Normal ishlab chiqarish quvvati– korxona tovarlariga talabni bir necha
yil davomida qondirish uchun yetarli bo’lgan xo’jalik faoliyatining o’rtacha
darajasini ifodalaydi.
Amaliy quvvat– korxonaning ish tartibini e’tiborga olgan holda (ishlab
chiqarish vaqtida jihozlarni ta’mirlashda turli ish tartibi bilan bog’liq
347
yo’qotishlarni hisobga olgan holda) samaradorlikni saqlash orqali erishiladigan
eng yuqori ishlab chiqarish darajasini belgilaydi.
Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsienti –jihozlardan quvvat
bo’yicha foydalanish darajasini ifodalaydi va vaqt birligi ichidagi unumdorligni
norma bo’yicha belgilangan unumdorlikka bo’lish orqali aniqlanadi.
Tashkiliy tuzilma – boshqaruv komandasining barcha mansablari
keltiriladi. Agar mansablarni ustama xarajatlarni o’zgartirmay to’ldirish
imkoniyati bo’lmasa, u holda ushbu funksiyalar kim tomonidan qay tarzda
bajarilishi (chetdan xodimlarni, konsultantlarni jalb qilish yoki funksiyalarni
qo’shib olib borishni yo’lga qo’yib) va ushbu mansablar doimiy xodimlar bilan
qachon to’ldirilishi aniqlanishi talab etiladi.
Ishchilar sonini hisoblash – korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni
taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi.
Smenalik koeffitsienti – ishchilarning smenada bandligi maromiyligini
ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat
unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient
har bir tsex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi.
Ish haqini rejalashtirish - belgilangan turdagi va sifatdagi mahsulotni
ishlab chiqarganlik uchun xodimlarga to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar hajmini
belgilash hamda ishlab chiqarish xarakterini, xodimlar malakasini va ish
sharoitlarini e’tiborga olgan holda xodimlar toifalari o’rtasida ish haqi
darajasining mutanosibligiga erishishni ta’minlashni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |