Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Xizmatlar / mahsulotlar ta’rifi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Xizmatlar / mahsulotlar ta’rifi.
Tadbirkor ham, uning investorlari ham bozorga qanday xizmatlar va mahsulotlar taklif etish rejalashtirayotganini aniq bilishi kerak. Yaьni biznes-reja bo’lajak tadbirkorning to’liq ta’rifini o’z ichiga olishi kerak. Tovarga (mahsulot, xizmatga) ta’rif berishda quyidagi ma’lumot bo’lishi kerak: Mahsulotning aniq ta’rifi va uni qo’llash usullari. Bunda tovar xususiyatlari potentsial xaridorlar talablari bilan bog’liq bo’lishi kerak. Tanlangan tovarni qo’llash tendentsiyasi (vaqt o’tishi bilan uning iste’moli oshib boradimi yoki kamayadimi, uni qo’llashni yangi imkoniyatlari mavjudmi?) o’z mahsulotining hayotiy tsiklini firma qay ko’rinishda ko’radi? Raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan shunday mahsulotlar, xizmatlar diapozoni qanday? Tanlangan tovar raqobatchilar modeli bilan qiyoslaganda noyoblikka egami, bozor (iste’molchi) noyoblik ustuvorligini talab etadimi, mahsulot o’ziga xosliginichi? Tovarning himoya darajasi qanday, ya’ni tadbirkor patentga, mualliflik huquqiga, ro’yxatga olingan tovar markasiga egami? Agar tovar sotilish xususiyatlariga ko’ra - davriy yoki mavsumiy bo’lsa - buni alohida ko’rsatib o’tish kerak (avtomobil - davriy tovar, bolalar chanasi - mavsumiy). 402 Ishlab chiqari rejasi. Bu bo’limni yozishning asosiy qoidasi shundan iborat: bayon imkon qadar sodda bo’lishi kerak va texnik jargondan iloji boricha kamroq foydalanish kerak, chunki bu bo’limni asosan maxsus muxandislik ma’lumoti yo’q kishilar o’qiydi. SHu bilan birgalikda kredit beruvchi tashkilot xodimlarini qiziqtirmaydi deb bo’lmaydi - biznes-rejada ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishning rejasi texnik ta’rifdan tashqari ishlab chiqarishning iqtisodiy harajatlari hisobini ham o’z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari quyidagi savollarga javob berilishi kerak: Ishlab chiqarish va texnologiyalarning asosiy metodlari qanday? Ishlab chiqarish protsessining umumiy tarkibi, tovar ishlab chiqarish bo’yicha operatsiyalar jarayoni qanday? Operatsiyalarda ustivorlikka erishish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayon tizimini ishlab chiqarish oqimi sxemalari yordamida ko’rsatish yaxshiroq? Qanday xom ashyo va materiallar zarur? Firmaning asosiy tashkilotchilari kim? Ularning nomi manzilini ko’rsatish lozim. Salbiy omillar (zaif joylar) aniqlanganmi? Ular, u yoki bu operatsiyalarga sarflanadigan vaqt yoki ta’minotchilar bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarur? Korxonada ushbu kuchlar mavjudmi? Ularni kengaytirish, malakasini oshirish rejasi bormi va ular biznes reja bosqichlari bilan bog’liqmi? Korxona ishlab chiqarish ko’lami samarasiga umid bog’lashi mumkinmi? Ko’zda tutiladigan chiqimlar tarkibi qanday? Ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko’zda tutilmagan vaziyatlar va ularni takrorlanishi qanchalar tez-tez uchraydi? Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi? Mavjud va zarur uskunalar ro’yxati, uni tanlash qanday amalga oshiriladi? Ishlab chiqarish qaerda joylashadi? Geografik sharoitlar va joylashgan 403 o’rniga ko’ra ishlab chiqarishga bo’lgan talablar qanday? Ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bo’lgan ish kuchi qanday? Ishchilar malakasi uskunalar imkoniyati va xususiyatlariga mos keladimi? Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling