Yiriklashtirilgan usulda xarajatlar quyidagi tarzda amalga oshiriladi: 1. Dastlabki tannarx aniqlanadi: bu yerda: – rejalashtirilgan mahsulot hajmi, ming so’m; 254 – bazis davrdagi bir so’mlik mahsulot uchun qilinadigan xarajatlar. Bazis davrdagi bir so’mlik mahsulot uchun qilinadigan xarajat: bu yerda: - bazis davrdagi mahsulot tannarxi so’m; - bazis davrdagi mahsulot hajmi, ming so’m. Yuqoridagi holatda bir so’mlik mahsulot uchun xarajatlar o’zgarmas deb qabul qilinadi, ya’ni o’tgan davrdagi shart-sharoitlar o’zgarmaydi deb hisoblanadi. Turli tashkiliy texnik tadbirlar natijasida iqtisod qilinadigan mahsulot tannarxi aniqlanadi. Xususan, shartli doimiy xarajatlar bo’yicha iqtisod, amortizatsiya ajratmalari bo’yicha iqtisod, va hakazo. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: bu yerda: - shartli doimiy xarajatlar hajmi ya’ni, ming so’m; - tadbirdan oldingi va keyingi mahsulot hajmi ya’ni, ming so’m. Material sarfi bo’yicha iqtisod: Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling