Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
235926x0,03=7078 so’m
Transport uchun xarajatlar xom – ashyo va materilallar qiymatining 1.5% miqdorida olinadi, ya’ni bu 5844000 so’mni tashkil etadi. Kommunal xizmatlar uchun xarajatlar foydalanilgan suv, elektr energiya va yoqilg’i uchun to’lovlardan iborat bo’ladi. Suv uchun to’lovlarni hisoblashda avvalo bir oyda suvga bo’lgan ehtiyoj aniqlnadi. Bu ehtiyoj o’rtacha 231 m.kub bo’lib, 1m.kub suv uchun to’lov 3000 so’mni tashkil etishini e’tiborga olsak, bir yil uchun bu to’lov 8316000(231*3000*12)so’mni tashkil etadi. Texnologik maqsadlar uchun sarflarni hisoblashda har bir jarayongacha jihozni harakatga keltiruvchi elektr energiyaga bo’lgan talabi e’tiborga olinadi. Bu talab jihozning yillik ish soatlariga hamda 1kv elektr energiya uchun belgilangan to’lov hajmiga ko’paytiriladi. Binolarni yoritish uchun foydalaniladigan elektr 341 energiya xarajatlarini hisoblashda binolardagi lampochkalar soni va ularning yoritish quvvati hamda ulardan kunlik foydalanish soatlari e’tiborga olinadi. Bir yilda jami 65112 kvt elektr energiya sarf qilinadi deb qabul qilingan. 1 kvt elektr energiya uchun to’lov 78 so’m ekanligini hisobga olgan holda jami elektr energiya uchun to’lov 4818288 so’mni tashkil etadi (65112*78). Yoqilg’i uchun xarajatlarni hisoblashda bir yilda tabiiy gazga bo’lgan extiyoj aniqlnadi va 1 m 3 gaz uchun to’lanadigan to’lov summasiga ko’paytiriladi. Bizning misolimizda bu 2145200 so’mni tashkil etadi. Kommunal xizmatlar uchun to’lovlar tarkibiga, shuningdek, bino uchun to’lanadigan ijara to’lovlarini ham kiritish mumkin. 1 m.kv joy uchun to’lanadigan ijara to’lovi 34332 so’m deb qabul qilamiz va jami to’lov (600*3433) 2059800 so’mni tashkil etadi. Kelgusi davr va moliyaviy xarajatlar tarkibidagi ma’muriy xodimlar va xizmatchilar ish haqi tashkiliy va xodimlar rejasidan olinadi. Bu 252840000 so’mni tashkil etadi. Marketing uchun xarajatlar xom-ashyo va materiallar uchun sarflanadigan xarajatlarning 2 % miqdorida olinadi va 7790000 so’mni tashkil etadi. Jami xarajatlar mahsulot hajmiga bo’linadi va bir metr mato tannarxi aniqlnadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling