Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Interaktiv rejalashtirish


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Interaktiv rejalashtirishistalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga 
erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. 
Normalashtirish – normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun 
zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va 
belgilash uslubidir. 
Normamahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini 
ta’minlash uchun xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha 
ruhsat etilgan kattaligidir. 
Normativnisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan 
foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda 
belgilanadi. 


344 
Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga 
juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. 
Miqdor ko’rsatkichlaryalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va 
boshqa ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi. 
Sifat ko’rsatkichlarnisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari 
orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, 
xarajatlarni pasaytirish, samaradorlikni oshirish. 
Natural ko’rsatkichlarkorxona rejasining moddiy–buyumlashgan 
mazmunini xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi 
o’ziga xos birliklarda o’lchanadi. 
O’sishkorxona o’lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining 
kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv 
hajmining o’zgarishi. 
Rivojlanish– birinchi navbatda xo’jalik tizimining sifat jihatidan o’zgarish 
va yangilanishi, barcha bo’limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va 
mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni 
ko’zda tutadi. 
Idealtadbirkorlik ob’ektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy 
innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta’minlaydigan
o’zgarishlar kiritish. 
Real – moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi 
bilan korxonada qisman reforma (qayta o’zgarishlar) ni amalga oshirish. 
Radikal boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini 
va ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardorligini oshirish, mehnat 
unumdorligini 
oshirish, 
xarajatlarni 
kamaytirish, 
moliyaviy 
natijalarni 
yaxshilashga yo’naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish. 
Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab 
chiqarish va sotish hajmlarini ko’paytirish orqali (geografik ekspansiya) 
Vertikaltexnologik jihatdan o’zaro bolangan ishlab chiqarishni tashkil 
etish yoki birlashtirish orqali ta’minotchi yoki iste’molchiga yaqinlashtirish. 


345 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling