Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Biznes - reja bo’limlari 
Amaliyotda qo’llab kelinadigan biznes -rejaning bo’limlari quyidagilardan iborat: 
1. Titul varag’i 
2. Maxfiyligini ta’minlash memorandumi 
3. Mundarija 
4. Biznes tavsifi (Rezyume) 
5. Tashkilot maqsadi (Missiya) 
6. Mahsulot/xizmat ta’rifi 
7. Ishlab chiqarish doirasining/tsiklning tavsifi 
8. Marketing reja 
9. Moliya rejasi 
10. Menejment 
11. Xodimlar 


400 
12. Yakuniy xulosa 
Mundarija. 
Titul varag’i va rezyumedan keyin asosiy o’qiladigan qism, ya’ni biznes-
rejaning mazmuni xaqida to’liq va aniq ma’lumot berishi kerak. Mundarijada 
mayda-chuyda tavsilotlar berilmasligi kerak, lekin kichik sarlavhalar ajralib turishi 
va albatta bet raqamlari berilishi kerak. 
Qisqa xulosa yoki Rezyume. 
Biznes-reja hujjatlarning bosh qismida keltiriladi, lekin tayyorlash jarayonida 
u oxirida yoziladi. Unda tadbirkor o’ylagan asosiy holatlar, biznes g’oya, xulosalar 
qisqa keltiriladi. 
Rezyumening tarkibi 3 qismdan iborat bo’lishi kerak: 
1. Kirish: loyihaning mazmuni qisqacha aks ettiruvchi reja maqsadlarini o’z 
ichiga oladi; 
2. Asosiy mazmun: biznes-rejaning muhim elementlari va uning asosiy 
qismlari: faoliyat turi, so’rov darajasi, moliyalashtirish manbalari va 
jamlanmasi; 
3. Xulosa: 
tadbirkorning kelajakdagi yutuqlari omillarini jamlaydi, 
tadbirkorning asosiy harakat usullarini yoritib berishi mumkin. 
Rezyume qisqa bo’lib uni bir betga joylash yaxshi. Ya’ni rezyume, 
potentsial investorlar talabi va ularning faoliyati o’ziga xos xususiyatlarini 
inobatga olgan holda, soni bilan emas, sifati bilan o’ziga jalb etishi kerak. 
Biznes-rejada firma maqsadlarini aniqlash. 
Biznes-reja tuzilishidagi birinchi qadam firma faoliyatining maqsadlarini 
aniqlashdan iborat. Agar firma o’sishga yo’naltirilgan bo’lsa, uning asosiy 
maqsadlari quyidagicha bo’ladi: 


401 

Savdo umumiy hajmini....... 
gacha yoki........ 
marta ko’paytirish; 

Firma ulushini mavjud bozorlarda ....... gacha yoki 
marta oshirish

Agar firma ishlab chiqarish hajmining o’sish suratlarini inobatga olmasa, 
uning asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin: 

Sof daromadning o’sishi bilan; 

Mahsulot sifatini oshishi bilan; 

Yordamchi va servis xizmatlar ulushining o’sishi bilan. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling