Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Marketing rejasi. 
Muvaffaqiyat qozonish uchun firma o’z tovariga samarali bozor yaratish 
kerak. Bunday bozor yaratishning asosiy qadamlarini biznes-rejaning marketing 
bo’limi yoritib beradi. 
SHunchaki yaxshi mahsulot yaratish, yorqin texnik inovatsiyani taklif etish 
kamlik qiladi. O’z mahsulotiga to’lov kobilyati talabini yaratish, to’lay oladigan 
kishilarni jalb etish va mahsulotga xaridorlarini zabt etish kerak bo’ladi. 
O’zbekiston tadbirkorlarida marketinga bo’lgan munosabat hozircha yaxshi 
shakllanmagan. Marketing faoliyatining muhim an’anaviy elementlari orasida 
reklama ustivorlik qiladi. Binobarin marketing rejasini tuzish juda zarur. 
Biznes-rejaning marketing bo’limi quyidagilar uchun kerak: 

Tadbirkor firma marketing faoliyati strategiyasini, asosiy maqsad va 
vazifalarini tushunishi kerak; 

Firma marketing bo’limi xodimlari mahsulotlarining o’z bozorini yaratish va 
o’rganishda rejadan yo’riqnoma sifatida foydalanish mumkin bo’lsin; 

Investorlar bozorning yetarlicha istiqboliga va hajmligiga ishonch 
qozonsinlar. 
Marketing rejasi marketingning barcha elementlarini qamrab olish va 
quyidagi savollarga javob berishi lozim: 

Korxona mo’ljallagan bozor tarmog’idagi haridorlarning asosiy talablari 
qanday, ushbu bozorning asosiy segmentlari qanday, ya’ni daromad darajasi, 
demografik belgilari, o’zini tutish holati bo’yicha xaridorlar guruhi qanday? 
Korxona marketingning elementlaridan qay birini nazarda tutib ish olib 
bormog’i kerak? 


404 

Korxona mavjud bozorning segmentida qanday o’ringa da’vogar bo’lishi 
mumkin? Bozorda o’z o’rnini aniqlagach, firma raqiblarini siqib chiqarishni 
ko’zlaydimi? O’xshash tovarlar taklif etadimi yoki o’z o’rnini topishga 
harakat qiladi-mi? 

Firma mahsulotlariga narx o’rnatishda asosiy metodika qanday bo’ladi? 
Tanlangan narx firma uchun qanday sof foyda keltiradi? 

Firma mahsulot tarqatishning qanday kanallarini qo’llaydi? Ulgurji yoki 
chakana savdogarlar xizmatidan foydalaniladimi, yoki vositachilarsiz 
to’g’ridan-to’g’ri iste’molchiga mahsulot taklif etadimi? (masalan, firma 
magazin-salonlari orqali sotish). U yoki bu vositachilarni tanlash nima bilan 
asoslangan? 

O’z mahsulotini sotuvini rag’batlantirish uchun firma qanday choralar 
qo’llaydi? Rag’batlantirish usullarining har birini qo’llashini nazarda tutadi? 
Mahsulotlarni savdosini kengaytirishni ko’tarilishini moliyalashtirish uchun 
byudjet qanday aniqlanadi? Jamoatchilik bilan aloqa bo’limi tashkil 
etiladimi? 

Firma o’z mahsulotiga texnik kafolat tuzilishini qo’llaydimi? Savdodan 
keyingi servisni tashkil etishni qanday rejalashtiradi? 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling