Rejalashtirish mohiyati – xo’jalik yuritish shaklarini, faoliyatni,qo’yilgan
maqsadlarni ilmiy jihatdan asoslash.
Rejalashtirishning bosh vazifasi– korxonaning qisqa va uzoq muddatli
strategiyasini zaruriy dalillar asosida shakllantirish.
Rejalashtirish o’rgatadi – iqtisodiy resurslardan foydalanish qoidalarini,
usullarini va tartiblarini.
343
Texnik–iqtisodiy rejalashtirishda – korxonalarning texnik va iqtisodiy
rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal
variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari
belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Operativ rejalashtirish – ishlab chiqarish rejalaridagi ko’rsatkichlar
chuqurlashtirilib, tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi.
Taktik rejalashtirish – avvaldan belgilangan maqsadlarga erishish uchun
vazifa va vositalarni asoslashni ko’zda tutadi. Masalan, kelgusi 5 yil ichida
bozorda ustunlikka erishish taktik maqsadi korxona raxbariyati tomonidan
marketing bo’limiga yuklatiladi.
Reaktiv rejalashtirish – erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni
rivojlantirish tarixini tahlil qilishga asoslanadi hamda mavjud tashkiliy shakl va
vujudga kelgan odatlarga tayanadi.
Inaktiv rejalashtirish – korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi, ya’ni
orqaga ham qaytmaydi, ilgariga qarab harakat ham qilmaydi. Uning asosiy
maqsadi ishlab chiqarishning barqarorligiga erishishdir.
Preaktiv rejalashtirish – korxona faoliyatining turli sohalarida uzluksiz
o’zgarishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bunda preaktivistlar fan va
texnikaning ilg’or yutuqlariga tayanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |